Aktyorlar uyi – teatr xodimlarining ijodiy klubi. 1966-yil tashkil etilgan. 1997-yildan „Oʻzbekteatr“ ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi qoshida. Aktyorlar uyida respublika sahna ustalari va yosh aktyorlarning ijodiy uchrashuvlari, hisobotlari muntazam oʻtkaziladi, xotira kechalari, maʼruza va munozaralar, koʻrgazma, koʻrik tanlovlar, ogʻzaki jurnallar uyushtiriladi, yangi filmlar namoyish qilinadi. Aktyorlar uyi qoshida „Toshkent“ teatr-studiyasi, „Oʻzbekiston“ xalq raqs ansambli, „Sin Sen“ koreys folklor teatr-studiyasi va boshqa ijodiy jamoalar faoliyat koʻrsatadi (1998)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Manbalar
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Aktyorlar uyi · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.