2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari, XXXIII Olimpiada oʻyinlari rasmiy nomi bilan tanilgan. Musobaqa 2024-yil 26-iyuldan 11-avgustgacha Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan koʻp toifali xalqaro tadbirdir.
Medallar Toni Estanguet 2024-yil fevral oyida Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari medallarini taqdim etdi. Medalning old tomonida Eyfel minorasining asl qurilishidan olingan temir parchalari oʻrnatilgan edi. Taxminan 5084 ta medalning dizayni Parijda joylashgan Chaumet zargarlik firmasi tomonidan yaratilgan, soʻng Fransiyaning Monnaie de Paris zarbxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Medallarning orqa tomonida 1896-yilgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilgan Panathenaik stadionidagi yunon gʻalaba maʼbudasi Nike tasvirlangan. Medalning har ikki tomonida orqa fonda Parfenon va Eyfel minorasini ham koʻrish mumkin. Har bir medalning vazni , diametri va ga teng qalinlikda edi. Oltin medallar 98,8 foiz kumush va 1,13 foiz oltindan iborat boʻlgan. Bronza medallar esa mis, rux va qalaydan tayyorlangan.
Medallar jadvali Medallar jadvali Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asoslanadi va chop etilgan medallar jadvalidagi XOQ konvensiyasiga mos keladi. Odatda, jadval Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) tomonidan taqdim etilgan mamlakat sportchilari tomonidan qoʻlga kiritilgan oltin medallar soni boʻyicha tartiblanadi. Soʻng kumush medallar va bronza medallari soni hisoblanadi.
Yana qarang
Barcha davrlardagi Olimpiada oʻyinlari medallari jadvali
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yozgi Olimpiada oʻyinlari medallar jadvali Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari