Man Gim Grigoryevich Xvan, ismi Man-Gim shaklida ham yoziladi, norasmiy ismi – Timofey Grigoryevich (1919-yil 25-dekabr, Primorsk oʻlkasi, RSFSR – 1997-yil 12-iyul, Oʻzbekiston) – Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi „Politotdel“ () kolxozi raisi, OʻzSSR partiya arbobi,Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957). Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti 6 ta chaqirigʻi deputati, OʻzSSR Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasi aʼzosi. OʻzSSR Oliy Soveti Prezidiumi aʼzosi (1963—1985).

Tarjimai holi 1919-yil 25-dekabrda Primorsk oʻlkasida dehqon oilasida tugʻilgan. Millati koreys. 1937-yilda oilasi bilan Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi maxsus aholi punktiga deportatsiya qilinadi.

Mehnat faoliyatini Yangiyoʻl paxta zavodida boshlagan. 1939-yildan turli iqtisodiy lavozimlarda ishlagan. 1947-yilda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi „Leninskiy put“ () kolxoziga rais etib saylandi. 1951—1953-yillarda VKP (b) Yuqori Chirchiq tuman qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri boʻlgan. Bir muddat „Toshkent temir yoʻllari“ boshqaruvida ishlagan.

1953-yilda „Politotdel“ kolxozining raisi etib saylanadi. 1985-yilgacha ushbu lavozimda faoliyat olib borgan. „Politotdel“ kolxozini Toshkent viloyatidagi ilgʻor qishloq xoʻjaligi korxonalari safiga olib chiqadi va ushbu xizmatlari uchun 1957-yilda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi.

1960-yilda KPSS MQ qoshidagi Oliy partiya maktabini tamomlagan. 1980-yillar boshida Sotsialistik Mehnat Qahramoni Kan O Nam bilan birgalikda Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi va mamlakat yetakchisi Kim Il-sung bilan uchrashadiГерман Ким, Герой Социалистического Труда — Кан О Нам.

KPSS XXII, XXIII, XXIV, XXV, XXVI syezdlarida delegat, SSSR Kolxozlar kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, SSSR futbol federatsiyasi Prezidiumi aʼzosi etib saylangan.

1985-yilda u „paxta ishi“ boʻyicha hibsga olingan va qamoqqa hukm qilingan. Oqlanganidan keyin 1989-yilda ozodlikka chiqdi.

1997-yil 12-iyulda vafot etadi va sobiq „Politotdel“ (hozirgi „Doʻstlik“ fermer xoʻjaligi) kolxozi qabristoniga dafn etilgan.

Asarlari «Трудом, и только трудом» (), 1962-yil; «Щедрая земля» (), 1981-yil.

Olgan mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni – SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1957-yil 11-yanvardagi farmoni bilan; Lenin ordeni (tartib raqami 313979); Oktyabr Inqilobi ordeni; SSSR Davlat mukofoti; OʻzSSRda xizmat koʻrsatgan paxtakor.

Adabiyotlar Ten M. D. Biograficheskiy metod v ustnoy istorii. Vospominaniya o Xvan Man Gime // Sbornik statey „Ustnaya istoriya v Uzbekistane: teoriya i praktika“. Vip. I., Tashkent, 2011. S. 245—256

Manbalar

Havolalar Biografiya Biograficheskie svedeniya Biografiya Dokumentalniy film „Osenniy reportaj“, 1967

Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi a’zolari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi a’zolari Turkum:Kolxoz raislari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 8-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 10-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 11-chaqiriq deputatlari Turkum:KPSS MQ qoshidagi Oliy partiya maktabi bitiruvchilari Turkum:KPSS XXII syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXIII syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXIV syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXV syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXVI syezdi delegatlari Turkum:Yuqori Chirchiq tumanida dafn etilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar