Zubayda Sulton (; 1728-yil 28-mart – 1756-yil 4-iyun) – Usmoniylar malikasi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Ahmad III () va uning xotini Muslı Kadınning qizi, sulton Mustafo III () va Abdulhamid I ning () oʻgay singlisi.

Hayoti Zubayda Sulton 1728-yil 28 yoki 29-mart kuni tugʻilgan. Otasi sulton Ahmad III, onasi esa Muslı Kadın boʻlganCalled also Muslıhe, Muslu or Musalli. Uning Oysha Sulton ismli tugʻishgan opasi bor edi.

Otasi 1730-yilda taxtdan agʻdarilgach, Zubayda Eski saroyda voyaga yetdi. Eski saroyda u farovon hayot kechirdi, chunki unga Edirne yaqinida joylashgan Dilsiz Mehmed ogʻa xoʻjaligi va uning daromadlari biriktirilgan edi.

Sulton Mahmud I taxminan 1747-yil avgustida Eyüp hududida uning uchun yalı, yaʼni suv boʻyida kichik saroy qurdirgan.

1748-yil 6-yanvarda sulton Mahmud hukmronligi davrida Zubayda Sulton Sulaymon poshoga turmushga chiqqan. Sulaymon posho Onadoʻli beylarbeyi va vazir lavozimida xizmat qilgan, biroq koʻp oʻtmay, yaʼni nikohdan taxminan 6 oy oʻtib vafot etgan. Shu bois, Zubayda Sulton oʻsha yili ikkinchi bor 1749-yil 6-yanvarda Numon poshoga turmushga chiqqan. Numon posho kapıcılar kethüdası yaʼni saroy qoʻriqchilari boshligʻi, Saloniki va Kavala sanjakbeyi, shuningdek, vazir lavozimida xizmat qilgan. Uning eri keyinchalik boshqa turli viloyat lavozimlarida ham faoliyat olib borgan, Zubayda Sulton esa Edirnedagi uyida yashashda davom etgan.

Uning farzandlari boʻlgan yoki boʻlmagani maʼlum emas.

Turk tarixchisi Mustafo Chigʻatoy Uluçay Zubayda Sultonni „xayriyachi, kambagʻallarning homiysi, kecha-yu kunduz oʻqiydigan“ inson deb taʼriflagan.

Vafoti Zubayda Sulton 1756-yil 4-iyunda 28 yoshida tabiiy sabablarga koʻra vafot etgan. Oʻlimidan keyin Istanbuldagi Yangi masjidda joylashgan Sulton xonimlar maqbarasiga dafn etilgan.

Nasabi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1728-yilda tugʻilganlar Turkum:1756-yilda vafot etganlar Turkum:18-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:Ahmad III ning qizlari