Gipogenitalizm (lotincha gipo — kam va genitalis — jinsiy) — jinsiy bezlar (moyak, tuxumdon) bilan ichki va tashqi jinsiy aʼzolarning yetilmay qolishi, ikkilamchi jinsiy belgilarning aniq sezilmasligi. Bunga jinsiy tizimning tugʻma nuqsonlari, oʻtkir va surunkali yuqumli kasalliklar sabab boʻladi. Gipogenitalizmni davolashda gormonlardan tashqari, kasallikning asosiy sababchisi bartaraf etiladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Kasalliklar Turkum:Jinsiy anomaliyalar Turkum:Tug'ma kasalliklar