1540-yil 17-may kuni Sherxon bilan Kanaujdagi jangda mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Humoyun Hindistonni tark etishga majbur bo‘ldi. O‘sha-yili Shershoh Sur boburiylarning poytaxt shahri Agrada taxtga o‘tirdi. Humoyun najot istab ukasi – Qobul hukmroni Komron Mirzo huzuriga bormoqchi bo‘ladi. Ammo u Humoyunni Qobulga kiritmaydi. Humoyun ko‘p qiyinchiliklar bilan ukasi – Qandahor hokimi Askariy Mirzodan madad so‘raydi. Biroq Askariy Mirzo ham akasini shaharga qo‘y maydi, unga yordam berish o‘rniga asir olishga harakat qiladi. Humoyunning darbadarlik kunlari bosh lanadi, u viloyatdan bu viloyatga o‘tib, biridan marhamat ko‘rib, ikkinchisidan quvg‘in bo‘lib, sarson-sargardonlikda yuradi. Ayni paytda SHershoh Humoyunni taʼqib qilib, Loho‘rgacha keladi. Humoyun nochor ahvol ga tushib, dashtu-sahrolarda izg‘ib yurishga majbur bo‘ladi.

Humoyun 1541-yili ukasi Hindolning piri bo‘lmish Mir Ali Akbar Jomiyning qizi Hamida Bonuga uylanadi. 1542-yili Akbar tug‘iladi. Sind hokimi SHoh Husayn Humoyunning Qandahorga o‘tib ketishiga yordam beradi. Qandahorda o‘g‘li – go‘dak Akbarni ukasi Hindol (Bobur Hindistonni olgan chog‘ida tug‘ilgan bu o‘g‘liga “Hindol” deb ism qo‘ygan edi)ga qoldiradi.

Eron shohi Shoh Tahmasp Humoyunni yaxshi kutib oladi hamda unga izzat-ikrom ko‘rsatib, mablag‘ va qo‘shindan yordam berishga vaʼda beradi. Lekin bo‘lajak yordam beg‘araz emas edi. Shoh Humoyunga shia mazhabini qabul qilishni va boshqalarga ham shuni targ‘ib etishni shart qilib qo‘yadi. Humoyun og‘ir ah volda qoladi.

Humoyun Shimoliy Hindistondan chiqib ketgach, mamlakatda Shershohga qarshilik ko‘rsata oladigan katta kuch yo‘q edi. O‘z davrida afg‘onlarning qudrati oshganligini sezgan Komron Mirzo ham Panjob yerlarini Shershohga bo‘shatib berishga majbur bo‘ladi.

1542-yilning boshlariga kelib Shershoh Suriy hokimiyatining chegaralarini kengaytirish maqsadida qo‘shni davlatlarga yurish uyushtiradi.

Multon tomonga yuborilgan afg‘on qo‘shinlari 1542-yili Sind viloyatini egalladilar. 1540-yilning oxirlarigacha bo‘l gan davrda afg‘onlar hududi ancha kengaydi. Bu vaqtga kelib shimolda Panjob, Sind, markazda Dehli, Sambhal, Agra, sharqda Bengaliya va Bixar, g‘arbda Malva yerlari afg‘onlar tasarrufiga o‘tdi.

Afg‘on hukmdori Shershoh poytaxtda 8 oy jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandan so‘ng 1544-yil aprel oyida rojput xonlarini tor-mor kel tirish uchun Ajmir tomon yurish qildi. Afg‘onlar ning o‘z mamlakat chegaralarini kengaytirish uchun olib borgan harbiy yurishlari ichida eng jiddiy, eng og‘iri mana shu Ajmir yurishi bo‘ldi.

1544-yilning oxirida Shershoh boshliq afg‘on qo‘shinlari Kalonjorni zabt etish uchun harbiy yurish boshladi. 1545-yil 2-mayda Kalonjor qalʼasi qo‘lga kiritildi. Ammo bu vaqtda afg‘on hukmdori og‘ir jarohat azobidan vafot etgan edi.

Shershohning yer-soliq, moliya va maʼmuriy islohotlari

Shimoliy Hindistonda qaror topgan Shershoh Suriy davlati ulkan hududni o‘z taʼsiri doirasiga o‘tkazdi. Shimolda Panjob, sharqda Bengaliya, markazda Ganga–Jamna vohasini qamrab olgan yerlar va shuningdek zafarli yurishlar tufayli g‘arbda qo‘l ga kiritilgan Sind, Multon, Rajaston yerlari afg‘on suriylariga tobe edi. Mazkur yerlar dehqonchilik uchun ancha qulay hisobla nib,-yiliga ikki-uch marta hosil berardi. Mana shunday ulkan hudud to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlatga qarashli yerlar bo‘lib, Shershoh Suriy tomonidan feodallarga jogir tarzida hadya etildi.

Shershoh Suriy Shimoliy Hindistonning iqtisodiy hayotida ancha vaqtdan buyon hukm surib kelayotgan feodal yer egaligi – jogirga ayrim o‘zgartirish va tuzatishlar kiritdi. U kuchayib ketgan feodallar huquqini cheklash, ularning qudrati haddan tashqari oshmasligi uchun davlatga tobe bo‘lgan yerlarni feodallarga maʼlum shartlar asosida bo‘lib berdi. Yerlarning vorisiy bo‘lib qolishiga chek qo‘ydi.

Shershoh Suriy davlat markazidan turib viloyatlar qaramligini kuchaytirish, yagona soliq tartibiga ega bo‘lish uchun imperiya tizimini qayta tashkil etishga qaror qildi. Shu boisdan Panjobdan tortib Bengaliyagacha bo‘lgan yerlar qishloq, pargana va sarkorliklarga taqsimlandi.

Soliq tizimi

Hokimlikka qarashli bo‘lgan yerlardan keladigan soliqlarni aniqlash uchun mazkur sharoitda yaroqsiz, haydaladigan va haydal maydigan yerlarning aniq hisobini olish kerak edi. Bu, o‘z navbatida, dehqon xo‘jaligi manfaatlariga mos tushishi darkor edi. Chunki Hindiston sharoitida serhosil yerlarning ko‘pligi bilan birga mam lakatning baʼzi yerlari tog‘u tosh, o‘rmon va botqoqliklardan iborat bo‘lib, bu dehqonchilik uchun noqulayliklar tug‘diradi. Mana shunday yerlarga qanday ekin ekilishi lozimligini oydinlashtirish maqsadida hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.

Shershoh Suriy davlati markaziy hukumat manfaatlarini himoya qilgan holda hisobga kirmagan yerlarga soliqlar solish maqsadida mamlakat yerlarini o‘lchab chiqish haqida qaror berdi.

Shershoh Suriy davlati feodal sinf manfaatlarini nazarda tutib, davlat xazinasiga tushadigan daromadni oshirish uchun soliq tizimiga o‘zgartirish va aniqliklar kiritdi. Chunonchi, davlat tomonidan har bir parganaga maʼmuriy boshliq sifatida soliq ishlarini nazorat qilib turadigan yagona shaxs – shiqdor tayinlandi.

Shiqdor yerlardan olinadigan soliq to‘g‘ridan-to‘g‘ri, to‘lali gicha markazga jo‘natgan. Shershoh Suriy davlati tadbirining o‘ziga xos tomoni yerdan keladigan foydaning ko‘p qismi feodal jogirdorga emas, balki markazga jo‘natilganligidadir.

Markaziy hukumat jogirdorga maʼlum miqdorda maosh berib turgan. Bunday tadbir Shershoh Suriygacha o‘tgan Shimoliy Hindiston sultonlari tartiblaridan farq qilib, feodal boshboshdoqlikka chek qo‘yar, markaziy hukumatning qudratini oshirar edi.

Shershoh Suriy davlatida soliqning pul shaklida foydalanishning maʼlum sabablari bor edi. Avvalo, bu tadbir mamlakatni ichki va tashqi dushmanlardan himoya qilish uchun maʼlum miqdorda lashkar saqlash uchun lozim bo‘lgan. Bunday lashkarni esa yaxshi qurol lantirish, kiyintirish, maosh bilan taʼminlash talab qilinardi. Shu bilan birga feodal separatizmiga barham berish, feodallarning o‘zboshim chaliklari, lavozimlarini suis teʼmol qilishlarini tiyib qo‘yish, soliqdan tushadigan pul miqdo rining to‘la-to‘kis davlat xazinasiga berilishiga ham bog‘ liq bo‘lgan. Demak, soliqning pul shakli asosan davlatning siyosiy talablarini hisobga olgan holda joriy etilgan.

Mamlakatning pul-tovar munosabatlari XVI asrning birinchi yarmi oxirlaridagi siyosiy voqealar mamlakatning pul-tovar munosabatlariga ham o‘z taʼsirini ko‘rsatdi. Urush harakatlarini qoplash uchun feodallar tomonidan ko‘plab pullar chiqarilishi uning qiymatini tushirib yuborgan edi. Shuningdek, mamlakatdagi sharoit savdoni rivojlantirish uchun moliya islohoti o‘tka zishni taqozo etardi. Shu bois Shershoh Suriy davlati markaziy hukumat manfaatlarini himoya qilgan holda Shimoliy Hindistonda moliya islohotini o‘tkazishga qaror qildi. Mamalakatning yirik sha harlarida pul zarb etadigan korxonalar bunyod etildi. Dehli, Loho‘r, Jounpur va Patna shaharlarida davlat nazorati ostida pullar chiqarila boshlandi. Mazkur korxonalarda zarb etilgan 20 dan ortiq turli og‘irlik va qiymatga ega bo‘lgan oltin, kumush va mis pullar rupiya, dam, paysa deb nomlangan. U pullar o‘zining sofligi, og‘irligi hamda badiiy bezagi bilan ajralib turgan. Shershoh Suriy davrida zarb etilayotgan pullarning har ikkala tomonida arab va mahalliy tillarning birida yozuvlar mavjud bo‘lib, Shimoliy Hindiston xalqlari va chet el savdogarlarining mazkur pullardan bemalol foylanishida qo‘l kelgan.

Soliqning pul shakliga o‘tishi, pulning isloh qilinishi, shubhasiz, mamlakatda ichki va tashqi savdoning rivojlanganidan dalolat beradi.

Shershoh Suriy davlati markaziy hukumatning manfaatlarini ko‘zda tutgan holda, feodallarning taʼsir doirasini cheklash, davlat xazinasiga tushadigan daromadning to‘laligini taʼ minlash uchun davlatning maʼmuriy tuzilishini qayta ko‘rib chiqdi va unga tuzatishlar kiritdi. Avvalo, Shershoh Suriy davlatiga tobe bo‘lgan shimolda Panjob yerlaridan tortib, to sharqda Bengaliyagacha bo‘lgan mam lakatning hududi maʼmuriy jihatdan bir necha bo‘laklarga bo‘lindi. Shimoliy Hindistonda uzoq-yillar mavjud bo‘lgan subaviloyat hokimligi tartibi bekor etildi.

Maʼmuriy ishlar Mamlakatning hamma yerlari maʼmuriy jihatdan sarkor (viloyat), pargana (tuman) va qishloqlarga bo‘lib tashlandi. Mazkur maʼmuriy birliklarni boshqarish uchun markaziy hukumat har bir sarkor, pargana va qishloqlarga davlatning ishonchli rasmiy kishilarini tayinladi.

Shershoh Suriy davlat hokimligining diniy ishlarida ham muhim tadbirlar joriy etdi. Davlatning diniy ishlari bilan shug‘ullanuvchi bosh idorasi – sadru-sudur mavjud bo‘lib, uni islom dinining hamma qonun-qoidalarini o‘zida mujassamlashtirgan Sadr boshqarar edi.

Shershoh Suriy davlati aloqa vositalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida davlat markazini mamlakatning turli burchaklari bilan bog‘ laydigan yo‘llarda mavjud bo‘lgan karvon saroylarda aloqani tez lashtirish uchun ikkitadan ot saqlangan. Bu esa davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan turli xabarlarni zudlik bilan markazga yetkazishda qo‘l kelgan.

Shershoh Suriy davlati o‘z davrining ana shunday talablarini hisobga olgan holda tashqi va ichki savdoning taraqqiy etishi uchun yo‘llar qurish, savdogarlar uchun mo‘ljallangan karvonsaroylar, mehmonxonalar, oshxonalar bunyod etishga kirishadi. Mamlakatning turli joylarida 1700 ga yaqin karvonsaroy hamda mehmonxonalar bunyod etilgan.

Savdogarlarni yo‘l azobidan qutqarish va ularga qulaylik tug‘dirish maqsadida biri musulmonlar, ikkinchisi hindular uchun ikki turdagi oshxonalar, quduqlar, hovuzlar, otlar uchun yem-xashak zahiralari mavjd bo‘lgan. Yangidan-yangi yo‘llarni hamda ko‘priklarni qayta tiklash borasida tadbirlar ko‘rildi.

Afg‘on hukmdorining qisqa hukmronligi davrida bunday ijobiy tadbirlarning amalga oshirilishi diqqatga sazovordir.

Shershoh Suriyning yuqoridagi choralardan ko‘zda tutilgan maq sadi, avvalo, markaziy hukumatning tomiriga bolta uruvchi, mam lakatning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga salbiy taʼsir ko‘r satuvchi, hokimlikda siyosiy va iqtisodiy parokandalikka olib keluvchi feodal o‘zboshimchalikni tiyib qo‘yish, davlatning qudratini har tomonlama oshirish, markaziy huku mat xazinasiga tushayotgan foy dani ko‘paytirish, umuman hukm ron feodal-zodagon sinflar manfaatlariga mos tushuvchi siyosatni amalga oshirish edi.

Tarixchilarning taʼkidlashicha, SHershoh Suriy davlatining ayrim yuqori mansablarida hindular ham faoliyat olib borishgan.

Shershoh Suriy davlati markaziy hukumat manfaatini ko‘z da tutgan holda, jogirdorlarni doimiy nazorat o‘rnatish uchun feodal harbiy boshliqlar suvoriylari otiga tamg‘a bosish tizimini qayta tikladi. Bunga binoan har bir feodal o‘ziga biriktirilgan suvoriylarni bel gilangan joyda olib kelib tamg‘a bostirishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi shart edi. Aks holda Shershoh davlati feodallarni jogirdan mahrum etib, suvoriylarga beriladigan oylik maoshini to‘xtatib qo‘yardi. Bu tizim feodallarning suvoriylar soniga qarab kerakli qurol-aslahalar va anjomlar bilan taʼminlashi, yaʼni davlatning daromad va hara jatlarining mutanosib bo‘lishini ko‘zda tutgan edi. Shershoh Suriy qo‘shini chiniqqan, intizomli, muntazam lashkar edi. U lashkarlarining o‘ziga xos jangovarlik tomonlaridan yana biri deyarli uning bir elat vakillari, yaʼni afg‘onlardan iboratligidadir.

Shershoh Suriy qo‘shinlarining asosiy qismini otliq askarlar tashkil etgan. Tarixiy maʼlumotlarga ko‘ra, Shershoh davlatining lashkari 150 ming otliq, 25 ming piyodalardan tashkil topgan. Shuningdek, afg‘on lashkarida 5 mingga yaqin jangovor fillar hamda anchagina zam baraklari ham bo‘lgan. Bunday katta armiya faqatgina afg‘on hukm dorining ixtiyoridaedi. Shershoh qo‘shinlarida suvoriylar bilan birga artilleriya ham muhim o‘rin egallab, uni asosan og‘ir zambaraklar tashkil etgan.