Remko Jurian Pasveer (; 1983-yil 8-noyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Erediviziyaning Ajax klubi va Gollandiya terma jamoasi darvozaboni
Klublardagi faoliyati
Twente Pasveer mahalliy SC Enschededa futbol oʻynay boshlagan. Twentega oʻtib, 2003-yildan 2006-yilgacha Cees Paauwe va Sander Boschkerdan keyingi 3-zaxira darvozaboni boʻlgan.
Heracles Almelo 2006-yilning yozida Herakles Almeloga oʻtdi. 2008—2009- va 2009—2010-yilgi mavsumlarda Eerste Divizionida vakili Go Ahead Eagles jamoasida ijarada oʻynadi. 2010—2011-yilgi mavsumda Pasveer asosiy darvozabon sifatida Geraklesga qaytdi. left|thumb|200x200px| Remko Pasveer PSV mashgʻulotlarida, 2014-yil iyul
PSV 2014-yilning yozida Pasveer PSV bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Eindhoven klubidagi rasmiy debyutini 2014-yilning 21-avgustida, 2014—2015-yilgi UEFA Yevropa Ligasi doirasidagi so‘nggi saralash bosqichida Shakhtyor Soligorsk klubiga qarshi o‘tkazdi. Oʻsha mavsumda KNVB kubogi va Yevropa ligasi oʻyinlarida yana bir necha bor oʻynadi. PSV Erediviziya chempionligini qoʻlga kiritganidan bir hafta oʻtgach, Pasveer klub safida 32-turda Excelsiorga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2016-yil 8-may kuni PSV bilan ketma-ket ikkinchi marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. 2016-yilning 1-noyabrida UEFA Chempionlar ligasida Bayernga qarshi oʻyinda (1:2) maydonga tushdi.
Vitesse Pasveer 2017-yilning iyul oyida Vitesse bilan shartnoma imzoladi. 2017-yilning 5-avgustida „Feyenoord“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2019—2020-yilgi mavsumda „Vitesse“ muxlislari tomonidan „Yil futbolchisi“ deb topildi.
Ajax 2021-yilning 23-aprelida Pasveer „Ajax“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagani maʼlum bo‘ldi. Klubdagi debyutini 7-avgust kuni PSVga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazdi. 2021—2022-yilgi mavsumning 12-turigacha ichki chempionatda atigi 2 ta gol o‘tkazib yuborgani. Bu rekord boʻldi, chunki bungacha Erediviziyada hech bir darvozabon dastlabki 12 oʻyin davomida bunday kam gol oʻtkazib yubormagan edi.
Xalqaro faoliyati Pasveer Gollandiya terma jamoasi bilan 2006-yili Portugaliyada boʻlib oʻtgan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan.
2022-yil 22-sentabrda Gollandiya terma jamoasi safida 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi o‘yinida Polshaga qarshi asosiy tarkibda debyut qildi.
Faoliyat statistikasi
Klub
KlubMavsumLigaKNVB kubogiYevropaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarTwente2003—2004Erediviziya4000——402004—2005Erediviziya2000——202005—2006Erediviziya8000——80Jami14000——140Go Ahead Eagles (ijara)2008—2009Eerste Divisie38010——3902009—2010Eerste Divisie36050—40450Jami74060—40840Heracles Almelo2010—2011Erediviziya34020—203802011—2012Erediviziya34050——3902012—2013Erediviziya33040——3702013—2014Erediviziya33030——360Jami1340140—201500PSV2014—2015Erediviziya203030—802015—2016Erediviziya00400000402016—2017Erediviziya3020100060Jami50904000180Vitesse2017—2018Erediviziya2601060103402018—2019Erediviziya702000401302019—2020Erediviziya26020——2802020—2021Erediviziya33020——350Jami9207060501100Ajax2021—2022Erediviziya2001060102802022—2023Erediviziya140006000200Jami3401012010480Jami faoliyati35303702201504240
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Niderlandiya 2022 2 0 Jami 2 0
Yutuqlari Heracles Almelo
KNVB kubogi sovrindori: 2011—2012
PSV
Erediviziya: 2014—2015, 2015—2016 Johan Cruyff Shield: 2016, 2017
Ajax
Erediviziya: 2021—2022
Niderlandiya U21
21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2006
Individual
Vitessening eng yaxshi futbolchisi: 2019—2020
Eslatmalar
Manbalar
Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar