Gʻulom Mahkamovich Mahkamov (1907-yil,7- oktabr-Toshkent—1987-yil) – gigiyenist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967); tibbiyot fanlari doktori (1958), professor (1963). 1932-yil Toshkent tibbiyot institutini tamomlagan. Shu institutda 1936-1941-yillarda gigiyena kafedrasida assistent, 1941-1946-yillarda dotsent, 1946-yildan ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 1941-1948-yillarda Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi sanitariya boʻlimining boshligʻi, 1951-1956-yillarda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi epidemiyaga qarshi sanitariya boshqarmasining boshligʻi, 1958-1967-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻlka tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan. Ilmiy ishlari, asosan, ovqatlanish masalalari, ovqatdan zaharlanish va uning oldini olishga oid mavzulardaOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1907-yilda tugʻilganlar Turkum:7-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1987-yilda vafot etganlar Turkum:Tibbiyot fanlari doktorlari