Germaniya yoki Olmoniya (), Germaniya Federativ Respublikasi () — Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Maydoni — 357 098 ming km2. Aholisi — 84 832 670 kishi (2024-yilga koʻra). Poytaxti — Berlin shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 yerga (shtat), yerlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga boʻlinadi. Bosh vazir — 2025-yil 6-maydan yangi bosh vazir — Fridrix Mers tayinlandi"Yevropaning iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlatida bosh vazir oʻzgardi! Fridrix Mers Germaniyaning yangi bosh vaziri boʻldi. Germaniya parlamentar respublika boʻlgani sabab unda eng katta vakolatlar bosh vazirda boʻladi". https://telegram.me/geografiya+kanali+guruhi geografiya kanali guruhi. Qaraldi: 2025-yil 9-may.

Davlat tuzumi thumbnail|right|300px|Germaniya thumb|right thumb|right|-{Reichstag (Reyhstag)}- GFR — Germaniya Federativ Respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-yil 23-mayda qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994-yillarda qoʻshimchalar kiritilgan. Davlat boshligʻi — federal prezident. U maxsus chaqiriladigan federal majlis tomonidan 5 yil muddatga saylanadi va yana faqat bir marta saylanishi mumkin. Federal majlis bundestag raisi tomonidan chaqiriladi va u bundestag deputatlari hamda landtaglar (yer parlamentlari) tomonidan saylangan aʼzolardan iborat. Prezident ish qobiliyatini yoʻqotsa yoki vafot etsa, bundesrat raisi prezident vakolatlarini bajaradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament amalga oshiradi. U ikki palata: bundestag va bundesratdan iborat. Bundestag aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Bundesrat esa yer hukumatlari oʻz orasidan 4 yil muddatga tayinlaydigan vakillardan iborat. Ijroiya hokimiyat federal kansler boshchiligidagi federal hukumat qoʻlida. Federal kansler bundestagda prezidentning taklifiga binoan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi. Vazirlar federal kanslerning taklifi bilan prezident tomonidan tayinlanadi. Har bir yerning oʻz konstitutsiyasi, parlament va hukumati bor.

Hududiy boʻlinishi Federal Yerlar

250px|center|Germaniya Yerlari Federal Yerlar Poytaxti Yuzasi (km²) Aholisi(2)1 Baden-Vyurtemberg Stuttgart 35.751,65 10.717.0002 Bavariya Myunhen 70.549,19 12.444.0003 Berlin (1) 891,75 3.388.0004 Brandenburg Potsdam 29.477,16 2.568.0005 Bremen Bremen(1) 404,23 663.0006 Gamburg (1) 755,16 1.735.0007 Hessen Visbaden 21.114,72 6.098.0008 Meklenburg-Old Pomeraniya Shverin 23.174,17 1.720.0009 Quyi Saksoniya Gannover 47.618,24 8.001.00010 Shimoliy Reyn-Vestfaliya Dyusseldorf 34.042,52 18.075.00011 Reynland-Pfalz Mayns 19.847,39 4.061.00012 Saarland Saarbrücken 2.568,65 1.056.00013 Saksoniya Drezden 18.414,82 4.296.00014 Saksoniya-Anxalt Magdeburg 20.445,26 2.494.00015 Shlesvig-Golshteyn Kil15.763,18 2.829.00016 Turingiya Erfurt 16.172,14 2.355.000(1) Berlin va Hamburg shaharlari ham yer, ham shahar hisoblanishadi; Bremen ham xutdi shunday va unga Bremenhaven ham kiradi. (2) Stichtag: 31. Dezember 2004

Eng katta shaharlar No Shahar Maydoni (km²) Aholisi Zichligi (kishi / km²) 1 Myunxen 310,43 1 288 065 4 149 2 Berlin 891,75 3 389 579 3 801 3 Xerne 51,41 171 3253 333 4 Shtuttgart 207,36 591 114 2 848 5 Oberhauzen 77,04 219 147 2 845 6 Essen 210,37 588 084 2 802 7 Nyurnberg 186,38 495 546 2 657 8 Dyusseldorf 217,00 574 066 2 647 9 Boxum 154,40 382 087 2 628 10 Gelsenkirhen 104,85 272 445 2 598 11 Frankfurt-Mayn 248,31 655 079 2 595 12 Gannover 204,01 520 100 2 530 13 Kyoln 405,15 965 954 2 384 14 Gamburg 755,16 1 737 000 2 300 15 Mangeym 144,96 324 940 2 241 16 Bonn 141,22 313 605 2 220 17 Duysburg 232,82 503 664 2 164 18 Vuppertal 168,41 363 502 2 150 19 Dortmund 280,30 587 272 2 095 20 Kil 118,40 229 850 1 941 21 Mayns 97,75 186 061 1 903 22 Augsburg 146,78 261 208 1 880 23 Myulxaym-an-der-Rur 91,26 170 327 1 866 24 Kassel 106,77 198 503 1 820 25 Augsburg 146,93 260 407 1 772 26 Galle (Saale) 135,01 238 497 1 767 27 Krefeld 137,68 238 270 1 731 28 Leypsig 297,62 498 491 1 675 29 Bremen 326,72 544 746 1 667 30 Karlsrue 173,46 283 227 1 633 31 Axen 160,83 256 486 1 596 32 Myonxengladbax 170,43 266 684 1 565 33 Kastrop-Rauksel 51,66 78 619 1 514 34 Drezden 328,30 487 421 1 480 35 Vyurtsburg 87,65 129 050 1 470 36 Frayburg-im-Braysgau 153,06 213 998 1 398 37 Osnabryuk 119,80 164 773 1 375 38 Visbaden 203,90 271 351 1 331 39 Braunshvayg 192,09 245 872 1 280 40 Bilefeld 257,80 329 692 1 278 41 Xegen 160,36 198 780 1 239 42 Magdeburg 200,94 226 675 1 128 43 Xemnits 220,85 248 365 1 125 44 Rostok 181,39 198 993 1 097 45 Saarbryuken 167,07 180 269 1 079 46 Koblents 105,02 107 064 1 020 47 Lyubek 214,14 211 874 989 48 Myunster (Westfalen) 302,83 269 579 890 49 Xamm 226,26 184 926 817 50 Erfurt 269,17 211 874 752 51 Berlin 278,12

Tabiati thumb|Qadimgi german qabilalarining hududiy tarqalishi Germaniya manzarasi benihoya xilma-xil va jozibador. Past va baland togʻ tizmalari oralarida yassitogʻliklar, oʻrqirlar, koʻllar, keng va ochiq tekisliklar uchrab turadi. Shimoldan janubga tomon Germaniya 5 landshaft zonasiga boʻlinadi: Shimoliy Germaniya pasttekisligi, oʻrtacha balandlikdagi togʻ ostonasi, Janubi-gʻarbiy Germaniya burma poydevorli oʻrta togʻligi, Janubiy Germaniya Alpoldi yassitogʻligi va Bavariya Alp togʻlari. Shimoldagi pasttekisliklarda koʻllar, qirli, qum va tuproqli platolar, yaydoq yerlar va torfli botqoqlar koʻp. Oʻrta togʻ ostonasidan shimoliy tomondagi yerlar (Quyi Reyn, Vestfaliya va Saksoniya-Tyuringiya havzasi) serhosil. Janubda Sharqiy Alp togʻlari qad koʻtargan (eng baland nuqtasi SugShpitse togʻi, 2962 m). Shimoliy dengiz bilan Boltiq dengizi oraligʻidagi past-baland qirgʻoqlarda „Golshteyn Shvey-sariyasi“ joylashgan. Germaniya yer ostida tosh-koʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tuzlar juda koʻp. Oz miqdorda temir rudasi, neft, tabiiy gaz bor. Iqlimi moʻtadil, dengiz iqlimi, gʻarb va shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon dengiz iqlimidagi moʻtadil-kontinental iqlimga oʻta boradi. Yanvarning oʻrtacha harorati pasttekislikda 1,5 °C dan togʻlarda — 6 °C gacha; qishda sertuman, qor tez erib ketadi. Iyulning oʻrtacha harorati pasttekislikda 18 °C dan janubiy vodiylarda 20 °C gacha. Yillik yogʻin miqdori 600–800 mm. Baland togʻlarda yoz salqin, yogʻin 1000–2000 mm. Daryolari: Elba, Reyn, Dunay, Mayn, Vezer, Shire, Mozel. Yirik koʻllari: Voden, Myurits. Tuprogʻi asosan podzol, chimli podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlaridan iborat. Gars togʻlarining sharqiy va shimoliy togʻ oldi joylarida unumdor qoramtir tuproq uchraydi. Togʻlarda qoraqayin, dub, oq va qora qaragʻay oʻsadi. Bugʻu, elik, serna (togʻ echkisi), ohu va boshqalar yashaydi. Milliy bogʻlari — Bavariya oʻrmoni, Berxtesgaden.

Aholisi

Aholisining 90 % dan koʻprogʻi nemislar; qisman dan (daniyalik)lar va gollandlar yashaydi. Shahar aholisi 85 % dan ortiq. Rasmiy tili — nemis tiliPNG Nemeskie dialekti — karta raspredeleniya. Dindorlar — protestantlar (lyuteranlar, 50 % dan ziyod) va katoliklarMarshem na Berlin. V Germanii bejensi razvernuli borbu za svoi prava. Aholi zichligi bir km2ga 229 kishi toʻgʻri keladi-{DSW: Länderdatenbank}--{Stiftung Weltbevölkerung: Home }-. Mamlakatda 7,2 million chet elliklar ham yashaydi. Ular umumiy aholining 8,9 % ini tashkil etadi. Yirik shaharlari: Berlin, Gamburg, Myunxen, Kyoln, Frankfurt-Mayn, Dortmund, Shtuttgart, Dyusseldorf, Gannover, Nyurnberg, Leypsig, Drezden-{-{Gemeinsames Datenangebot der Statistischen Ämter des Bundes und der Länder}- }-.

Tarixi thumb|1369-yilgi Sachsenspiegel (sakson oynasi)ning Berlin qoʻlyozmasida (Quyi nemis tilida): "ievelk „'dudesch lant“' hevet sinen palenzgreven" ' („har bir nemis yerining Palatin soni bor“) deb yozilgan. Arxeologiya maʼlumotlariga koʻra, Germaniya hududida inson 500-300 ming yillar muqaddam paydo boʻlgan. Mil. av. 1-ming yillik oxirlarida Germaniyada joylashib olgan nemis qabilalari Rim davlati bilan toʻqnashdi. Xalqlarning buyuk koʻchishi deb ataladigan davrdan soʻng Germaniyada alemanlar, bavarlar, sharqiy franklar, sakslar, tyuringlar va frizlar qolgai.

