Sandeep Unnikrishnan (1977-yil 15-mart – 2008-yil 28-noyabr) Hindiston armiyasi ofitseri, Milliy xavfsizlik gvardiyasining 51-maxsus guruhida xizmat qilgan. U 2008-yil noyabrida Mumbaydagi hujumlar paytida halok boʻlgan. Mayor Sandeep Unnikrishnan koʻrsatgan jasorati uchun 2009-yil 26-yanvarda – Ashoka Chakra mukofoti bilan taqdirlangan.
Sandeep Unnikrishnan Bangalorda malayali oilasida dunyoga kelgan. Ular Kerala shtatining Kojikode shahridan koʻchib kelgan. U isteʼfodagi zobit K. Unnikrishnan va Dhanalakshmi Unnikrishnanning yolgʻiz farzandi edi.
Sandeep Bangalorda Frank Antoni jamoat maktabida tahsil olgan, 1995-yilda ISC Science fakultetini tamomlagan U bolaligidanoq qurolli kuchlar qoʻshinida hizmat qilishni orzu qilgan. Turmush oʻrtogʻining ismi Nexa boʻlgan.
Harbiy unvoni
1999-yil 12-iyunda u IMA akademiyasini tugatdi va Hindiston armiyasi Bihar polkining 7-batalyonida leytenant lavozimiga tayinlandi.
Qora Tornado operatsiyasi 2008-yil 26-noyabrga oʻtar kechasi Janubiy Mumbaydagi bir nechta binolarga hujum uyushtirildi. Garovga olinganlar saqlanadigan binolardan biri 100 yillik tarixga ega Toj Mahal mehmonxonasi edi. Mayor Sandeep Unnikrishnan garovga olinganlarni qutqarish uchun mehmonxonaga joylashtirilgan 51-maxsus guruhining qoʻmondoni edi. U 10 nafar askarlari bilan mehmonxonaga kirib, zinapoya orqali oltinchi qavatga yetib keladi va oltinchi va beshinchi qavatlardagi garovga olinganlar evakuatsiya qilinadi. Unnikrishnan va uning jamoasi taxminan 15 soat davomida mehmonxonadan garovga olinganlarni evakuatsiya qilishni davom ettirdi. 27-noyabr kuni yarim tunda Mayor Sandeep Unnikrishnan va uning jamoasi mehmonxonaning markaziy zinapoyasi orqali yuqoriga koʻtarilishga qaror qilishdi, chunki bu ularning garovga olinganlar va terrorchilarga olib boradigan yagona yoʻli edi. U keyingi qavatga qochishga urinayotgan terrorchilarni yolgʻiz oʻzi yengishga qaror qildi. Keyingi toʻqnashuvda u toʻrt nafar terrorchini Toj Mahal mehmonxonasining shimoliy chekkasidagi Ball zalida otib tashlaydi, lekin bu yoʻlda oʻz hayotini qurbon qildiNation bids adieu to ATS chief, NSG commando – India News – IBNLive. thumb| Sandeepning onasi 2009-yil 26-yanvarda Prezident Pratibha Patildan Ashoka Chakra mukofotini qabul qilmoqda. Manbalar
Havolalar Turkum:2008-yilda vafot etganlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar