Donnie Darko 2001-yilda omma eʼtiboriga havola etilgan psixologik triller/ilmiy-taxayyuliy filmdir. Ssenariy muallifi va rejissor — Richard Kelly. Filmda vaqt sayohati, taqdir, ekzistensializm, sevgi, qoʻrquv mavzulari koʻtarilgan.
Syujeti Film Donnie Darko ismli oʻspirin haqida hikoya qiladi. Shizofreniyaga duchor va ruhshunos nazoratida boʻlmish Donniening xayoliy doʻsti Frank unga 28 kundan soʻng qiyomat boʻlishini aytadi. Frankning aytganlarini bajarishi oqibatida Donnie qiyomat (aslida vaqt tuynugi ochilishi)ga olib boruvchi voqealar zanjirini boshlab yuboradi.
Rollarda Jake Gyllenhaal — Donald J. «Donnie» Darko Jena Malone — Gretchen Ross James Duval — Frank Maggie Gyllenhaal — Elizabeth Darko Mary McDonnell — Rose Darko Holmes Osborne — Eddie Darko Katharine Ross — Dr. Lilian Thurman Drew Barrymore — Karen Pomeroy Noah Wyle — Dr. Kenneth Monnitoff Patrick Swayze — Jim Cunningham Daveigh Chase — Samantha «Sam» Darko Beth Grant — Kitty Farmer Stuart Stone — Ronald Fisher Alex Greenwald — Seth Devlin Seth Rogen — Ricky Danforth Patience Cleveland — Roberta Sparrow Jolene Purdy — Cherita Chen Ashley Tisdale — Kim Jerry Trainor — Lanky Kid Cliffy Tucker — Reggie Johnson
Film baholanishi Donnie Darko 2001-yili Kataloniya kinofestivalida "Eng yaxshi ssenariy" mukofotini olgan. Bosh rolni oʻynagan Jake Gyllenhaal esa Independent Spirit Awards tomonidan "Eng yaxshi erkak aktyor" nomiga loyiq koʻrilgan (2002-yil). 2005-yili Avstraliyaning ABC telekanali oʻtkazgan "Eng yoqtirgan filmim" tanlovida Donnie Darko beshinchi oʻrinni egalladi.My Favourite Film
Manbalar
Havolalar Rasmiy sayti
Turkum:2001-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh triller filmlari Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar