Tim de Cler (; 1978-yil 8-noyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi, Ajax, AZ, Feyenoord va AEK Larnaca klublarida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati

Lugdunum Olti yoshida De Cler oʻzining birinchi futbol jamoasi, havaskor Lugdunum jamoasiga qoʻshilgan. Klubda 12 yoshigacha markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Ajax unga qiziqish bildirgan va de Cler dunyoga mashhur yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan.

Ajax „Ajax“da De Cler dastlab chap qanot himoyachisi sifatida oʻynadi, ammo keyinchalik chap qanot himoyachi ampluasiga oʻtdi. 1997-yilda „Ajax“ning ikkinchi jamoasiga qoʻshildi.

1998-yil 23-aprelda De Cler o‘z maydonida Villem IIga qarshi oʻyinda (6:1) debyutini o‘tkazdi. Ikki kundan soʻng oyogʻidan jarohat oldi toʻrt oyga safdan chiqdi. Oʻsha mavsumda „Ajax“ Eredivisie va KNVB kubogini qoʻlga kiritdi.

AZ De Cler 2002-yilning yozida „Ajax“ni tark etib, oʻsha paytdagi oʻrtamiyona klub boʻlgan AZga qoʻshildi. Oʻzining birinchi mavsumida AZ Erediviziyada oʻninchi oʻrinni egalladi, ammo 2003-yilda Ko Adrianse jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangach, jamoaning oʻyin uslub oʻzgardi. 2005-yilda De Cler AZ bilan ssensatsion tarzda UEFA kubogi yarim finaliga chiqdi.

Feyenoord thumb| De Cler 2007-yilda „Feyenoord“ safida AZda besh yil oʻtgach, De Cler „Feyenoord“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Klubdagi 4 mavsumida 87 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 1 ta gol urdiHet succes van Feyenoord, feyenoord-internet.nl.

AEK Larnaca Feyenoord bilan xayrlashganidan keyin De Cler Kipr birinchi divizioni vakili AEK Larnaka jamoasi bosh murabbiyi Jordi Cruyffning taklifiga binoan 2011-yilning 30-iyunida \ikki yillik shartnoma imzoladiDe Cler vervolgt carrière op Cyprus, feyenoord-internet.nl. 2013-yilda professional faoliyatini tugatdiTim de Cler stopt definitief met voetballen — Lugdunum viert langverwacht kampioensfeest — Sleutelstad

Xalqaro faoliyati De Cler Gollandiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 2004-yilning avgustida murabbiy Marko van Basten qoʻl ostida 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevro 2008 uchun tarkibga kirgan. 

Faoliyat statistikasi

Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDivisionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarAjax1997—1998Erediviziya100000101998—199912000001201999-200021000002102000—200125200002522001—20021600000160Jami7520000752AZ2002—2003Erediviziya30200003022003—200433000003302004—2005321001204412005—200630000703702006—200732100110431Jami1574003001874Feyenoord2007—2008Erediviziya32100003212008—200919020502602009—20107030001002010—20112901020320Jami87160701001AEK Larnaca2011—2012Kipr birinchi divizioni26100002612012—20131500000150Jami4110000411Jami faoliyati3618603704048

Yutuqlari Ajax

Eredivizion: 1997—1998, 2001—2002  KNVB kubogi: 1998—1999, 2001—2002 

Feyenoord

KNVB kubogi: 2007—2008 

Manbalar

Havolalar

Voetbal International — Tim de Cler Official Kevin Hofland Feyenoord.nl profile Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar