Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Muzaffar ibn Muhammad ibn Dovud ibn Ahmad ibn Muʼoz ad-Dovudiy al-Bushanjiy (Abul Hasan) — muhaddis. U milodiy 984-yil (hijriy 374-yil)ning rabiulavval oyida tavallud topgan. Ilm talabi bilan milodiy 1009-yil (hijriy 399-yil) Bag‘dodga kelib bir necha yil istiqomat qilgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Abdurrahmon ad-Dovudiy o‘z yurtiga qaytib milodiy 1075-yil (hijriy 467-yil) shavvol oyida Bushanjda vafot etgan.
Manbalar
Turkum:984-yilda tugʻilganlar Turkum:1075-yilda vafot etganlar