„Mahallada duv-duv gap“ () — 1960-yil yaratilgan oq-qora kinotasmaga olingan oʻzbek kinokomediya. Filmga Shuhrat Abbosov va Yuriy Stepchuk rejissorlik qilgan. „Mahallada duv-duv gap“ eng sara oʻzbek filmlaridan biri, SSSR xalq artisti Abbosov esa oʻzbek kinosining asoschilaridan biri hisoblanadi.

Syujeti Filmda Toshkent shahrining eski qismidagi mahallalardan biridagi zamonaviy turar-joy binolari qanday qurilayotgani haqida hikoya qilinadi. Film qahramonlari quruvchilarning oilalari: qizi Sayyora bilan ishlayotgan gʻisht teruvchi, oʻgʻli Azimjon Moskvada oʻqishini tugatayotgan Mehrixon aya hamda omborxona mudiri Arslon va uning kranchi oʻgʻli Umarjon haqida hikoya qiladi.

Oʻqishni tamomlab, Sayyora yaqinlaridan yashirincha zavodga kiradi. Qoʻshnilar uning taqdiriga aralashishga harakat qil. Mehrixon oʻz oʻgʻli Azimjonga, Oyposhsha esa oʻz oʻgʻli Umarjonga olib bermoqchi. Azimjon allaqachon Moskvada uylangani, Arslonning oʻgʻli Umar esa u bilan qurilishda birga ishlaydigan Umidani sevib qolgani ma’lum boʻaldi. Yoshlar Umarga ota-onasining qarshiligini yengib, Umida bilan turmush qurishiga yordam beradi. Baxtli oilalar mahalladan yangi qurilgan uyga koʻchib oʻtadi.

Rollarda

Ssenariy Film uchun ssenariy boshida rus tilida yozilgan. Ammo Shuhrat Abbosov filmni oʻzbek tilida olishni istagan. Tasvirga olish boshlanishidan bir kun avval Abbosov mashhur oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhordan ssenariyni oʻzbek tiliga tarjima qilib berishini iltimos qilgan. Abdulla Qahhor oʻsha paytda shifoxonada davolanayotgan boʻlgan. U ssenariyni shifoxona qarshisidagi oʻtirgʻichda oʻtirib ikki soatda tarjima qilgan. Abdulla Qahhor filmning oxirida tarjimon sifatida aytib oʻtilgan.https://www.kino-teatr.ru/kino/movie/sov/4594/titr/

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:1960-yil filmlari Turkum:Shuhrat Abbosov filmlari Turkum:Oʻzbek tilidagi filmlar Turkum:Oʻzbekiston kinokomediyalari