Noémie Lenoir (1979-yil 19-sentyabrda tugʻilgan„Noémie Lenoir“, 18 March 2009, NRJ .) – fransuz modeli va aktrisasi. U Gucci, L’Oréal, Next, Gap, Tommy Hilfiger, Victoria’s Secret, Balmain Paris Hair Couture va Marks and Spencer brendlari bilan hamkorlik qilgan.
Hayoti Lenoir 1979-yil 19-sentyabrda Fransiyaning Les Ulis shahrida tugʻilgan. Uning onasi farrosh boʻlib ishlagan. U Hind okeanidagi Fransiyaning Reyunion orolidan kelgan. U afrikalik boʻlib, hind millatiga mansub boʻlgan. Otasi esa fransuz elektrchisi boʻlgan. Lenoir 17 yoshida Nyu-Yorkdagi Ford Models agentligida modellik qila boshlagan.
Karyerasi Parij yaqinidagi tumanlardan birida oʻsib ulgʻaygan Lenoir 1997-yilda 17 yoshida Ford Models agentligi bilan hamkorlikda modellik karyerasini boshlagan„Noémie Lenoir: 'Last May I did something really stupid'“, 19 February 2011, The Guardian. U 1997-yilda L’Oréal bilan shartnoma imzolagan hamda oʻshandan beri Laetitia Casta va Andie MacDowell bilan birga ularning reklamalarida ishtirko etib keladi. U, shuningdek, Victoria’s Secret, Gap, Next va boshqa koʻplab kompaniyalar bilan ishlagan.
Lenoir 2009-yilgi Rojdestvogacha toʻrt yil davomida Buyuk Britaniyaning Marks & Spencer brendining yuzi boʻlgan hamda Erin O‘Konnor, Twiggy va Laura Bailey kabi boshqa modellar bilan birga turli Britaniya televideniyesi reklamalari, jurnallari va billbordlarida ishtirok etib kelgan. Lenoir 2012-yilda Marks & Spencer reklamalariga qaytgan.
2007-yilda Lenoir aktyorlar Jackie Chan va Chris Tucker bilan birga „Rush Hour 3“ filmida rol ijro etgan. 2009-yilda esa Lenoir Usherning „Hey Daddy (Daddy’s Home)“ singli uchun ishlangan klipda suratga tushgan.
Shaxsiy hayoti Repper Stomi Bugsi bilan kechgan munosabatlaridan soʻng, u futbolchi Klod Makele bilan birga yashagan. Ularning bitta oʻgʻli bor. 2009-yilning boshida ular boshida ajralishgan. Lenoir 2015-yil avgust oyida ikkinchi, qiz farzandini dunyoga keltirgan.
Oʻz joniga qasd qilishga urinishi 2010-yil 9-mayda Lenoir oʻzining Parijdagi uyi yaqinidagi bogʻda hushsiz holda topilgan. U shifoxonaga olib kelingan, u yerda Lenoir katta miqdorda giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar isteʼmol qilgani aniqlangan. U 2011-yil fevral oyida Britaniyaning Guardian Weekend jurnaliga bergan intervyusida oʻz joniga qasd qilishga urinish haqida gapirib, haqiqatan ham ahmoqona ish qilganini tan olgan. Baʼzilar bu voqeani oʻsha paytda moda olamida davom etayotgan Ambrose Olsen, Daul Kim, Tom Nicon, Hayley Kohle va Ruslana Korshunovalarning oʻz joniga qasd qilishlari bilan birga, „oʻz joniga qasd qilish fojialari“ seriyasidagi navbatdagi holat sifatida taʼkidlagan„Why are so many models attempting suicide? Lives of top catwalkers fraught with pressure: experts“, NY Daily News, 18 May 2010..
Galereya
Televizion loyihalari Britainʼs Next Top Model, Cycle 6 – (1-qism, 2010-yil 19-iyul) Danse avec les stars – ishtirokchi (2013)
Lenoir ikki yil davomida Trace TV telekanalining shoularidan birida boshlovchilik qilgan. U 2009-yilda Irlandiya va Buyuk Britaniyada efirga uzatilgan Marks and Spencer Christmas TV televideniyesining uchta reklamasida ishtirko etgan
Filmografiyasi Yil Film Rol Rejissyor Izoh 2002-yil Asteriks va Obeliks: Kleopatra missiyasi Guimieukis Alain Chabat 2003-yil Gomez & Tavarès Gina Gilles Paquet-Brenner2004-yil After the Sunset Mooréning qizi Brett Ratner Jeff et Léo, flics et jumeaux Anna Étienne Dhaene Teleserial (1 ta qismda) 2006-yil The Valet Karine Francis Veber2007-yil Rush Hour 3 Geneviève Brett Ratner Gomez vs. Tavarès Gina Gilles Paquet-Brenner & Cyril Sebas 2014-yil Scènes de ménages Isabelle Francis Duquet Teleserial (1 ta qismda) 2015-yil The Transporter Refueled Maissa Camille Delamarre 2018-yil Alad’2 Styuardessa Lionel Steketee 2020-yil Qu’est-ce qu’on va faire de toi, Maman ? Anne Roumanoff Capitaine Marleau Josée Dayan Teleserial (1 ta qismda)
Manbalar
Havolalar
Noémie Lenoir: news, photos and videos on http://www. NoemieLenoir.eu