Olivia Benson – amerikalik qoʻshiqchi Taylor Swiftning Scottish Fold zotli mushugi. U 2014-yilning iyun oyida asrab olingan va Law & Order serialidagi qahramon sharafiga Olivia deb laqab qoʻyilgan. Shundan soʻng Olivia Swiftning „Blank Space“ (2014), „Me!“ (2019) va „Karma“ (2023) kliplarida, shuningdek Miss Americana (2020) hujjatli filmida suratga tushgan.

Olivia Keds, Diet Coke, AT&T va DirecTV brendlarining reklama roliklarida ishtirok etgan hamda Taylor Swiftning shaxsiy media-studiyasi — Taylor Swift Productions logotipi hisoblanadi. Swiftning Instagram sahifalarida tez-tez koʻrinib turishi Olivianing omma orasida Scottish Fold zotiga qiziqishni oshirishga hissa qoʻshdi. Comparethemarket.com 2018-yilda Olivianing boyligini 97 million AQSH dollari deb baholab, uni dunyodagi eng boy mushuklar roʻyxatida marhum Grumpy Catdan keyin ikkinchi oʻringa qoʻydi. Deadpool 2 (2018) va Argylle (2024) kabi filmlarda ham Oliviaga ishoralar uchraydi. Bolaligi Taylor Swift 2014-yil iyun oyida Olivia Bensonni hali mitti mushukcha paytida sotib olgan. U barcha Scottish Fold zotli mushuklarga xos boʻlgan osteoxondrodisplaziya – boʻgʻimlarning degenerativ kasalligi bilan tugʻilgan. Oliviaga, xuddi Swiftning boshqa ikki mushugi singari, badiiy obraz sharafiga laqab berilgan. Uning ismi Law & Order: Special Victims Unit kriminal serialining bosh qahramoni — Mariska Hargitay ijro etgan Olivia Bensondan olingan . Swiftning eng katta mushugi Meredith Grey ham Scottish Fold boʻlib, Grey’s Anatomy seriali qahramoni nomi bilan atalgan. Eng kichik mushugi esa Benjamin Button – Ragdoll zotli boʻlib, The Curious Case of Benjamin Button asari bosh qahramoni nomini olgan. 2014-yil sentyabrida Swift Rolling Stone jurnaliga bergan intervyusida Meredith va Olivia laqablariga „kuchli, murakkab va mustaqil ayollar“ obrazlari ilhom boʻlganini aytgan. 2014-yil sentabr oyida Swift Oliviani New York koʻchalarida qoʻlida koʻtarib yurgani aks etgan suratlari tarqalgan. Qoʻshiqchi buni Olivianing mushuk tashish sumkasida yurishga koʻnika olmagani bilan izohlagan. Karyerasi 2014-yil oktyabr oyida Keds kompaniyasi „Sneaky Cat“ nomli poyabzallari uchun Olivia ishtirokida reklama kampaniyasini taqdim etdi. Unda poyabzalning orqa qismiga Swiftning tugʻilgan sanasi tushirilgan boʻlib, kampaniya 1989 albomini targʻib qilishga qaratilgan edi. Oʻsha oyning oʻzida Olivia Diet Coke reklamasida ham paydo boʻldi. Unda Taylor Swift har safar Diet Coke ichganida, yonida yanada koʻproq mushukchalar paydo boʻlib borardi.

2014-yil noyabr oyida Olivia ilk bor Taylor Swiftning „Blank Space“ musiqiy klipida chiqdi. 2015-yilda Olivia Law & Order serialida Olivia Benson obrazini ijro etgan amerikalik aktrisa Mariska Hargitay bilan uchrashdi. 2017-yilda Ed Sheeran Taylor Swiftning mushuklariga mos kelishi uchun oʻziga Calippo laqabli Scottish Fold sotib oldi. Swift va Sheeran mushuklarining suratlarini Instagramda tez-tez joylashtirgani bu zotga boʻlgan qiziqishni oshirib yubordi. Buning ortidan Britaniya Veterinariya Assotsiatsiyasi bu zotni koʻpaytirishni taqiqlashga chaqirdi, Veterinary Record jurnali esa Scottish Fold zotining reklamalarda ishlatilishini qayta koʻrib chiqishni taklif qildi. Oʻsha yil davomida Olivia AT&T reklamasining sahna orti lavhasida, keyingi yili esa DirecTV reklamasi roligida paydo boʻldi. Unda Taylor Swift Olivianing ulkan „caticorn“ (mushuk + yakka shoxli ot) koʻrinishidagi obrazini minib tasvirlangan edi.

2018-yilda Comparethemarket.com Eng boy uy hayvonlari roʻyxatini eʼlon qildi va unda Olivianing boyligi 97 000 000 AQSH dollari deya baholandi. Bu uni dunyodagi eng boy mushuklar orasida ikkinchi oʻringa olib chiqdi. Birinchi oʻrinni esa Grumpy Cat egallagan edi. 2019-yil aprel oyida Olivia Taylor Swiftning „Me!“ musiqiy klipida Meredithm va keyinchalik Swift tomonidan asrab olingan Benjamin bilan birga suratga tushdi. Mushuklar, shuningdek, Swiftning 2020-yilda chiqqan avtobiografik hujjatli filmi Miss Americanada ham koʻrinish bergan. 2023-yil may oyida esa uxlab yotgan Olivia Swiftning „Karma“ musiqiy klipida ham namoyon boʻldi. Manbalar

Turkum:Taylor Swift Turkum:2014-yilda tugʻilgan hayvonlar