Komilqori qiziq (Qulijonov Komil, 1891 — Qoʻqon — 1983) — oʻzbek xalq qiziqchisi. Ijodi qoʻqonlik Normat qiziq boshliq qiziqchilar taʼsirida shakllangan. Hamid ogʻiz, Aʼzam qiziq va Yusufjon qiziqlar bilan sayillarda „Kelin tushdi“, „Hammol“, „Joʻraboshi qoʻrqoq“ qiziqchiliklarini namoyish etgan. „Uch buqoq“, „Xushtorlar jazosi“ kulgi-hikoyalarini yaratgan va ijro etgan. 1926—30 yillarda Aʼzam qiziq, 40-yillarda Aka Buxor toʻdasida (asosan, Poʻlatjon qiziq Normatov bilan) „Toʻn oʻgʻrisi“, „Ketmon tilash“, „Ulik sotdi“, „Bedana oʻyin“ va boshqa qiziqchiliklarni koʻrsatgan. „Kichkinajon“ raqs pantomimasida ishtirok etgan. „Saodatxon“ zamonaviy xalq komediyasining mualliflaridan.

Adabiyot Qodirov M., Oʻzbek xalq tomosha sanʼati, T., 1981.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar