Oscar Bobb () – norvegiyalik futbolchi, Angliyaning Manchester Siti klubi va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi.
Klublardagi faoliyati Norvegiyaning „Lyn“ va „Vålerenga“ klublarining yoshlar akademiyalarida oʻynagan. 2019-yilning iyul oyida Manchester Siti futbol akademiyasining futbolchisiga aylandi. 2023-yil 2-sentyabrda Manchester Sitining asosiy tarkibida „Fulxem“ga qarshi Premyer-liga uchrashuvida debyut qildi. 19-sentyabr kuni UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini „Crvena Zvezda“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 2023-yilning 13-dekabr kuni UEFA Chempionlar Ligasi doirasida „Crvena Zvezda“ klubiga qarshi oʻyinda gol kiritdi. Angliya Premyer-ligasidagi ilk golini 2024-yilning 13-yanvarida Nyukasl Yunayted klubiga qarshi safar oʻyinida kiritdi: 91-daqiqada Kevin De Bruynening uzatmasidan gol urib, „shaharliklar“ning 3:2 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi.
Terma jamoalardagi faoliyati Norvegiya U16, U17, U18, U19 va U21 terma jamoalarida o'ynagan.
2023-yilning oktyabr oyida Bobb birinchi marta bosh murabbiy Ståle Solbakken tomonidan Norvegiya terma jamoasiga chaqirildi. 12 -oktyabrda Yevro-2024 saralash bosqichi doirasida Kiprga qarshi o'yinda debyut qildi va 63-daqiqada Ole Solbakken o'rniga maydonga tushdi. 2023-yilning 16-noyabrida Norvegiya terma jamoasi safida Farer orollariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida birinchi golini urdi.
Manbalar
Turkum:Norvegiyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari