Anvar Obidjon (1947-yil 25-yanvar — 2020-yil 11-aprel) — Oʻzbekiston xalq shoiri, yozuvchi va jurnalist.

Hayoti Anvar Obidjon 1947-yilning 25-yanvarida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida „Gʻuncha“ jurnalida „Shkafjon“ nomli birinchi sheʼri bosilgan (1960). Obidjon 1964—1966-yillarda Samarqand moliya texnikumida, 1973—1979-yillarda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan oʻqigan.

Harbiy xizmatni oʻtagach (1966—1969), qishlogʻida „Nurobod“ jamoa xoʻjaligida dala hisobchisi boʻlgan (1970—1971), tumandagi „Paxta uchun“ gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1971—1976), Toshkentdagi yogʻ-moy kombinatida bogʻbon (1977—1978) sifatida ish olib borgan.

1981—1986-yillarda „Kamolot“ nashriyotida muharrir, bosh muharrir oʻrinbosari, 1986—1987-yillarda „Yulduzcha“ nashriyotida bosh muharrir, 1988-yilllarda „Yosh kuch“ jurnalida adabiy xodim, 1988—1989-yilllarda „Mushtum“ jurnalida boʻlim mudiri, 1989—1998-yillarda „Choʻlpon“ nashriyotida bosh muharrir, direktor boʻlib ishlagan.

Anvar Obidjon 2020-yil 11-aprel kuni Toshkent shahrida 74 yoshida vafot etganOʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi. Kun.uz. Qaraldi: 11-04-2020 .

Ijodi Anvar Obidjon „Ona Yer“(1975), „Olovjon va uning doʻstlari“ (1983), „Bezgakshamol“ (1985), „Akang qaragʻay Gulmat“ (1987), „Oltin yurakli Avtobola“ (1986), „[lamazon va Gulmat xangomasi“ (1992), „Meshpolvonning janglari“ (1994), „Oltiariq hangomalari“ (1999), „Odobli boʻlish osonmi?“ (2001), „Meshpolvon“ (2003) singari 25 ta toʻplamini chop ettirgan. Aksariyat asarlarini bolalarga bagʻishlagan.

„Meshpolvon“ asari asosida „Dahshatli Meshpolvon“ filmi suratga olingan.

Mukofotlari Anvar Obidjon 1997-yil „Shuhrat“ medali; 1998-yilda „Oʻzbekiston xalq shoiri“ unvoni; 2011-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeniga sazovor boʻlgan. Vafotidan soʻng 2025-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Asarlari Alamazon va Gulmat. T.: „Choʻlpon“, 1998-yil. Juda qiziq voqea. T.: „Choʻlpon“, 1997-yil. Ketmagil. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985-yil.

Manbalar

Adabiyotlar Said Ahmad. Fargʻonada bittagina „Xalq soʻzi“. 2000-yil 19-aprel Rahmon Qoʻchqor. Ajabtovur idrok usuli. „Fidokor“, 2000-yil 20-iyul. Lola Zvonareva. Vsegda v jizni. „Detskaya literatura“ Moskva, 1988-yil Havolalar

Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar *1998 Turkum:1947-yilda tugʻilganlar Turkum:2020-yilda vafot etganlar