Qulijon Abduhakimov (1876—1968, Buxoro) — rixtagar; hunarni otasi usta Abduhakimdan oʻrgangan. Abduhakimov manqaldon, zulfin, pulakcha, halqa, zanjirlarni mis va bronzadan yasashda mahorat koʻrsatgan. Abduhakimov yasagan badiiy buyumlar Oʻrta Osiyo muzeylarida saqlanmoqda. Bular orasida Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanayotgan bronzadan quyilgan manqaldon va feruza koʻzli zulfin diqqatga sazovordir"Abduhakimov Qulijon" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:1876-yilda tugʻilganlar Turkum:1968-yilda vafot etganlar Turkum:Buxoroda vafot etganlar