Asqad Muxtor (taxallusi; familiyasi Muxtorov, 1920-yil 23-dekabr, Fargʻona – 1997-yil 17-aprel, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi. „Doʻstlik“ ordeni sohibi (1995).

Asqad Muxtor „Opa-singillar (roman)“, „Tugʻilish“, „Davr mening taqdirimda“, „Chinor“ va „Amu“ romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir.

Dastlabki dostoni – „Bizning avlodlar“ Buxoro mehnatkashlarining oʻtmish hayoti haqida hikoya qiladi. Adib ijodida oʻzbek xalqining maʼnaviy kamolotini koʻrsatish masalasi muhim oʻrin egallagan. Bu niyatini u oʻzbek ishchi sinfi hayotini tasvirlash orqali amalga oshirishga intiladi. Keyinchalik „Chinor“(roman), „Opa-singillar“ va „Boʻronlarda bordek halovat“ asarlarida ham bu oʻz aksini koʻrsatadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Tarjimai holi Asqad Muxtor 1920-yil 23-dekabrda Fargʻona shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Asqad Muxtor 11 yoshida ota-onasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalanadi. Maktabni tugatgach Oʻrta Osiyo universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirdi. Universitetni 1942-yilda tugatgan. 1957—1969-yillarda Oʻzbekiston SSR Yozuvchilar uyushmasi kotibi boʻlib faoliyat yuritgan. Asqad Muxtor „Sharq yulduzi“, „Guliston“ jurnallarida ishlagan. Andijon pedagogika instituti oʻzbek adabiyoti kafedrasini mudiri boʻlib xizmat qilgan. Andijon pedagogika institutida kafedra mudiri (1942—1945). „Yosh Leninchi“, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetalarida mas’ul kotib, boʻlim mudiri (1945—1948). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi (1957—1969, 1985—1988), uyushma boshqaruvi raisining oʻrinbosari (1965), „Sharq yulduzi“ (1960—1965), „Guliston“ (1969—1980) jurnallari, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri (1981—1982) boʻlib faoliyat olib borgan. Asqad Muxtor 1997-yilning 17-aprelida Toshkentda vafot etgan

Ijodi

Asqad Muxtorning „Poʻlat quyuvchi“ poemasi va „Daryolar tutashgan joyda“, „Opa-singillar“, „Tugʻilish“ asarlari oʻrtasida mushtaraklik bor. „Chinor“ romanida esa mehnat kishisining yuksak insoniy fazilatlari tasvirlangan. „Chinor“ romani mazmun va shakliga koʻra oʻziga xos asar boʻlib, unda oʻzbek xalqi bosib oʻtgan tarixiy yoʻl, kishilar ruhiyati ifoda etiladi.

Mehnat kishisi obrazi, uning yaratuvchilik faoliyati „Boʻronlarda bordek halovat“ (1976) qissasida yangi qirralari bilan aks etdi. „Amu“ (1986) romani Afgʻonistondagi voqealar haqida hikoya qiladi. Adib qahramonlari fikrlovchi, mushohada yurituvchi, bahslashuvchi kishilardir. Bu hol uning lirikasi uchun ham xosdir.

Soʻngra u „Yosh leninchi“, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetalari, „Sharq yulduzi“, „Guliston“ jurnallarida ishladi. Oʻzbekistondagi birinchi haftalik gazeta – „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ning tashkilotchilaridan biri boʻldi. Yozuvchilar uyushmasida kotiblik qildi

Sheʼriyat

„99 miniatyura“, „Sheʼrlar“ va „Sirli nido“ va boshqa kitoblariga kirgan nazmlari bilan oʻzbek poeziyasining boy imkoniyatlarini namoyish qildi. Uning poetik ijodi hayotiy mazmunga toʻla, koʻproq voqeaband hajviyotga moyil. Ularda inson hayotining oʻtkinchiligi va haqiqati haqidagi oʻylar, inson va tabiat munosabatlariga oid murakkab savdolar aks etgan.

Sheʼriy toʻplamlari

„Poʻlat quyuvchi“ (1947) „Hamshaharlarim“ (1949) „Rahmat, mehribonlarim“ (1954) „Chin yurakdan“ (1956) „99 miniatyura“ (1962) „Karvon qoʻngʻirogʻi“ (1964) „Sheʼrlar“ (1966) „Quyosh belanchagi“ (1971) "Umid-abadiy"

„Sizga aytar soʻzim“ (1978) „Sirli nido“ (1984) singari sheʼriy kitoblar yozdi. Oʻzbek sheʼriyatiga chuqur tafakkur va murakkab tuygʻular tasvirini olib kirdi

Qissalar

„Daryolar tutashgan joyda“ (1950), „Qoraqalpoq qissasi“ (1958), „Buxoroning jin koʻchalari“ (1980), „Jar yoqasidagi chaqmoq“ (1982), „Kumush tola“ (1987);

Romanlar

„Opa-singillar“ (1955), „Tugʻilish“ (1960), „Davr mening taqdirimda“ (1964), „Chinor“ (1969), „Amu“ (1984);

Pyesalar „Mardlik choʻqqisi“ (1948), „Yaxshilikka yaxshilik“ (1949), „Zar qadri“ (1978), „Samandar“ (1978);

Hikoyalar toʻplami

„Hayotga chaqiriq“ (1956), „Dunyo bolalari“ (1962);

Boshqa asarlari

„Analhaq“, „Chodirxayol“, „Insonga qulluq qiladurmen“ (1994, toʻplam), „Toʻqqizinchi palata“ (hikoya), „Uyqu qochganda“ (1997, soʻnggi kitobi. U adibning insoniyatga qoldirilgan vasiyatdek yangraydi), „Adolat“ (Ertak qahramonlari: Tul kampir, uning arzanda qizi, choʻri qiz Adolat, oʻn ikki birodar (oylar)), „Hafta“, „Poʻlatjon yuz tup koʻchat ekmoqchi“ kabi sheʼrlarini yozdi. Bu asarlarida inson maʼnaviyatining qadri, odamning bosh fazilati har qanday holatda ham insoniylik ekanligini samimiy tasvirladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2005-yil....

Tarjimalar

Asqad Muxtor jahonning Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy singari buyuk adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi va oʻzbek kitobxonlarining mehriga sazavor boʻldi

Adabiyotlar Togʻaev O. Asqad Muxtor. Toshkent. „Toshkent“, 1966. Sayimov B. Asqad Muxtor prozasi. Toshkent. „Fan“, 1969. Sharafiddinov O. Ijodning katta yoʻlida. „Isteʼdod jilolari“ kitobida. Toshkent. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1976. Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. Toshkent: „Oʻqituvchi“, 1999OʻzLib kutubxonasi..

Manbalar

Turkum:1920-yilda tugʻilganlar Turkum:1997-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha tarjimonlar Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:Sovet tarjimonlari Turkum:Sovet shoirlari Turkum:Oʻzbekistonlik shoirlar Turkum:Oʻzbekistonlik tarjimonlar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari Turkum:„Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali sohiblari Turkum:Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari Turkum:Oʻzbek shoirlari Turkum:Oʻzbek tilidagi yozuvchilar Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq yozuvchilari Turkum:Aleksandr Pushkin tarjimonlari Turkum:Rus tilidan tarjimonlar