Vuppertal — GFR dagi shahar. Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerida, Vupper daryosi boʻyida. Aholisi 372,4 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Muhim transport yoʻllari tuguni. Germaniyadagi toʻqimachilik sanoatining yirik markazi. Toʻqimachilik mashinasozligi, elektrotexnika asboblari, kimyo-farmatsevtika, qogʻoz, rezina sanoati rivojlangan. Vuppertal 1929—30 yillarda Barmen, Elberfeld va boshqa shaharlarning qoʻshilishidan vujudga kelgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar