thumb| Oʻlim raqsi. Mixael Volgemut, 1493-yil. Memento mori (lotincha: oʻlimni esla; shiori: „bir kun oʻlasan, shuning uchun hozir yasha“) — oʻlim muqarrarligini eslatuvchi badiiy yoki ramziy ibora. Ibora dastlab klassik antik davr faylasuflari va nasroniylik qarashlarining shakllanishi davomida kelib chiqqan boʻlib, oʻrta asrlardan boshlab dafn marosimlari, sanʼati hamda meʼmorchiligida oʻzini namoyon eta boshlagan.

Grammatika Memento — memini feʼlining 2-shaxs birlikdagi kelajak zamon buyrugʻi boʻlib, „eslab qol, yodda tut“ degan ogohlantirish maʼnolarini anglatadiNedostatochnimi (verba defectiva) v latinskoy grammatike nazivayut glagoli, kotorie imeyut ne vse glagolnie formi. V dannom sluchae otsutstvuet prezens (nastoyaщee vremya), a est tolko formi perfekta (memini, meministe, meminit i t. d.), kotorie perevodyatsya glagolami prezensa (umirayu, umiraesh, umirat i t. d.).. Mori — morior inkor feʼlining infinitivi boʻlib, „oʻlish, oʻlmoq“ degan maʼnolarni anglatadi.

Shunday qilib, bu ibora soʻzma-soʻz „oʻlishingni yodda tut“ deb tarjima qilinadi, lekin „oʻlimni esla“ yoki „oʻlishingni esla“ deb erkin tarjima qilinishi mumkin.

Tarixi Qadimgi Rimda bu ibora gʻalaba bilan qaytgan Rim generallarining zafarli yurishi paytida talaffuz qilingan. Harbiy boshliqning orqasiga qul qoʻyiladi, u vaqti-vaqti bilan gʻolibga shon-sharafiga qaramay, bir kun kelib oʻlishini eslatib turishi yoki uni „orqasiga qarashga“ undashi kerak edi. Oʻsha paytda haqiqiy ibora shunday boʻlgan boʻlishi mumkin: („Ortga qara! Oʻzingni inson ekaningni unutma!“) (Tertullianning Apologetikasining 33-bobi).

„Memento mori“ Fransiyadagi Avliyo Pavel (1620—1633) ordeni rohiblari, „Oʻlim aka-ukalari“ deb ham ataladigan fransuz paulinlari oʻrtasidagi uchrashganda aytiladigan salomlashish shakli edi.

„Biz har vaqt oʻlib kelganmiz“, – deb yozgan Petrarka oʻz maktublaridan birida: „Shoir yozayotganda, oʻquvchi oʻqiyotganda va boshqalar bu soʻzlarni eshitgan yoki eshitmagan holda oʻladi“.

Sanʼatda „Memento mori“ mavzusi meʼmorchilikda keng tarqalgan. Sedletsedagi (Chexiya) ibodatxonalarning tosh xonalari, Rimdagi Santa Mariya della Concezione cherkovi va boshqa koʻplab binolar ushbu mavzuda bezatilgan. XIV—XVII asrlarda Qora oʻlim epidemiyasidan to Jasurlik davrigacha oʻlim ramzi bilan bogʻliq dekorativ-amaliy sanʼat va zargarlik buyumlari mashhur boʻlgan. Bosh suyagi, skeletlar, tobutlar va boshqa shu kabi atributlar shaklida yasalgan zargarlik buyumlari hamda aksessuarlar inson hayotining zaifligi va oʻlimning muqarrarligini eslatib turardi. Keyinchalik, XVIII—XIX asrlarda ushbu toifadagi mahsulotlardan marhum qarindoshi yoki yaqinlari uchun motam belgisi sifatida taqiladigan motam taqinchoqlari yasash faoliyati paydo boʻldi.

Tarix fanlari doktori Dmitriy Antonov va tarix fanlari nomzodi Mixail Mayzuls „Demoni i greshniki v drevnerusskoy ikonografii: semiotika obraz“ kitobida „Memento mori“ning yangi asr rus ikonografiya yoʻnalishidagi „Ruhiy labirint“ ikonasining semantik tasviriga taʼsiri boʻlganligini taʼkidladilar.

Amerikada AQSh tasviriy sanʼatida puritanlar taʼsiri tufayli „Memento mori“ning juda koʻp ramziy tasvirlari mavjud. XVII asrda Shimoliy Amerikadagi puritanlar jamoasi sanʼatga past nazar bilan qaragan, chunki ular iymonlilarni Xudoga ibodat qilishdan chalgʻitadi va faqat shaytonga olib borishi mumkin deb ishonishgan. Biroq, portretlar tarixiy yozuvlar hisoblangan va shuning uchun ulardagi ramzlarga ruxsat berilgan. XVII asrda yashagan puritan Thomas Smith koʻplab dengiz janglarida qatnashgan va rasm chizish bilan shugʻullangan. Uning avtoportretida Thomasni „Memento mori“ning odatiy ramzi – yaqinlashib kelayotgan oʻlimni anglatuvchi bosh suyagi yonida tasvirlanganini koʻrish mumkin. thumb| Xose Guadalupe Posada, 1910-yil, Katrina (gravyura)

Meksikada oʻlganlar kuni „Memento mori“ ramzi koʻpincha Meksikada oʻlganlar kuni festivalida, jumladan, bosh suyagi shaklidagi konfet va suyak shaklidagi non bilan bogʻliq holda foydalaniladi.

Bu mavzu, shuningdek, meksikalik oʻymakor Xose Guadalupe Posadaning koʻplab asarlarida ham oʻz aksini topgan boʻlib, uning rasmlarida turli qatlamlardagi odamlar skelet koʻrinishida tasvirlangan.

„Memento mori“ning yana bir koʻrinishini Meksikaga tegishli „Calavera“ asarida topish mumkin. Bu she’riy shakldagi adabiy asar odatda hali hayot bo‘lgan insonga bag‘ishlanadi, lekin go‘yo u odam vafot etgandek yoziladi. Bunday asarlar hazil-mutoyiba ohangiga ega bo‘lib, uni ko‘pincha O‘liklar kunida do‘stlar bir-birlariga taqdim etishadi.

Kinoda

Kavkaz asirasi Bu ibora „Kavkaz asirasi“ filmi tufayli qoʻllanila boshlandi; Nikulin-Vitsinning suhbatidan: „Memento mori. Bir zumda — dengizda“.

Boshqa din va madaniyatlarda ham shunga oʻxshash tushunchalar

Vanitas Bugungi kun bilan yashash Passacaglia hayot haqida Shaxmat oʻynayotgan oʻlim Oʻlim bilan shaxmat oʻynayotgan Doktor de C. portreti

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Memento mori // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona: 86 jild. (82 jild. va 4 qoʻsh.). – Sankt-Peterburg, 1890—1907-yil. Turkum:Lotincha iboralar Turkum:Frazeologiya