Hindiston (rasman: Hindiston Respublikasi (Bhārat Gaṇarājya- „Rasmiy nomi: Republic of India.“;- „Rasmiy nomi: Republic of India; Bharat Ganarajya (Hindi)“;- „Rasmiy nomi: Republic of India; Bharat.“;- „Rasmiy nomi: English: Republic of India; Hindi:Bharat Ganarajya“;- „Rasmiy nomi: Republic of India“;- „Officially, Republic of India“;- „Rasmiy nomi: Republic of India“- „India (Republic of India; Bharat Ganarajya)“) — Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga 3 214 km, gʻarbdan sharqqa 2 933 km choʻzilgan. Shimolida Himolay togʻlari, gʻarbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv orollari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni — 3 287 263 km (1 269 219 sq miMilliy ramzlar | Hindiston milliy portali" . India.gov.in . 2017-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan . 2017-yil 1-martda olindi . Rabindranat Tagor tomonidan dastlab bengal tilida yaratilgan Hindiston Davlat madhiyasi Jana Gana Mana 1950-yil 24-yanvarda Taʼsis Assambleyasi tomonidan Hindistonning Davlat madhiyasi sifatida uning hindcha versiyasida qabul qilingan."Mamlakatning aniq oʻlchami bahslarga sabab boʻlmoqda, chunki baʼzi chegaralar bahsli. Hindiston hukumati umumiy maydonni 3 287 260 km 2 (1 269 220 sq milya) va umumiy yer maydonini 3 060 500 km 2 (1 181 700 sq milya) deb koʻrsatadi; Birlashgan Millatlar Tashkiloti roʻyxati; umumiy maydoni 3 287 263 km 2 (1,269,219 sq mil) va umumiy yer maydoni 2,973,190 km 2 (1,147,960 sq milya)"., dunyoda 7-oʻrin). Aholisi — 1 463 865 525Manba: Worldometer (www. Worldometers.info)
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Aholishunoslik boʻlimi tomonidan maʼlumotlarni ishlab chiqish. Jahon aholisining istiqbollari: 2024 yilgi qayta koʻrib chiqish . (Oʻrta tugʻilish varianti). kishi (2025-yil 7-yanvar, dunyoda 1-oʻrin). Poytaxti — Nyu-Dehli. Maʼmuriy jihatdan 28 ta shtat va 8 ta ittifoq hududidagi boʻlinadi.
Davlat tuzumi (ௐசதகள) Hindiston — federativ respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1950-yil 26-yanvardan kuchga kirgan; keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2022-yil 25-iyuldan Droupadi Murmu). U parlamentning ikki palatasi va shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari aʼzolaridan iborat saylovchilar hayʼati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident ikki palata — Shtatlar kengashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (Log sabxa) dan iborat parlament, ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati Hindiston qirgʻoqlari kam parchalangan, past, qumli. Asosan, Hindiston yarimoroli va Hind-Gang tekisligida joylashgan; Himolay va Qoraqurum togʻlarining bir qismini oʻz ichiga olali. Hindiston hududining 3/4 qismi tekislik va yassitogʻlik. Hindiston yarim orolning deyarli hammasini Dekan yassitogʻligi egallagan (sharqqa tomom 900 m dan 300 m gacha pasayib boradi). Hindiston yarim orol shimolda allyuvial Hind gang tekisligi joylashgan. Yer sharidagi eng baland togʻ tizmasi — Himolay (Hindistonda balandligi 8126 m, Nangaparbat togʻi) va Qoraqurum togʻlari Hindistonni shimoldan toʻsib turadi. Hindistonda foydali qazilmalardan toshkoʻmir, temir rudasi, titan, oltin, tabiiy gaz, marganes, xrom, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, neft, slyuda (shaffof tosh), qoʻrgʻoshin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shimolda tropik mussonli iqlim. Iyun–oktyabrda issiq va nam, noyabr-fevralda quruq, salqin, mart–mayda juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yogʻinning 70-90%i yogʻadi. Yillik yogʻin Gʻarbiy Gat va Himolay togʻlarining shamolga qarshi yon bagʻirlarida 5000–6000 mm, Shillong platosida 12000 mm (Yer yuzidagi eng seryogʻin joy), Hind-Gang tekisligida 100 mm, Hindiston yarim orolning markaziy qismida 300–500 mm. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 15 °C (shimolda), 27 °C (janubda), may oyi hamma joyda 28- 35 °C, ayrim vaqtlarda 48 °C. Togʻlarda oʻrtacha temperatura yanvarda n– G, −8 °C, iyulda 18-23 °C. Asosiy daryolari: Gang, irmogʻi Jamna, Hind (yuqori oqimi), Braxmaputra (quyi oqimi), Narmada, Godavari, Krishna. Daryolari yozda sersuv (musson yomgʻirlari davrida toshadi), sugʻorishda keng foydalaniladi, ayrimlarida kema qatnaydi. Tuproqlari Hindiston hududining aksari qismida qizil, Dekan yassitogʻligida qora, Hindgang tekisligi va dengiz boʻyi past tekisliklarida jigarrang tuproq. Himolay togʻlari yon bagʻrida togʻ jigarrang, sariq, togʻ qoʻngʻir-oʻrmon. podzol, togʻ-oʻtloqi tuproqlar pastdan yuqoriga almashinib boradi. Oʻsimliklardan akatsiya, bambuk, kakos va xurmo palmasi keng tarqalgan. Mamlakatning 25%i oʻrmon. Himolay togʻlarining quyi yon bagʻirlarida terak, yuqorida tik, sandal, himolay kedri, qora qaragʻay, oq qaragʻay oʻsadi. Gʻarbiy Gat togʻlari yon bagʻri, Gang va Braxmaputra deltalari, Sharqiy Himolay togʻ oldi hududlari doim yashil oʻrmonlardan iborat. Hindistonda oʻsimliklarning 21 ming turi tarqalgan. Unda Yer yuzida mavjud boʻlgan barcha oʻsimlikning yarmidan koʻpini uchratish mumkin.
Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600 dan ziyod turi bor. Hindiston hududida fil, maymun, karkidon, sher, qoplon, yoʻlbars, mangus va boshqa hayvonlar yashaydi, ilonning deyarli barcha turi mavjud. Mamlakatda 75 ta milliy bogʻ va 420 dan ortiq qoʻriqxona mavjud. Yirik milliy bogʻlari: Kaziranga, Manas, Dachigan, Dadva, „Gullar vodiysi“ (Uttar Pradesh), Sariska va boshqalar.
Aholisi Hindiston — dunyoda eng koʻp millatli mamlakatlardan biri. Hindistonda turli tillarda soʻzlashuvchi bir necha yuz millat, elat va qabila yashaydi. Aholisining 72%i hind-yevropa tillarining hindoriy tillari guruhida soʻzlashuvchi xalqlar — hindustoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxoniylar, panjobiylar tashkil etadi. Kashmiriylar dari til guruhiga mansub. Hindiston janubda, asosan, dravid tillarida, shimoliy va Shimoli-sharqida tibetbirma tillarida soʻzlashuvchi xalqlar yashaydi. Shahar aholisi 30%. Rasmiy tillar — hind va ingliz tillari. Aholining koʻpchiligi (73%) hinduiylik diniga eʼtiqod qiladi; islom (16%), xristian (6%), sikhizm (2,5%) va boshqa dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Kalkutta, Bombay, Dehli, Chennay, Bangalor, Ahmadobod, Haydarobod, Puna, Kanpur, Nagpur, Jaypur, Lakhnau. Hindiston demografiyasi Hindiston aholisi prognozi YilAholi र्ह्नदडYillik% oʻzgarishYillik oʻzgarishMigrantlar (aniq)Oʻrtacha yoshFertillik darajasiZichlik (P/Km²)Urban Pop %Shahar aholisiJahon popining mamlakat ulushiDunyo aholisiHindistonning global reytingi2030-yil1 525 138 8440,82%12 254 664 −388 54730.81.8851339,8%607,341,98117,80%8 569 124 91112035-yil1 578 694 7960,69%10 711 190 −370 45132.71.8453142,8%675 456 36717,77%8 885 210 18112040-yil1 622 580 0390,55%8 777 049 −399 51734.71.8054645,9%744,380,36717,68%9,177,190,20312045-yil1 656 067 5830,41%6 697 509 −368 00936.51.7855749,0%811 749 46317,54%9 439 639 66812050-yil1 679 589 2590,28%4 704 33538.31.7756552,2%876 613 02517,38%9 664 378 5871Manba: Worldometer (www.Worldometers.info)
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Aholishunoslik boʻlimi tomonidan maʼlumotlarni ishlab chiqish. Jahon aholisining istiqbollari: 2024-yilgi qayta koʻrib chiqish . (Oʻrta tugʻilish varianti).
Tarixi