Narva (, ) — Estoniyadagi shahar. Narva daryosining chap sohilida, uning Fin qoʻltigʻiga quyilish joyidan 14 km uzoqlikda. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 57 650 kishiEesti statistika 2012 Статистика Эстонии 2012 Идавирусцев осталось всего 153 642. Shahar sanoatining asosiy tarmoqlari — energetika, toʻqimachilik, qurilish materiallari ishlab chiqarish. Narva yaqinida mahalliy slanetsda ishlaydigan Boltiq boʻyi GRES, Estoniya GRES ishlab turibdi. GES bor. Yirik ip gazlama korxonasi — Krengolm manufakturasi, yogʻochsozlik, mashinasozlik, metallsozlik, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Narva koʻprik orqali Ivangorod (Leningrad viloyati) bilan bogʻlangan. Politexnikum, tarix muzeyi mavjud. Shahar ilk bor 1171-yilgi Novgorod solnomasida Rugodiv nomi bilan tilga olingan. Daniya, Shvetsiya Livon ordeni tasarrufida boʻlgan. 1704-yilda rus qoʻshinlari tomonidan ishgʻol qilindi. 1919-yildan Narva Estoniya tarkibida. Shaharda tarixiy meʼmoriy yodgorliklardan: qasr (XIII—XV asrlar), shahar istehkomlari (XIV asr), ratusha (XVII asr) saqlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Estoniya aholi punktlari