Giperbarik oksigenatsiya (giper..., yun. baros — ogʻirlik, bosim va lotincha oxygenium — kislorod) — bosim yuqori boʻlgan sharoitda organizmni kislorodga toʻyintirish. Umumiy va mahalliy kislorod yetishmasligi bilan bogʻliq turli kasalliklarni davolash va oldini olishda qoʻllanadi. Davo maxsus barokameralarda olib boriladi (qarang Baroterapiya).
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil