left|thumb|Agui shaharchasining aholi oʻsish darajasi thumb| Agui shahar hokimiyati thumb|left| Hisamatsu qabilasining qabri, Toun-in Yaponiyadagi Aichi prefekturasining Chita okrugida joylashgan shaharcha hisoblanadi. 2019-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, shaharchada 10682 xonadonda 28291 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 1189 nafarni tashkil etadi. Shaharning umumiy maydoni 23,80 kvadrat kilometr (9,19 mi²) ga tengAgui Town official statistics .
Geografiyasi Agui Aichi prefekturasi janubidagi Chita yarim orolining shimoli-gʻarbiy qismidagi ichki hududda joylashgan. Nagoya markazidan avtomobil yoki tezyurar poezdda taxminan 30 daqiqalik yoʻl mavjud. shaharchadagi eng baland nuqta dengiz sathidan 74,7 m balandlikda oʻrnashgan.
Qoʻshni munitsipalitetlar Aichi prefekturasi
Higashiura Tokoname Chita Handa
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraAgui population statistics, Agui aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida nisbatan barqaror boʻlgan.
Iqlimi Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Aguida oʻrtacha yillik harorat 15,5 °C ni tashkil etadiAgui climate data.
Tarixi Agui nomi juda qadimiy boʻlib, Asuka va Nara davri yozuvlarida uchraydi. Muromachi davrida bu hudud Hisamatsu sulolasining hududi boʻlib, keyinchalik Oda Nobunaga nazorati ostida boʻlgan. Agui qishlogʻi 1889-yil oktyabr oyida zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan va 1953-yil 1-yanvarda shaharchaga aylantirildi.
Iqtisodiyoti Agui asosan qishloq xoʻjaligi markazi boʻlib, Nagoya shahri uchun yotoqxona jamoasi vazifasni ham bajarmoqda.
Taʼlim tizimi Aguida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi hamda Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, Sport tibbiyoti va fanlari instituti ham Agui shahrida joylashgan.
Transport
Temir yoʻl 20x20px Meitetsu — Kova liniyasi
Shirasava — Sakabe — Agui — Uedai
Magistral yoʻl Agui shaharchasiga hech qanday milliy avtomagistrallar xizmat koʻrsatmaydi.
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Sakabe qal’asi xarobalari, Hisamatsu urugʻining ajdodlari tomonidan qurilgan Tōun-in, Buddistlar ibodatxonasi, Tokugava Ieyasuning onasi uchun bodayji Agui beysbol stadioni Galereya
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayt
Turkum:Agui (Aichi) Turkum:Aichi prefekturasidagi shaharchalar