Yaxshi tumani — Akmola viloyatining shimoli-gʻarbbiy qismida joylashgan. 1957-yili tashkil topgan. Maydoni 9,7 ming km². Aholisi 20,274 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Yaxshi qishlogʻi. Tuman hududi orqali Pavlodar — Astana — Qarataldi (Qartali), Astana — Toʻbil — Qoʻstanoy temir yoʻllari, Astana — Otbosar — Qoʻstanoy, Qiyma — Yaxshi — Ruzaevka avtomobil yoʻllari oʻtadi. Barcha ovul okrug markazlari bilan avtobus aloqasi bor.
Aholisi Aholisi 20,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil) qozoqlar — 11 028 kishi (46,02 %) ruslar — 5 189 kishi (21,65 %) ukrainlar — 3 865 kishi (16,13 %) olmonlar — 1 184 kishi (4,94 %) beloruslar — 692 kishi (2,89 %) tatarlar — 431 kishi (1,80 %) mariylar — 430 kishi (1,79 %) boshqirdlar — 192 kishi (0,80 %) ingushlar — 184 kishi (0,77 %) moldavanlar — 169 kishi (0,71 %) ozarbayjonlar — 104 kishi (0,43 %) udmurtlar — 98 kishi (0,41 %) boshqalari — 397 kishi (1,66 %) Umumiy — 23 963 kishi (100,00 %)
Iqlimi Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C. Iyulniki 19 — 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 – 350 mmQozoq ensiklopediyasi.
Ijtimoiy soha Tumanda 22 ta maktabgacha boʻlgan bolalar mahkamasi, 1 kasbiy-texnik, 14 ta boshlangʻich, 9 ta toʻliqsiz, 23 ta oʻrta maktab, 19 ta klub va madaniyat uyi, 13 ta kutubxona, tuman markaziy kasalxonasi, 30 ta feldsher-akusherlik punkt, 6 ta shifokorlik ambulatoriya, 2 ta uchaskalik kasalxona faoliyat koʻrsatmoqda (2000). 1955-yildan boshlab tuman roʻznomasi chiqariladi.
Katta qishloqlari Belagʻash qishlogʻi Yesil qishlogʻi Belovodskiy qishlogʻi Janaqima qishlogʻi Yaxshi qishlogʻi Zaporojskiy qishlogʻi
Manbalar
Havolalar Informatsiya o rayone na sayte oblasti Otchyot akima rayona Elektronniy pasport rayona
Turkum:Qozogʻiston tumanlari