Eric David Gryba () (1988-yil 14-aprelda tugʻilgan) – kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi.
Oʻyin faoliyati
Ottawa Senators Eric Gryba 2006-yilgi NHL kirish loyihasida „Ottawa Senators“ xokkey klubi safiga 68-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Bu vaqtgacha Eric Gryba Boston universiteti xokkey jamoasi safida oʻynagan edi.
2010-yil 31-martda Eric Gryba „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. 2013-yil 16-fevralda Eric Gryba klub safida NHLdagi ilk oʻyinini oʻtkazdi.
Gryba 2013-yilning 19-fevralida „New York Islanders“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi NHL ochkosini (assistent) qoʻlga kiritdi va 2013-yilning 23-martida „Tampa Bay Lightning“ klubiga qarshi oʻyinda oʻzining NHLdagi ilk golini kiritishga muvafafq boʻldi.
2014-yilning 26-iyunida Gryba „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan 2,5 million dollarlik ikki yilga moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi.
Edmonton Oilers 2015-yil 27-iyun kuni Eric Gryba „Ottawa Senators“ xokkey klubi tomonidan Travis Ewanyk evaziga „Edmonton Oilers“ xokkey klubiga almashtirildi.
Eric Gryba klub safida 53 ta oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, „Edmonton Oilers“ klubi u bilan shartnoma imzolamaslikni tanladi. Bu esa Eric Grybani cheklanmagan erkin agentga aylantirdi.
New Jersey Devils 2018-yilning 1-iyulida Eric Gryba erkin agent sifatida „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan bir yillik, ikki tomonlama 700 000 dollarlik shartnomaga imzo chekdi.
2019-yil 22-sentyabrda Eric Gryba oʻzining Twitterdagi sahifasida oʻzining faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Shaxsiy hayoti Eric Grybaning otasi Shawn nafaqadagi oʻqituvchi, onasi Catherine esa Saskaatoon shahrining hokimi boʻlgan. Eric Gryba 2015-yilning avgustida Cate Eckhardt bilan unashtirildi va ikkalasi 2016-yilning yozida turmush qurishdi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2003—2004Saskatoon ContactsSMHL391101189104812202004—2005Saskatoon ContactsSMHL3211294083115712222004—2005Melfort MustangsSJHL20004—————2005—2006Green Bay GamblersUSHL56312152053112272006—2007Boston UniversityHE3813476—————2007—2008Boston UniversityHE3211254—————2008—2009Boston UniversityHE45066106—————2009—2010Boston UniversityHE384610118—————2009—2010Binghamton SenatorsAHL61012—————2010—2011Binghamton SenatorsAHL6634713310011262011—2012Binghamton SenatorsAHL735152095—————2012—2013Binghamton SenatorsAHL38561175—————2012—2013Ottawa SenatorsNHL33246264000172013—2014Ottawa SenatorsNHL57291164—————2014—2015Ottawa SenatorsNHL7501212976000142015—2016Edmonton OilersNHL5315675—————2016—2017Edmonton OilersNHL4024665300042017—2018Edmonton OilersNHL2102231—————2017—2018Bakersfield CondorsAHL2400027—————2018—2019Binghamton DevilsAHL4725796—————2018—2019New Jersey DevilsNHL1000010—————NHL jami289736433681300035
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari