"Kichkina odamlar" — Hotam Fayziyev tomonidan „Oʻzbekkino“ milliy agentligining „Vatan“ kinostudiyasida 2007-yilda suratga olingan film. 3ta qisqa hajmli filmdan iborat: „Kutilmagan omad“, „Hazil“ va „Kichkina odamning katta tanishi“ Filmlar Kutilmagan omad Gʻoziboy shaharda lotereyadan avtomobil yutib oladi. Bu yutuq uni toʻgʻri yoʻlga sololmayotgan ota-onasi va akasiga juda qimmatga tushadi. Rollarda Poʻlat Saidqosimov – Rayimberdi Toʻti Yusupova – Rayimberdining ayoli Dilnoza Kubayeva – Zarifa Alisher Uzoqov – Gʻoziboy Tohir Saidov – Norboʻta Baxtiyor Ixtiyorov – Rayimberdining qoʻshnisi Hazil Sodiq ismli kirakash oʻz doʻstini gʻirt mast holda koʻchada uxlab yotganini koʻrib, hazillashmoqchi boʻladi va uning tilla taqinchoqlarini yechib oladi. Doʻsti undan tilla buyumlarni topishda yordam berishini soʻraydi. Bunga rozilik bergan Sodiq kutilmaganda Qamchiq dovonida nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻldirib ketiladi. Yonidan doʻstining tilla buyumlari militsiya xodimlari tomonidan topiladi. Rollarda Muhammad Rahimov – Sodiq Oʻtkir Mengliyev – Sodiqning doʻsti Furqat Fayziyev – yoʻlovchi Boir Xolmirzayev – yoʻlovchi Gavhar Sharipova – Sodiqning ayoli Kichkina odamning katta tanishi Mixliboy uzoq yillar qishloqdagi maktabda oʻqituvchilik qilib, nafaqaga chiqqan. Bir kuni oʻquvchilaridan biri — Xolboyning „shaharda katta mansabdor boʻlib ketgani“ haqidagi gap qishloqda tarqaladi. Qishloq ahli Mixliboyning oldiga oʻquvchisidan yordam soʻrab berishini iltimos qilib, koʻplab xatlar bilan kelishadi. U xatlarni va sovgʻalarni olib, Xolboyning oldiga boradi. Xolboy esa oʻz ustozini tanimaydi. Rollarda Dias Rahmatov – Mixliboy Matyoqub Matchonov – Xolboy Fathulla Masʼudov – Mixliboyning oʻgʻli Oybek Odilov – Mixliboyning oʻgʻli Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:2008-yil filmlari