Abdulquddus al-Ansoriy (;  — 1983-yil 5-aprel) — Saudiya Arabistoni tarixchisi, jurnalist va yozuvchi. Usmoniylar va Hoshimiylar hukmronligi ostida Madinadagi Xazrajiylar oilasida tugʻilib-oʻsgan. 1928-yilda mahalliy madrasani tamomlagandan soʻng hukumat lavozimlaridan biriga ishga qabul qilingan, 1928-1954-yillarda bir qancha rasmiy lavozimlarda ishlagan. Oʻz ustida ish olib borgan tarixchi va arxeolog Abdulquddus al-Ansoriy Madina tarixiga oid bir qancha asarlar muallifi boʻlgan hamda, asosan, oʻz mintaqasi, Hijozga oid turli mavzularida qalam tebratgan. 1937-yilda Ansoriy „Al-Manhal“ oylik jurnaliga asos solgan. Uning „Egizaklar“ (1930) kabi romanlari ham mavjud, biroq uning professional faoliyati yozuvchining adabiy faoliyatiga toʻsqinlik qilgan. Ansoriy 76 yoshida bedavo kasallik tufayli Makkada vafot etgan va al-Mualla qabristoniga dafn qilingan.

Biografiyasi

Yoshlik yillari va taʼlimi Toʻliq ismi Abdulquddus ibn al-Qosim ibn Muhammad ibn Muhammad al-Ansoriy al-Baramiy boʻlib, ota-ona tomondan ota-bobolari Banu Xazraj qabilasiga mansub boʻlishgan va al-Ansor nomi bilan ham tanilishgan. Ansoriy taxminan 1907-yil 12-fevralda (hijiry 1324-yil Zulhijja oyi) Madinada tugʻilgan va oʻsha yerda katta boʻlgan. Otasi Al-Masjid an-Nabaviyda muallimlik qilgan, onasi Amina binti Muhammad ibn Zayn al-Ansoriy Tombuktudan boʻlgan. Abdulquddus al-Ansoriy taxminan toʻrt yoshlarida onasidan, olti yoshlarida esa otasidan ayrilgan. Shundan keyin amakisi Muhammad at-Toyib ibn Isoq al-Ansoriy uning qonuniy vasiyiga aylangan.

Al-Ansoriy Al-Masjid an-Nabaviyda bir guruh ulamolar qoʻlida tahsil olgan, ularga masjid hovlilarida, maktabxonaga oʻxshash joyda dars berilgan. Uning eng koʻzga koʻringan ustozlari orasida amakisi ham bor edi. Ansoriy yetti yoshida qiroatda ilk saboqlarni olgan, oradan ikki yil oʻtib Qur’onni yod olgan. U masjidda turli diniy fanlarni, shuningdek, arab xattotligini ham oʻrgangan. Oʻn olti yoshga toʻlgach, 1922-yilda Madinadagi Ahmad al-Fayd Abadiy tomonidan asos solingan Shariat ilmlari maktabiga („Al-Madrasat ul-ulum ash-Shar’iya“) borgan. Amakisi Muhammad at-Toyib aynan oʻsha maktabda nazoratchi va direktor boʻlib faoliyat yuritgan. 1927-yilda Shariat maktabi bitiruv guvohnomasini olgan. Madina amirligining Najd va Hijoz Qirolligi devoni rahbari Ismoil Hifziy tomonidan talabalar uchun oʻtkazilgan ommaviy imtihonida ishtirok etgan. U yerda Ismoil Xifziyning eʼtiborini tortgan va uni Devon maʼmuriyatiga taklif qilishgan. Amakisi bilan maslahatlashganidan soʻng al-Ansoriy ushbu taklifga rozi boʻlgan va 1928-yil 21-fevralda oʻqishni tugatganidan soʻng Madina amirligi devonida eng yosh xodim sifatida oʻz faoliyatini boshlagan.

Karyerasi

Hukumatdagi lavozimlari Al-Ansoriy uzoq yillar davlat xizmatchisi va amaldor sifatida xizmat qilgan. Madina amirligi devonida 1940-yilgacha faoliyat olib borganidan soʻng, amirlik boshqaruv kengashi raisining oʻrinbosari etib tayinlangan. Bundan tashqari, Qarzlarni toʻlash qoʻmitasi, Tibbiy yordam qoʻmitasi, Xayriya qoʻmitasi kotibi va Madinadagi devon boshligʻining yordamchisi lavozimlarida ham ishlagan. Shuningdek, oʻzi tugatgan maktabda arab adabiyotidan dars bergan.

1940-yilda podshoh Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saud oʻsha vaqtdagi Saudiya Arabistoni davlat arbobi Faysal ibn Abdulaziz as-Saudga al-Ansoriyni „Umm al-Qura“ hukumat gazetasini tahrir qilish uchun Makkaga kelishini taʼminlashni buyurgan. Al-Ansoriy Makkada 1942-yilgacha ushbu gazetaning bosh muharriri lavozimida ishlab, uni adabiy materiallar bilan boyitgan va rivojiga katta hissa qoʻshgan. Shu bilan birga yosh qalamkashlarni gazeta sahifalarida oʻz ijodiy ishlarini chop etishga undagan. 1942-yildan 1954-yilga qadar vasiylik kengashi kotibi, davlat loyihalari va qoidalari boʻyicha direktor, sudda Qirollik moliya ishlari boʻyicha direktor, Bosh vazir devonida maslahatchi kabi bir qancha lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ansoriy Muhammad ibn Moniy raisligidagi Maorif kengashi aʼzosi etib ham tayinlangan. U koʻplab konferensiyalar va hukumat qoʻmitalarida ishtirok etgan, Ibn Saud davrida Ar-Riyod shahri aloqalari, statistikasi va qarorgohi ishlarini tashkil qilish bir qancha yuqori lavozimlarga tayinlangan. Shundan soʻng, davlat lavozimlaridan voz kechib, oʻzini adabiy faoliyatga bagʻishlagan.

Saudiya Arabistoni adabiyotshunoslarining tarjimai hollarini yozgan Mustafo Ibrohim Husaynning aytishicha, al-Ansoriyning davlat lavozimlaridan olgan maoshi uning adabiy va intellektual faoliyatini davom ettirishiga yordam bergan.

Jurnalistika 1928-yilda al-Ansoriyning „Arablarni qoʻzgʻolonga nima majbur qiladi?“ asari Misrdagi „Al-Sharq al-Adna“ jurnalida chop etilgan. Shundan soʻng u jurnalistlik faoliyatini boshlagan va „Al-Murshid al-Arabiy“, „Al-Sharq al-Adna“, „Al-Muqtataf“, „Ar-Risolah“ va „Savt al-Hijoz“ „Umm al-Qura“ „Al-Manhal“ jurnallarida turli janrlardagi ijod namunalarini chop etgan.

1936-yil oxirida al-Ansoriy Saudiya Arabistonining boshqa jurnallariga salbiy taʼsir oʻtkazgan inqirozlarga qaramay, uzluksiz chop etilib kelayotgan „Al-Manhal“ oylik jurnaliga asos solgan va uni „Al-Hilol“dan keyingi oʻrinda turuvchi eng qadimgi arab jurnaliga aylantirgan. Al-Ansoriy „Al-Manhal“ jurnalining birinchi sonini 1937-yil 11-fevralda Madina shahrida rasmiy xodim boʻlganida nashr ettirgan. U oʻz qarorgohini al-Anbar koʻchasida, Al-Masjid an-Nabaviyga yaqin joyda tashkil etgan. „Al-Manhal“ yosh saudiyalik yozuvchilarga, jumladan, taniqli boʻ Husayn Arab, Muhammad Said al-Amudiy, Ahmad Rida Huhu, Ibrohim Amin Fuda, Solih Shata, Hamza Shehata, Abdulvahhob Ashiy va boshqa koʻplab yozuvchilarga nisbatan ochiq munosabatda boʻlgan. „Al-Manhal“ hech qanday mashhur reklamalar berilmaydigan, faqatgina madaniy va adabiy ishlar bilan shugʻullanishga ixtisoslashgan jurnalga aylangan. Ushbu jurnal faoliyati 1963-yilda Saudiya matbuoti uchun yangi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra toʻxtatilgan, unga koʻra matbuot mulki shaxslardan institutlarga oʻtkazilgan.

Al-Ansoriy, shuningdek, Saudiya Arabistonidagi adabiy mukofotlar asoschilaridan biri sanaladi, u adib adabiyotshunoslarni turli yoʻnalishdagi adabiy mukofotlar bilan taqdirlash taklifini bergan. Ansoriy xalifa Umarning soʻzlariga asoslangan holda, mukofotlar ikki maqsad yoʻlida xizmat qilishini aytgan: faxriy (takrimiya) va bir dalda beruvchi (tashji’iya). „Al-Manhal“ jurnali Saudiya Arabistonida mamlakat tashqarisida ham tarqatiladigan birinchi adabiy jurnal hisoblangan. U boshqa arablarning ham eʼtiborini tortgan va hozirgi zamonda ham Hijoz adabiyotini oʻrganishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi. „Al-Manhal“ har bir hijriy oyning birinchi kunlarida (Ikkinchi jahon urushi yillari bundan mustasno) matbaa qogʻozining qimmatligi tufayli toʻxtovsiz chiqarilar edi. Urushdan keyin jurnal qayta nashr etila boshlagan va to al-Ansoriy vafotiga qadar bu ish davom etgan. Jurnal Ansoriyning qarashlarini ifoda etuvchi maydonga aylangan, yaʼni unda Saudiya universitetlarini tashkil etish, Saudiya shaharlaridagi yodgorlik va koʻchalarga rasmiy nomlar berish, ilmiy tadqiqot qoʻmitasini tashkil etish kabi muhim ishlar borasida soʻz va takliflar berib borilgan. Shuningdek, al-Ansoriy radiostansiya tashkil etish taklifini bergan ilk saudiyaliklardan biri boʻlgan.

Adabiy faoliyati Al-Ansoriy va uning hamkasbi, doʻsti Ubayd Madaniy Madinada arab adabiyotini modernizatsiya qilish yoʻlida ilk qadamni qoʻyishgan. Ular 1920-yildan boshlab zamonaviy adabiyot va uning tushunchalarini oʻrgana boshlaydilar. Shariat fanlari maktabida arab tili oʻqituvchisi boʻlib faoliyat yuritganidan soʻng Ansoriy har payshanba kuni tushdan keyin yigʻiladigan maktab oʻquvchilari uchun ekspromt nutq toʻgaragini tashkil qilgan.

1930-yil 26-iyulda Ansoriyning „Egizaklar“ romani Damashqda nashr etiladi. Bu uning badiiy adabiyot sohasidagi birinchi urinishi edi. Keyinchalik „Sawt al-Hijoz“ gazetasida chop etilgan „Merham al-Tanasi“ nomli boshqa bir hikoyasi bilan oʻzining adabiyot sohasidagi ijodini davom ettirgan. Roman muqovasida taʼkidlanganidek, ushbu asar Saudiya adabiyoti tarixida, aniqrogʻi Hijozda yaratilgan birinchi roman sanaladi, chunki asar Najd va Hijoz Qirolligi davrida nashr etilgan.

1934-yilda Ansoriy hamkasblari bilan Madinada „Saudiya Arabistoni bilimli yoshlari uchun adabiy forum“ga asos solib, shu klubda maʼruza va suhbatlar oʻtkaza boshlagan. Saudiya Arabistoni birlashganidan keyin birinchi marotaba „Saudiya“ soʻzi adabiy guruh bilan bogʻlangan.

Oʻlimi Al-Ansoriy sogʻligidagi jiddiy muammolar tufayli Jidda va Ar-Riyoddagi kasalxonalarga tez-tez borib turgan. 1403-yilning Jumodissoni oyi 22-kunida (milodiy 1983-yilning 5-aprelga oʻtar kechasi) 76 yoshida Jiddada vafot etgan va janoza namozining ertasi kuni peshindan keyin Makkada Al-Mualla qabristoniga dafn qilingan.

Ishlari Adabiyot

(roman, 1928-1930-yillar) (nashr etilgan yili:1933-yil) (nashr etilgan yili: 1946-yil) (biografik lugʻat, 1946-yil) (sheʼrlar toʻplami, 1964-yil) (nashr etilgan yili: 1969-yil) , (nashr etilgan yili: 1974-yil) , (nashr etilgan yili: 1974-yil) , (nashr etilgan yili: 1978-yil)

Tarix

(nashr etilgan yili: 1957-yil) (nashr etilgan yili: 1959-yil) (nashr etilgan yili: 1959-yil) (nashr etilgan yili: 1963-yil) (nashr etilgan yili: 1964-yil) (nashr etilgan yili: 1969-yil) (nashr etilgan yili: 1971-yil) (nashr etilgan yili: 1971-yil) (nashr etilgan yili: 1978-yil) (nashr etilgan yili: 1977-yil) (nashr etilgan yili: 1979-yil) (nashr etilgan yili: 1979-yil) (nashr etilgan yili: 1980-yil) (nashr etilgan yili: 1981-yil) (nashr etilgan yili: 1981-yil) (nashr etilgan yili: 1007-yil)

Manbalar

Adabiyotlar

Gökgöz, Turgay. 2018. An outlook on the Saudi Arabian Novel/Suudi Arabistan Romanina bir bakiș. (in Turkish) Esma Torun Çelik, Şenel Gerçek (eds.) Contemporary Debates in Social Sciences. London: IJOPEC. ISBN 9781912503520

Havolalar

Al-Ansoriyning archive.alsharekh.org saytidagi maqolasi (arab tilida) Turkum:Xazrajiylar Turkum:1983-yilda vafot etganlar Turkum:1907-yilda tugʻilganlar