Zambiya ( Zambiya Respublikasi (Republic of Zambia) — Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni 752,614 km2. Aholisi 14,222,233 kishi (2013). Poytaxti — Lusaka shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (provinsiya)ga boʻlinadi.

Davlat tuzumi Zambiya — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1996-yilda qabul qilingan. Davlat boshligi — prezident. U umumiy va toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Prezident Vazirlar Mahkamasi raisi hamdir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va bir palatali parlament — Milliy assambleya, ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

Tabiati Zambiya Sharqiy Afrika yassi togʻligida, Janubiy yarim sharning subekvatorial mintaqasida joylashgan. Hududida togʻ va tepaliklar uchraydi, aksar qismining balandligi 1000–1350 m. Eng baland joyi — Muchinga togʼidagi Mumpu choʻqqisi (1893 m). Keng yassi botiqlarining koʻpi Sharqiy Afrika siniqlari zonasiga kiradi. Zambiyada mis, rux, qoʻrgʻoshin, vanadiy, temir, uran rudalari, marganets, grafit, oltin, qalay, toshkoʻmir konlari bor. Iqlimi subekvatorial. Zambiyada yil davomida aniq uch mavsum kuzatiladi: issiq va quruq (avgust—oktyabr), iliq va sernam (noyabr— aprel), quruq va salqin (may—iyul). Eng issiq oy (oktyabr)ning oʻrtacha harorati 23—27 °C, eng salqin oy (iyul)niki 15—20 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin janubda 700 mm dan shimolda 1400 mm gacha. Yirik daryolari Zambezi va uning irmoqlari — Kafue va Luangva. Daryolari serostona boʻlganidan kemalar daryolarning baʼzi joylaridagina qatnaydi. Zambezi daryosida Viktoriya sharsharasi bor. Eng yirik koʻli — Bangveulu; Tanganika koʻlining janubiy, Mveru koʻlining sharqiy qismi ham Zambiya hududida. Yogʻin koʻproq yogʻadigan joylardagi qizil laterit tuproqli yerlar mavsumiy sernam tropik oʻrmon va baland oʻsadigan oʻtli savannalardan iborat. Quruq iqlimli joylarida jigarrang qizil va qizilqoʻngʻir tuproklar tarqalgan. Mamlakat hududining 1/2 qismini siyrak daraxtli quruq tropik oʻrmonlar egallagan. Savannalarda fil, buyvol, karkidon (2 turi), zebra, kiyik, arslon, qoplon, chiyaboʻri va boshqalar bor. Qush va sudraluvchilar (jumladan nil timsohi, kobra va boshqalar) koʻp. Daryo va koʻllari baliqqa boy. Setse pashshasi chorvachilikka katta ziyon yetkazadi. 20 ga yaqin milliy bogʻi (Kafue, Sioma Ngvezi, Shimoliy va Janubiy Luangva va boshqalar) bor.

Aholisi Aholisining 99% bantu oilasining turli guruhiga mansub afrikaliklar; asosiylari bemba, tonga, lozi, lunda, malavi va boshqa Yevropaliklarning aksariyati ingliz va afrikanerlar. Osiyoliklar ham bor. Rasmiy til — ingliz tili. Aholisining 80%i xristianlar boʻlib, ularning koʻplari mahalliy anʼanaviy dinlarga ham eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 42%.

Tarixi Zambiya hududida uzoq oʻtmishda odamlar yashagani maʼlum. Aniklangan yodgorliklar paleolit davriga mansub. Kabve shahri atrofida ibtidoiy inson suyaklari topilgan. Guisho bulogʻi yaqinida va Nachikufu gʻorida istiqomat qilgan kishilar ov va yovvoyi mevalarni terish, baliqchilik bilan shugʻullanganliklari aniklangan. XVII—XVIII asrlarda Zambiyada bantu tilida soʻzlashuvchi qabilalar hukmronlik qilgan. Bu davrda dehqonchilik, chorvachilik va temirchilik rivojlangan. XVIII asr oxirida Zambiyaga portugallar, keyinchalik inglizlar kirib kelgan paytda kichikkichik davlatlar va qabila uyushmalari boʻlgan. Ularning moddiy madaniyati yuqori darajada rivojlangan edi. XIX asrning 90 yillarida Zambiyani Britaniyaning S. Rode boshchiligidagi Janubiy Afrika kompaniyasi bosib olib, dastlab ikki hududga boʻlib boshqardi. 1911 yil bu ikki hudud Shimoliy Rodeziya nomi bilan birlashtirildi. 1924 yil Shimoliy Rodeziya Britaniya protektorati deb eʼlon qilindi. Yirik mis va polimetall ruda konlari topilishi bilan konchilik sanoati rivojlandi, shaharlar va temir yoʻllar qurila boshladi. Anʼanaviy dehqonchilik tanazzulga uchrab, dehqonlar xonavayron boʻldi. 20—30 yillarda mustamlaka tuzumiga qarshi uyushgan holda kurash boshlandi. 1935 va 1940 yillari mis konlarida yirik gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Noroziliklar qurol yordamida bostirildi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Shimoliy Rodeziyada mustamlakachilarga qarshi kurash kuchaydi. Bunga Afrika milliy kongressi, Afrika kon ishchilari kasaba uyushmasi rahbarlik qildi. 1953 yil Rodeziya Federatsiyasi va Nyasalend tuzilib, unga Shimoliy Rodeziya ham qoʻshib olindi. 1958 yil Zambiya milliy kongressi Afrika milliy kongressidan alohida partiya boʻlib ajralib chiqdi. Keyinchalik uning asosida K. Kaunda rahbarligida Milliy mustaqillik birlashgan partiyasi tuzildi (1959). 60 yillar boshida mamlakatda federatsiyadan chiqish va mustaqil davlat tuzish uchun kurash kuchaydi. Natijada Shimoliy Rodeziya 1964 yil yanvarda oʻzini oʻzi idora qilish huquqini oldi. 24 oktabrda esa mustaqil Zambiya Respublikasi deb eʼlon qilindi va prezidentlikka K. Kaunda saylandi. 1968—69 yillarda Zambiya hukumati mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlash maqsadida eng yirik chet el savdo, sanoat va mis konlari kompaniyalari ustidan nazorat oʻrnatdi. 1973 yildagi konstitutsiyaga koʻra, "Zambiya insonparvarligi" siyosiy dasturi qabul etildi. U xususiy mulkchilikni saqlab qolgan holda oddiy inson ehtiyojlarini toʻliq qondirish maqsadini qoʻydi. 1991 yil koʻp partiyali asosdagi saylovda F. Chiluba prezidenta etib saylandi. 1964 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1994 yil 1 fevralda oʻrnatilgan. Milliy bayrami — 24 oktabr — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1964).

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Koʻp partiyali demokratiya uchun harakat, 1990 yilda tuzilgan; Milliy mustaqillik birlashgan partiyasi, 1959 yilda tuzilgan; Zambiya demokratik kongressi, 1995 yil tuzilgan; Milliy partiya, 1993 yil tuzilgan; Zambiya kun tartibi, 1996 yil asos solingan; Demokratiya va taraqqiyot uchun anjuman, 2001 yilda Koʻp partiyali demokratiya uchun harakat partiyasi parchalanishi natijasida tuzilgan. Zambiya kasaba uyushmalari kongressi 1965 yilda tuzilgan, Umum Afrika kasaba uyushmalari federatsiyasi aʼzosi.

Xoʻjaligi va iqtisodiyot Zambiya mustamlakaga aylangan davrdan uning iqtisodiyoti dunyo bozoriga, asosan, Buyuk Britaniyaga faqat mis va polimetallar yetkazib berishga ixtisoslashib, xoʻjaligining boshqa tarmoqlari kon sanoatiga xizmat kilib keldi. Yalpi ichki mahsulotda togʻkon sanoati 9%, ishlab chiqarish sanoati 31,8%, qishloq xoʻjaligi 18% ni tashkil etadi. Sanoati. Togʻkon sanoati va rangli metallurgiya rivojlangan. Zambiya mis rudasi zaxirasi boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Mis 6 yirik kondan kazib olinadi. Mis bilan birga kobalt, kumush va oltin ham chiqadi. Polimetall rudalari va kadmiy, gips, talk va qurilish materiallari konlari ham bor. I.ch. sanoati rangli metallurgiya korxonalaridan tashqari oziqovqat, neftni qayta ishlash, mashinasozlik, metallsozlik, sement sanoati tarmoqlaridan iborat. Tegirmonlar va novvoyxonalar, kushxonalar, qand zavodlari, sut mahsulotlari, sariyogʻ, mol yogʻi va oʻsimlik moyi ishlab chiqarish korxonalari, tamaki korxonalari ishlaydi. Kafueda toʻqimachilik, Lusakada paxta tozalash fkalari bor. Kime va neftni qayta ishlash sanoati oʻgʻitlar, boʻyoqlar, loklar, avtoshinalar, plastmassa va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Qogʻoz sanoati rivojlanmoqda. Chilanga va Ndoladagi sement zavodlari binokorlik ashyolari sanoatida yetakchilik qiladi. KapiriMposhida oyna va shisha idishlar ishlab chikaruvchi zavodlar, Luanshyeda elektr simlari, kabel, shpatlar, mis va alyuminiy buyumlari, Lusakada qora metallardan turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zdlar mavjud. Mashinasozlik korxonalari orasida eng yirigi — Livingstondagi avtomobil yigʻuv zdidir. Radioapparatlar, qishloq xoʻjaligi anjomlari ishlab chiqaruvchi zdlar ham bor. Bir yilda oʻrtacha 7,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chikariladi.

Qishloq xoʻjal i gida mamlakat iqtisodiy faol aholisining 76% band. Gʻallachilik — dehqonchilikning asosi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini makkajoʻxori boʻlib, u Lunda, Mazabuka, Tonga platosi, Barotsa tekisligi, Luangva daryosi vodiysi yerlarida, tariq va joʻxori Luapula, Shimoliy va Shimoli-gʻarb viloyatlarida, Luangva, Zambezi daryolari vodiylarida yetishtiriladi. Oz miqdorda bugʻdoy ekiladi, u ichki ehtiyojning atigi 10% ini qondiradi. Sholi, paxta, yer yongʻoq, soya, kungaboqar, shakarqamish, tamaki, choy, kofe, meva ham yetishtiriladi. Mamlakat oziqovqatga boʻlgan ehtiyojlarini oʻzi qoplay olmaydi. Chorvachilikdagi mollar asosan yaylovda boqiladi. Yaylovlarda oziq kamligi va setse pashshasining koʻpligi chorvachilikni rivojlantirishga yoʻl qoʻymaydi. Mamlakatda goʻsht, sut va sut mahsulotlari yetishmaydi. Zambiya hududining 17% ga yaqini oʻrmon bilan qoplangan. Oʻrmonlardagi qaragʻay, evkalipt daraxtlaridan asosan konchilikda shpal va mustahkamlagich sifatida foydalaniladi, rodeziya tiki (qattiq yogʻoch) ichki bozorni taʼminlaydi va chetga sotiladi. Oʻrmonlardagi daraxtlarni kesish va qayta ishlash bilan davlat kompaniyalari shugʻullanadi. Baliqchilik — afrikalik aholining anʼanaviy mashgʻuloti. Baliq, asosan, Bangveulu, Mveru, Chishi, Tanganika koʻllarida, Kafue, Zambezi, Lua pula daryolarida, Lukanga botqokligida ovlanadi.

Zambiya chetga mis, rux, kobalt, qoʻrgʻoshin chiqaradi. Chetdan mashina va asbobuskunalar, yoqilgʻi, kimyo mahsulotlari, oziqovqat oladi. Asosiy mijozlari: AQSH, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — kvacha. Sogʻliqni saqlash. Davlatga qarashli davolash muassasalari bepul. Bundan tashqari Lusaka va Kopperbeltda xususiy tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Vrachlar Zambiya universiteti huzuridagi tibbiyot maktabida tayyorlanadi.

Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari Zambiya mustaqillikka erishgach, boshlangʻich maktablarda afrikalik bolalar yevropaliklar bilan birga oʻqitila boshladi. Bolalar 7 yoshdan boshlab 7 yillik boshlangʻich maktabda oʻqiydi. Boshlangʻich maktabning 1— 4sinflarida darslar ona tilida, soʻng ingliz tilida olib boriladi. Oʻrta maktab 5 yillik. Boshlangich maktablar uchun oʻqituvchilar kichik (toʻliqsiz) oʻrta maktab negizida pedagogika bilim yurtlarida 2—3 yil davomida tayyorlanadi. Kichik oʻrta maktab oʻqituvchilari esa toʻliq oʻrta maktab negizida pedagogika kollejlarida 2 yil davomida, toʻliq oʻrta maktab oʻqituvchilari universitetda tayyorlanadi. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizidagi hunar maktablarida va hunarmandchilik oʻquv yurtlarida amalga oshiriladi. Lusakada universitet (8 ft), KitveNkanada uning filiali bor. Z.da yana bir qancha institut va kollejlar, shu jumladan Milliy ijtimoiy boshqaruv instituti, amaliy hunarmandchilik va tijorat kolleji, texnika kolleji, milliy resurslarni rivojlantirish kolleji (hammasi Lusakada), boshqa shaharlarda ham turli kollejlar mavjud.

Yirik kutubxonalari: Lusakada universiteti kutubxonasi, kutubxonalar maxdamasi, milliy arxivi, shahar ommaviy kutubxonasi. Ndola va Kitve Nkanada ommaviy kutubxonalar bor. Muzeylari: Lusakada K. Kaunda uy muzeyi, Milliy mustaqillik birlashgan partiyasi siyosiy muzeyi, Livingstondagi muzey, Ndola va Mbaladagi muzeylar.

Ilmiy muassasalari: Lusakada Milliy ilmiy tadqiqot kengashi, Geologiya xizmati, Zambiya universiteti huzuridagi Afrika tadqiqotlari instituti, pedagogika tadqiqot byurosi, Chilanida Balikchilik markaziy tadqiqot instituti, Mazabukada Markaziy veterinariya styasi, KitveNkanada Oʻrmontexnika tadqiqot byurosi, Tibbiyot tadqiqot byurosi va b. Bir qancha ilmiy jamiyat va uyushmalar bor.

Transporti Zambiyada 2 temir yoʻl liniyasi boʻlib, ular davlat tomonidan boshqariladi. Temir yoʻlning uz. — 2,2 ming km. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 37,4 ming km, shundan 14 ming km qattiq qoplamali. Ichki suv yoʻllarining uz. — 2250 km. Ichki porti Tanganika koʻlidagi Mpulungu portidir. Zambiya hududi orqali Dor ussalom—Ndola neft quvuri oʻtkazilgan. Xalqaro aeroportlari: Lusaka, Ndola, Livingstonda.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi