Alfie Charles Jones () (1997-yil 7-oktyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi. Alfie Jones „Hull City“ futbol klubida himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynaydi.

Faoliyati Alfie Jones Bristolning chekkasida joylashgan kichik bir Long Ashton qishlogʻida oʻsgan. Alfie Jones yoshligida Backwell maktabida oʻqigan va Bathdagi Southhampton akademiyasi jamoasida oʻynagan. 

Alfie Jones 2018—2019-yilgi mavsumda Shotlandiya Premer-ligasi vakili „St Mirren“ futbol klubida ijara shartnomasi asosida oʻynagan. 2019-yil yanvar oyida „St Mirren“ futbol klubi Alfie Jones bilan imzolangan shartnomani bekor qilgan edi.

2019-yil 2-iyulda Alfie Jones „Gillingham“ futbol klubi safiga bir mavsumga ijaraga olindi. „Gillingham“ futbol klubidagi faoliyati davomida Alfie Jones barcha musobaqalarda 36 ta oʻyin oʻtkazdi.

2020-yil 4-sentyabrda Alfie Jones nomaʼlum toʻlov evaziga Birinchi Liga vakili „Hull City“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi. Alfie Jones „Hull City“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Alfie Jones klubdagi ilk debyut oʻyinini 2020-yil 8-sentyabrda „Leicester City“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Bu oʻyin „Leicester City“ futbol klubining (1:2 hisobida) gʻalabasi bilan yakunlandi. 2021-yil 18-may kuni „Hull City“ futbol klubi Alfie Jones bilan imzolangan shartnomaning bir yillik uzaytirish imkoniyatidan foydalanganliklarini eʼlon qildi. 2021-yil 9-iyun kuni „Hull City“ futbol klubi Alfie Jones bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolaganini va Alfie Jones klubda yana bir yil faoliyatini davom ettirish varianti borligini eʼlon qildi.

Oʻyin uslubi Alfie Jones „Gillingham“ futbol klubiga g kelishidan oldin asosan himoyachi sifatida maydonda harakatlangan edi. Alfie Jones „Gillingham“ futbol klubi safida yarim himoyachi sifatida maydonga tushadigan boʻldi.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMilliy kubukLiga kubugiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSouthampton2016—2017———40402017—2018———3131Jami———7171Southampton2018—2019Shotlandiya Premer-ligasi000000—002019—2020Shotlandiya Premer-ligasi000000—00Jami000000—00St Mirren (ijara)2018—2019Shotlandiya Premer-ligasi1410010—151Gillingham (ijara)2019—2020Shotlandiya Birinchi ligasi302401000352Hull City2020—2021Shotlandiya Birinchi ligasi3102020403902021—2022Shotlandiya chempionati2310000—2312022—2023Shotlandiya chempionati1500010—160Jami691203040781Jami113460501111355

Yutuqlar Hull City

Shotlandiya Birinchi ligasi chempioni: 2020-2021

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari