Peng Cheng (; 1997-yil 23-aprel) — Xitoy vakili sifatida juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi. Sherigi Jin Yang bilan birga ikki karra Toʻrt qitʼa chempionatining medali sohibi (2020-yilda kumush, 2019-yilda bronza), ikki karra Gran-pri finalining kumush medali sovrindori (2018-19, 2019-20) va 2017-yilgi qishki Osiyo oʻyinlari kumush medali sohibi boʻlgan. Peng / Jin juftligi Xitoyni 2018-yilgi qishki Olimpiada va 2022-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida himoya qilgan.

Faoliyati

Jin Yang bilan

2016 — 2017-yilgi mavsum Peng 2016-yil 14-aprelda Jing Yang bilan juftlik hosil qilgan.

Peng / Jin juftligi 2016 Cup of China va 2016 NHK Trophy musobaqalarida ikkita kumush medal bilan Gran-prida debyut qilgan va Gran-pri finalida oltinchi oʻrinni egallagan. 2017-yilgi Xitoy chempionatida juftlik oʻzlarining birinchi milliy chempionligini qoʻlga kiritdilar.

Juftlik 2017-yilgi Toʻrt qitʼa chempionatida qatnashib, Xalqaro konkida uchish ittifoqi chempionatining birinchi musobaqasi ishtirok etib, beshinchi oʻrinni egallagan. 2017-yilgi qishki Osiyo oʻyinlarida Peng / Jin juftligi Yu / Chjan juftligidan keyin kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shu bilan ularning mavsumi yakunlangan.

Juftlik 2017 CS Finlandia Trophy sovrinini qoʻlga kiritgan, bu sovrin ularning birgalikdagi birinchi xalqaro oltin medali edi. Gran-pri musobaqasida ular yaxshi ishtirok etmagan — Peng / Jin juftligi 2017 Skate America va 2017 Internationaux de France musobaqalarida beshinchi oʻrindan joy olgan. 2018-yilgi Xitoy chempionatida juftlik Yu / Chjan juftligidan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan va 2018-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga Xitoy terma jamoasiga kiritilgan.

Peng / Jin juftlgi Pxyonchxanda boʻlib oʻtgan juftlikda konkida uchuvchilar musobaqasida qatnashib, oʻn yettinchi oʻrinni egallagan. Juftlikning mavsumi 2018-yilgi Jahon chempionatida yakunlangan va ular chempionatda toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.

Dasturlari

Jin bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2022-2023 Ophelia Exile to Snowy West Only For Love Sword Dance 2021-2022 Moonlight Sonata No One Exile to Snowy West Only For Love Sword Dance 2020-2021 Somewhere in Time Cloud Atlas 2019-2020 Alegría Cloud Atlas 2018-2019 Ophelia La Vie en rose

Natijalari

Jin bilan Xalqaro Musobaqa 16-17 17-18 18-19 19-20 20-21 21-22 22-23 Olimpiada 17 5 Jahon chempionati 9 4 C 5 Toʻrt qitʼa 5 WD 3 2 finali 6 2 2 Chinese Cup 2 2 1 C Finlandiya WD Fransiya 5WD WD Italiya 2 NHK Trophy 2 2 Skate America 1 Skate Canada 5 2 Asian Open 1 Finlandiya 1 US Classic 3 Osiyo oʻyinlari 2 Shanxay kubogi 2 1 Milliy Xitoy chempionati 1 2 1 1 WD = Musobaqani tark etgan; C = Musobaqa bekor qilindi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Figurali uchuvchilar