Abu Said Usmon I (), yoki Usmon ibn Yagʻmurasan, yoki jazoir arabchasida: أبو سعيد عثمان الأول, Abu Said Usmon al-avval), zamonaviy Jazoir hududidagi zenata berber Tilimsan qirolligini 1283-yil martdan 1304-yil iyungacha boshqargan.
Tarjimai hol Abu Said Usmon I otasi Yagʻmurasan ibn Zayyondan (1236–1283-yillarda hukmronlik qilgan) Zayyoniylar sulolasi hukmdori sifatida taxtni meros qilib olgan. Hafsiylar bilan tuzgan nikoh aloqalari orqali u sharqiy qoʻshnilari bilan yaxshi munosabatlar oʻrnatishga muvaffaq boʻldi. Bu esa Usmon I ga Fos Mariniylarining tinimsiz hujumlariga bardosh berish imkonini berdi. Mariniylarning Tilimsan qamali 1299-yildan 1307-yilgacha davom etdi, bu vaqt ichida ular al-Mansura nomli qamal shahrini barpo etdilar. U baʼzan Mariniy hukmdorlarining qarorgohi sifatida ham xizmat qilgan. Mariniylarning ustunligiga qaramay, Zayyoniylar qamalga dosh bera oldilar.
Abu Said Usmon I qamal yakunini koʻra olmadi. Faqat uning vorisi Abu Zayyon Muhammad I (1304–1308-yillarda hukmronlik qilgan) davridagina, Mariniylar oʻz sultonlarining oʻlimidan soʻng va sulolaviy ichki nizolar kuchayib, ularning qudratini zaiflashtirgach, al-Magʻrib (al-Aqso)ga qaytib ketdilar.
Harbiy yurishlar
Abu Said Usmon I oʻz hokimiyatini mustahkamlash va raqiblariga (asosan Mariniylarga) qarshi mavqeini kuchaytirish maqsadida koʻplab harbiy harakatlarni boshqargan.
1287-yilda u Mâzoûna shahrini (Magʻrava hukmronligi davridagi Shelif daryosining oʻng qirgʻogʻida boʻyida joylashgan shahar) egallab oldi va Taferdjint shahrini (ehtimol Toudjin yurtidagi Shelif daryosining chap qirgʻogʻida) qamal qildi. 1290–1291-yillarda u Toudjinlarga qarshi yana bir yurishni tashkil qildi. U ularning yerlaridan yurib oʻtib, ularning boshpanasi boʻlgan Voncharis togʻlarini oʻz nazorati ostiga oldi. Usmon I Muhammad ibn Abdulqaviyning oila aʼzolarini asirga oldi, biroq keyinchalik ularni uylariga qaytarib yubordi. 1289-yil may oyida u Tenes shahrini Magʻravalardan, Medea shahrini esa Toudjinlardan tortib oldiIbn Khaldoun (trad. William Mac Guckin de Slane), Histoire des Berbères et des dynasties musulmanes de l’Afrique septentrionale, vol. I, Alger, Imprimerie du Gouvernement, 1852, p. 132, p. 371. Mariniy sultoni Abu Yoqub Yusuf an-Nasr 1290-yil iyul oyida Tilimsanga qarshi yurish qildi. 1290-yil sentabrida ikki oy davom etgan qamaldan soʻng Mariniy sultoni oʻz poytaxtiga qaytdi. Bir oy oʻtgach, Abu Said Usmon I Tilimsan qamali paytida Mariniy hukmdori bilan aloqalar oʻrnatgan Magʻravalarga hujum qildi. U ularning yerlarini zabt etdi va boʻysunishga majbur qildi hamda oʻgʻli Abu Hammu Ini Shelif shahrining hokimi etib qoldirdi. Soʻng Abu Said Usmon I Tilimsanga qaytdi. 1291-yil aprel oyida Abu Said Usmon I yana bir bor Toudjinlarga qarshi yurish boshladi. U ularning boshligʻini oʻldirdi va yerlarini vayron qildi. 1293–1294-yillarda Abu Said Usmon I Magʻravalik Tsabit ibn Mandildan 40 kunlik qamaldan soʻng Brechk shahrini tortib oldi, shahar SherShelldan 19 chaqirim gʻarbda va Tenesdan 8 chaqirim sharqda joylashgan edi. Tasbit dengiz orqali al-Magʻrib (al-Aqso)ga qochib ketdi. 1295–1296-yillarda Mariniy sultoni ikkinchi marta Tilimsanga qarshi yurish qildi. U Nedroma devorlari ostida lager tikladi, soʻngra Oran yaqinidagi Jidara togʻiga yoʻl oldi va keyin oʻz saltanatiga qaytdiAbou Zakarya Yah’ya Ibn Khaldoun Trad. Alfred Bel, Histoire des beni 'Abd El-Wad rois de Tlemcen jusqu’au règne d’Abou Hammou Moussa II, Alger, Imprimerie orientale Pierre Fonatana, 1904 pp. 160–164.
Manbalar
Turkum:Zayyoniylar sulolasi