Indoneziya (), Indoneziya Respublikasi () — Janubi-sharqiy Osiyodagi davlat. Dunyodagi eng katta Malay arxipelagining 17,5 ming oroli va Yangi Gvineya (Gʻarbiy Irian) orolining gʻarbiy qismida joylashgan. Maydoni 1904,6 ming km2. Aholisi 265 mln kishi (2018). Poytaxti — Jakarta shahrIndoneziya Maʼmuriy jihatdan 26 viloyat (province)ga boʻlinadIndoneziya

Davlat tuzumi Indoneziya — unitar respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1945-yilda 18-avgustda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — 5 yil muddatga saylanadigan prezident (2001-yil iyuldan Megavati Sukarnoputri xonim). Davlat hokimiyatining oliy organi — Xalq maslahat kongressIndoneziya U konstitutsiyani tasdiqladi, unga kora oʻzgarishlar kiritildi, prezident va vitse-prezidentni saylashdIndoneziya Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — xalq vakillari kengashidan iborat. U joriy qonun chiqaruvchilik faoliyati bilan shugʻullanadIndoneziya Uning 500 deputatidan 462 nafari umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va qolgan 38 nafari (harbiylar fraksiyasi) prezident tomonidan tayinlanadIndoneziya Ijroiya hokimiyatni prezident oʻzi tayinlagan hukumat bilan birga amalga oshiradIndoneziya

Tabiati thumb|Central Java, Indonesia

Indoneziya ekvatorial kengliklarda joylashgan. Qirgʻoqlari kam parchalangan, botqoqliklar, mangra chakalakzorlari bor. Yer yuzasining yarmidan koʻprogʻi oʻrtacha baland va pastqam togʻlardan, Yangi Gvineyada qisman baland togʻlardan (eng baland joyi 5029 m), qolgan qismi allyuvial tekisliklardan iborat. Orollarda 400 dan ortiq vulkan bor, shundan 100 tasi harakatdagi vulkan. Tektonik harakatlar tinmagan. Tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadIndoneziya Neft, koʻmir, temir, marganets, qalay rudalari, boksit, mis, qoʻrgʻo-shin, rux, alyuminiy, nikel va fosfat konlari bor.

Iqlimi Indoneziyaning katta qismida ekvatorial, Yava orolining sharqi va Kichik Zond orollarida subekvatorial iqlim. Pasttekisliklarda oylik oʻrtacha temperatura 25—27°. Togʻlarda salqinroq, 1500 m dan balandda yer yuzasi baʼzan muzlaydIndoneziya Ekvatorial iqlimli joylarda yillik yogʻin 2000–4000 mm, subekvatorial iqlimli joylarda 2000 mm ga yaqin. Daryolari janubi-gʻarbidan boshqa qismida yil davomida sersuv. Eng yiriklari: Kapuas, Barito, Hari, Kampar, Musi, Mamberamo, Digul. Tuproqlari mamlakat hududining 4/5 qismi (asosan, Katta Zond orollari va Gʻarbiy Irian)da sernam oʻrmonlarga xos qizil-sariq laterit va togʻ laterit tuproqlar; tekisliklarda tropik botqoqli va lateritli gley tuproqlar. Sohilidagi mangra chakalakzorlarining tuprogʻi botkrklIndoneziya Janubi-sharqidagi tropik oʻrmonlarda qizil laterit, quruq savannalarda qizilqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Pasttekislikda va 1300–1500 m balandlikdagi togʻ yon ba-gʻirlarida doim yashil sernam ekvatorial oʻrmonlar (fikus, pandaus va non daraxtlari, palma, paporotniklar, bambuk) usadIndoneziya 1300–1500 m va 2600– 3000 m balandlikdagi mintaqa tor-tropik oʻrmonlar (eman, qora qayin, kashtan, qaragʻay), undan yuqorisi butazor va oʻtloqlar bilan qoplangan. Janubi-sharada, asosan, barg toʻquvchi tropik oʻrmonlar (tik daraxti, kazuarin) va savannalar (alang-alang oʻti va yovvoyi shaqarqamish) bor. Indoneziyada maymunlar (orangutan, gibbon, makakalar), kar-kidonlar, fil, malay ayigʻi, tapir, banteng buqasi, kaklik, toʻtilar, tim-soxlar (uz. 7 m gacha), kobra va boʻgʻma ilonlar, echkemar va b. bor. Indoneziyaning sharqiy qismida xaltali qayvonlar, koʻrshapalak, jannat qushi, kakadu toʻtisi uchraydIndoneziya Hasharotlar Indoneziyaning hamma qismida mavjud, baliq koʻp. Noyob hayvonlarni saqlash maqsadida Sumatra, Kalimantan, Yava va b. orollarda qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Gunung-Lyoser, Komodo-PadarRinko, Ujung-Kulon va b. Bir necha dengiz bogʻlari va qoʻriqxonalar bor.

Aholisi Indoneziyada 300 ga yaqin elat va etnik guruh yashaydi. Indoneziya mamlakat aholisining 96% tili, madaniyati va urf-odatiga koʻra malayyapolineziya til oilasining indonez guruhiga mansub. Bulardan eng yiriklari: yavaliklar, sundlar, madurlar, malayyalar, jakartaliklar, achelar, bataklar, dayaklar va b. Bulardan tashqari, Indoneziyada melanezlar, papuaslar, xitoylar, arablar, gollandlar, hindlar va boshqalar yashaydi. Indoneziya Davlat tili — indonez tili. Indoneziya Asosiy dini — islom dini. Indoneziya Aholining 80% musulmonlar, 10% xristianlar, qolgan qismi hinduilik, buddaviylik, konfutsiylik va mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Indoneziya aholisining 2/3 qismi mamlakat hududining 7% ini tashkil etgan Yava o. da yashaydi. Aholining 70% qishloqlarda yashaydi. Indoneziya Yirik shaharlari: Jakarta, Surabayya, Bandung, Semarang, Medan.thumb|Sarasehan bahasathumb|Sarasehan bahasa kabau

Tarixi Indoneziya — hozirgi tipdagi inson (pitekantrop, yavantrop) shakllangan markazlardan birIndoneziya Mil. av. II asr ga oid yodgorliklar saqlangan. Yava, Malayya o. larida Taruma va Kalinga, Sumatrada Malayyu va Shrivijayya davlatlari tashkil topgan. Ularda hinduilik va buddaviylik tarqala boshladIndoneziya Mil. VII asrda bir necha mayda davlatlar birla-shib, Shrivijayya imperiyasiga aylandIndoneziya VIII asr 1-yarmidaYavada Mataram davlati paydo boʻldIndoneziya 1025-yil Shrivijayya inqirozga uchradIndoneziya XI asrning 40-yillarida Mataram Kediri (XIII asr dan Singasari) va Jangala davlatlariga boʻlinib ketdIndoneziya 1120-yil Kediri ilgari Mataramga qarashli barcha yerlarni birlashtir-di, boshqa orollar ustidan nazorat oʻrnatdIndoneziya XIII asr oxirida Singasari yemirilib, uning oʻrnida Majapaxit im-periyasi tashkil topdi (1293— taxminan 1520). Majapaxit imperiyasi oʻrta asrlarda eng yirik umumindonez davlati boʻlgan.

XIV asrda Hindiston va Malakkadan Indoneziya ga islom dini kirib keldIndoneziya Arxipe-lagning koʻp qismini egallagan Majapaxit imperiyasi musulmon sultonliklariga boʻlinib ketgach (XVI asr), Indoneziya hudu-diga yevropaliklar (portugallar, gollandlar) kirib kela boshladIndoneziya 1602-yil gollandlar Indoneziyada Ost-Indiya kompan-piyasiga asos soldIndoneziya Bu kompaniya mamlakatning talay qismini oʻziga tobe qilib oldIndoneziya 1811-yil Indoneziya ni inglizlar bosib oldIndoneziya Birok, 1814-yilgi Angliya-Niderlandiya bitimiga kura, Indoneziya yana Niderlandiya qoʻliga oʻtdIndoneziya

Indoneziya xalqi ajnabiy istilochilarga qarshi kurash olib bordIndoneziya Diponegoro boshchiligida Yavada (1825—30), Imom Bajon yetakchiligida Sumatrada (1830— 39), Acheda (1873—1903) koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar tarixda mashhur.

XX asr boshida milliy ozodlik harakati bir muncha kengaydIndoneziya 1908-yil Yavada „Budi utomo“ („Oliy maqsad“) nomli birinchi milliy tashkilot paydo boʻldIndoneziya Golland mustamlakachilariga qarshi 1923-yil temiryoʻlchilarning umumiy ish tashlashi boʻlib oʻtdIndoneziya 1926-yil indonez xalqi mustamlakachilikka qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi, ammo u bostirildIndoneziya 1927-yil Axmad Sukarno rahbarligida Milliy partiya tuzildIndoneziya Indoneziya mustaqilligini talab qilib, xalq orasida obroʻ krzongan bu parti-yaning faoliyati takikdandi, Sukarno va uning tarafdorlari qamoqqa olindi (1929). 1931-yildan Milliy partiya Indoneziya partiyasi deb nomlandIndoneziya 1937-yil milliy inkilob tarafdorlari Indonez xalqi harakati (Gerindo) tashkilotini tuzdilar.

1942—45 yillarda Indoneziyani Yaponiya bosib oldIndoneziya Yaponiya Ikkinchi jahon urushida maglubiyatga uchragach, mamlakat mustaqil Indoneziya respublikasi deb eʼlon qilindi (1945-yil 17-avgust). A. Sukarno uning prezidenti qilib saylandIndoneziya Respublika konstitutsiyasi qabul qilindIndoneziya Biroq 1945-yil 6-sentabrda Indoneziya ga ingliz, keyinroq golland qoʻshinlari bostirib kirdIndoneziya Indoneziya xalqi bosqinchilarga qarshi 4 yil kurash olib bordIndoneziya Nihoyat, Gollandiya Indoneziya mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi (1949-yil noyabr). Biroq u Indoneziya mustaqilligiga putur yetkazadigan bitim tuzishga erishdIndoneziya Indoneziya 16 xududga boʻlibtashlandi; mamlakat „Indoneziya Qoʻshma Shtatlari“ nomi bilan yuritila boshladi, Gollandiya Indoneziyaning bir qismi (Gʻarbiy Iri-an) ni oʻz koʻl ostida saqlab qoldIndoneziya Indoneziya xalqi oʻz mamlakatini toʻla ozod qilish uchun kurashni davom ettirdIndoneziya 1950-yil 6 avgustda Indoneziya unitar (qoʻshma) davlat deb eʼlon qilindIndoneziya Hukumat Indoneziya uchun asoratli boʻlgan bitimlarni tan olmaslik haqida qaror qabul qiddi (1956-yil aprel). 1957-yilning oxirida Indoneziya hukumati mamlakatdagi ajnabiylarga qarashli barcha korxona, plantatsiya va banklarni oʻz nazoratiga oldIndoneziya 1957-yil Sukarno davlatning siyosiy va iqti-sodiy apparatini qayta tuzdIndoneziya Prezident dekreti bilan 1945-yilgi Konstitutsiya yana kuchga kirdi (1959-yil iyul). Biroq Indoneziya hukumati va milliy vatanparvarlarga qarshi qoʻporuvchilik harakati toʻxtamadIndoneziya 1956-yil Sumatra va Sulavesida ayirmachilar qurolli isyon boshladIndoneziya Hukumat qoʻshinlari xalq ommasining yordami bilan isyonchilarni tor-mor qildi (1961). Gʻarbiy Irianni Indoneziya tarkibiga qoʻshib olishni tinch yoʻl bilan hal etolmagach, Indoneziya vatanparvarlari golland bosqinchilariga qarshi qurolli kurash boshladi (1962). 1963-yil 1-mayda Gʻarbiy Irian Indoneziya Respublikasi tarkibiga qoʻshib olindIndoneziya Prezident Sukarno mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, iqti-sodiyotni yuksaltirish, dunyodagi barcha mamlakatlar bilan doʻstlik va hamkorlik yoʻlini tutdIndoneziya Ammo ichki siyosiy beqarorlik (harbiylar, ayirmachilar va islom aqidaparastlarining isyonlari), soʻl va oʻng kuchlarning oʻzaro kurashi tobora kuchayishi „1965-yil 30-sentabr“ voqealariga olib keldIndoneziya Armiya rahbariyatining raqiblari orasidagi ashaddiy murosasiz arboblar kompartiya rahbarlarining madadi bilan davlat toʻntarishi qilishga urindilar. Ularning xattiharakatlari tor-mor etilgach, Sukarno hokimiyatdan chetlashtirildi va „yangi tartib“ oʻrnatishga kirishildIndoneziya 1966-yilda general Suharto muvaqqat (1968-yildan rasmiy) prezident boʻlib qoldIndoneziya Harbiylar boshchiligidagi hokimiyat ichki muxolifatni keskin cheklab, bozor xoʻjaligiga oʻtish orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash vazifasini qoʻydIndoneziya Indoneziya faol tashqi siyosat oʻtkazib, milliy taraqqiyot uchun qulay sharoit taʼminlash yoʻlidan bordIndoneziya Yalpi mahsulot ishlab chiqarish ni koʻpaytirish surʼatlari oshdi, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad koʻpaydIndoneziya

Suharto 6-muddatga prezident etib saylandi, biroq 1998-yil boshlarida mamlakat moliyaviy inqirozga duchor boʻldi. Xalq ommasi, ayniqsa, talaba yoshlar bu kulfatda prezidentni ayblab, koʻchalarda norozilik namoyishlari oʻtkazishdIndoneziya Shunday bir vaziyatda Xalq maslahat kongressi Suhartoni 7-muddatga yana prezident etib sayladIndoneziya Bu voqea xalqning gʻazabini yanada oshirdi va tinch namoyishlar gʻalayon tusini ola boshladIndoneziya Prezidenta ing isteʼfo berishi haqidagi talablar kuchaydi. Nihoyat, Suharto isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi va konstitutsiyaga binoan 1998-yil 21-may kuni vitse-prezident Burhoniddin Yusuf Habibiy prezident lavozimini egalladIndoneziya Ammo uning bu lavozimdagi faoliyati uzoqqa bormadIndoneziya Oliy tabaqa arboblarining suiisteʼmollaridan norozi boʻlgan xalq ommasining talabi bilan B. Yu. Xabibiy isteʼfoga chiqarildIndoneziya 1999-yil oktabrdan Vohid Ab-durahmon, 2001-yil iyuldan A. Sukarnoning qizi Megavati Sukarnoputri prezident lavozimiga saylandIndoneziya

Indoneziya — 1950-yildan BMT aʼzosi.

Milliy bayrami — 17-avgust — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1945). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 23-mayda oʻrnatdIndoneziya

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari