Kara Mehmet Kethüda masjidi (), shuningdek, Kara Kethüda masjidi () nomi bilan ham tanilgan, Turkiyaning Istanbul shahri, Sariyer tumani, Büyükdere mahallasida XVIII asrda barpo etilgan masjid.

Tarixi Turkiyaning Istanbul shahridagi Sariyer tumanining Büyükderemahallasida joylashgan ushbu masjid Usmoniylar saroy boshqaruvchisi Mehmet ogʻa (laqabi: Qora Mehmet, ), tomonidan sulton Mustafo III () davrida qurilgan. 1929-yilda zamonaviy turk alifbosi joriy etilgach, masjid bir muddat davlat maktabi sifatida foydalanilgan. Bugungi kunda masjid Kara Kethüda Mehmet ogʻa jamgʻarmasi tasarrufida hisoblanadi.

Meʼmorchiligi Ikki qavatli masjid binosi gʻishtdan qurilgan boʻlib, tomi yogʻochdan, mehrobi esa betondan qurilgan. Masjidning eng diqqatga sazovor joyi uning tanasida zigzag naqshlar bilan bezatilgan minorasidir. Binoda koʻp marta restavratsiya ishlari amalga oshirilgani tufayli turli xil oʻzgarishlarga duch kelgan. Masjid hovlisida devor bilan oʻralgan qabriston va hojatxona binosi joylashgan.

Manbalar

Turkum:18-asrda Turkiyada qurilgan masjidlar Turkum:Istanbuldagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi sunniylik masjidlari