Dadaxon Yoqubov (1954-yil 20-aprel, Jalaquduq(Jalolquduq) tumani) — jurnalist. Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi (1990). 1979-yil Toshkent Davlat Universiteti (hozir Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbeksiton Milliy universiteti)ni tugatgan. Ish faoliyatini telejurnalist sifatida boshlagan. "Hayot quvonchlari va tashvishlari" telekoʻrsatuvi, "Navroʻz" uzluksiz koʻrsatuvi bilan elga tanildi. 1992-yil may oyidan "Navroʻz" xayriya jamgʻarmasi tuzildi va shu yildan jamgʻarmaning raisi xisoblanadi. "Hayot quvonchlari va tashvishlari", "Muhabbat mavsumi" badiiy publissistik kitoblarida insonni eʼzozlash, milliy qadriyatlarni ulugʻlash, "Navroʻz" anʼanalarini keng targʻib etish, teran, ayni vaqtda oddiy ijtimoiy - falsafiy fikrlar orqali Vatanga muhabbat gʻoyalarini aks ettirgan. 1990-1995-yillar mobaynida Oʻzbekiston Oliy Kengashi deputati sifatida faoliyat olib borgan. 1999-yil "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:1954-yilda tugʻilganlar Turkum:20-aprelda tugʻilganlar