Koshif Ishoqovich Mirpoʻlatov (1898- Toshkent — 1991) — entomolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1970), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1969). Oʻrta Osiyo paxtachilik institutini tugatgan (1934). SoyuzNI-XI oʻsimliklarni himoya qilish stansiyasida ilmiy xodim, direktor (1937— 57), Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish instituti direktori (1957—62), laboratoriya mudiri (1963—70), maslahatchi (1970-yildan). Gʻoʻza va beda kasalliklari hamda zararkunandalariga qarshi kimyoviy yoʻl bilan kurashishda ishlatiladigan purkagichning birinchi konstruksiyasini yaratgan. Ilmiy ishlari qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunadalari va ularga karshi kurashish usullariga bagʻishlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1898-yilda tugʻilganlar Turkum:1991-yilda vafot etganlar