VI—VIII asrlarda Germaniyaning barcha hududini franklar egallab oldi. IX asrda Germaniya yerlari Sharqiy franklar qirolligi tarkibiga kirgandan soʻng mustaqil nemis davlatiga yoʻl ochildi. Shtaufenlar sulolasi (1138—1268) davrida Germaniya hududi ancha kengaydi. Ayrim nemis knyazliklari, ayniqsa Saksoniya knyazligi „salib yurishi“ niqobi ostida Elba va Boltiqboʻyi xalqlarining yerlarini bosib oldi. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida dehqonlar va shaharliklarning jabr-zulmga qarshi qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. Ayniqsa, aholidan har xil bahonalar bilan turli soliqlar undirib oladigan katolik cherkoviga qarshi qattiq norozilik tugʻildi. Martin Lyuter rahbarligida katolik cherkoviga qarshi harakat — reformatsiya boshlandi (1517). Reformatsiya davridagi ommaviy harakatning eng yuqori choʻqqisi 1524—26 yillardagi dehqonlar urushi boʻldi. Bu davrda Sharqiy Germaniyada oʻz mahsulotini tashqi bozorga moʻljallagan yirik xoʻjaliklar paydo boʻldi. 1618-yilga kelib katolik va protestantlarning oʻzaro kurashlari Yevropadagi oʻttiz yillik urush (1618—1648) kelib chiqishiga sabab boʻldi. Urush oqibatida Germaniya katta talofat koʻrdi. 1648-yilgi Vestfaliya sulx. shartnomasiga koʻra, Germaniya bir necha knyazliklarga boʻlindi. Oʻzining muhim geografik oʻrni tufayli Brandenburg-Prussiya kurfyurstligi (1701-yildan Prussiya qirolligi) eng yirik nemis davlatlaridan biriga aylandi. 1740—1786-yillarga kelib, Fridrix II qirolligi davrida prus militarizmi avj oldi. Prussiya Yevropada buyuk davlatga aylanib, Germaniyada hukmronlik oʻrnatish uchun Avstriya bilan kurashni kuchaytirdi. 1740-yil Prussiya qoʻshinlari Avstriya Sileziyasiga bostirib kirdi. Savdo-sotiq va sanoatning rivojlanishi Germaniyada feodal krepostnoy tuzumini bekor qilishni taqozo qilar edi. Fransuz burjua inqilobi taʼsirida Germaniyada dehqonlar harakati avj oldi. nemis knyaz va feodallari Fransiyadagi inqilobni boʻgʻib tashlashni maqsad qilib olishdi. 1792-yil Avstriya bilan Fransiya oʻrtasida urush chiqdi. Prussiya Avstriya tomonida turib urushdi. Urushda Germaniya armiyasi yengildi. 1793-yil 18-martda fransuzlar tomonidan ozod qilingan Mayns shahrida nemis tuprogʻida birinchi demokratik respublika eʼlon qilindi. 1803—1804-yillarda Napoleon Germaniyadagi mayda davlatlarni tugatib, oʻz hukmronligida Reyn ittifoqi tashkil qildi. 1812-yilgi urushda Rossiyaning gʻalabasi Germaniyani Napoleon hukmronligidan xalos qildi. 1813-yilgi Leypsig urushu (xalqlar urushi)dan soʻng Germaniyaning barcha hududi ozod qilindi. 1814—1815 yillar Vena kongressi qaroriga koʻra, 39 davlatni birlashtirgan Germaniya ittifoqi tuzildi. 1834-yil 18 davlat ishtirokida Germaniya bojxona ittifoqi tashkil togshi. Unda Prussiya rahbarlik rolini oʻynar edi. Bu ittifoq sanoat va savdoni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Ayniqsa temir yoʻl qurilishida Germaniya katta yutuqlarni qoʻlga kiritdi va 1850-yilga kelib, Yevropada ikkinchi oʻringa chiqib oldi. 1848—49 yillarda Germaniyada burjua-demokratik inqilobi boʻlib oʻtdi. Uning maqsadi — mamlakatni birlashtirish, monarxiya tuzumini tugatish. agrar masalani demokratik asosda hal etish edi. Biroq, burjuaziyaning qoʻrqoqligi va xoinligi, proletariatning zaifligi tufayli inqilob magʻlubiyatga uchradi. Bu Prussiya hukmdorlarini mamlakatni inqilob yoʻli bilan emas, qurol kuchi va urushlar yoʻli bilan birlashtirish kerak degan xulosaga olib keldi. Prussiya Daniya (1864), Avstriya (1866) va Fransiya (1870) ga qarshi olib borilgan urushlardan soʻng Mayn daryosidan Shimolgacha boʻlgan yerlarda Shimoliy Germaniya ittifoqini tuzishga erishdi. 1871-yilgi Fransiya-Prussiya urushidan soʻng Germaniya pruss militarizmi asosida birlashtiriddi. 1871-yil 18-yanvarda nemis knyazlari Versalda Prussiya qiroli Vilgelm 1 ni Germaniya imperatori deb eʼlon qildi.

Germaniya birinchi jahon urushi davrida thumb|Filipp Sheyderman 1918-yil noyabrda respublikani eʼlon qilmoqda