„Dance Monkey“ (oʻzb:Maymun raqsi)- avstraliyalik qoʻshiqchi Tones and I qoʻshigʻi boʻlib, 2019-yil 10-mayda Tones and I ning "The Kids Are Coming" albomida ( EP reytingida) ikkinchi singl (AQShda birinchi) sifatida chiqarilgan. Qoʻshiqqa Konstantin Kersting produserlik qilgan va miks variantini yaratgan.

„Dance Monkey“ 30 dan ortiq mamlakatlarda rasmiy singl chartlarida birinchi oʻrinni egalladi. Boshqa mamlakatlarda, shu jumladan AQSh chartining birinchi oʻntaligiga kirdi. Qoʻshiq Avstraliyaning singl chartida ketma-ket 22 hafta davomida birinchi oʻrinni egallab, eng koʻp hafta rekordini yangiladi. Qoʻshiq, shuningdek, UK Singles Chartining yuqori qismidan tushmay keldi.

Qoʻshiq bir qator mukofotlarga sazovor boʻlgan. U 2019-yil ARIA Music Awardsda eng yaxshi pop-reliz, 2020-yil APRA Music Awardsda „Yil qoʻshigʻi“ va AIR Awards-2020da „Yilning mustaqil qoʻshigʻi“ nominatsiyalarida gʻolib chiqdi. Shuningdek, qoʻshiq 2019-yilgi Xalqaro qoʻshiqlar tanlovining bosh mukofoti sovrindori boʻldi.

Musiqa videosi Musiqa videosi „Visible Studios“ tomonidan ishlab chiqarilgan.Musiqa videosi rejissyori Liam Kelly va Nick Kozakis.Video 2019-yil 24-iyunda chiqarilgan. Videoda boshqa keksa fuqarolar bilan golf maydonchasida raqsga tushish uchun uyidan yashirincha chiqib ketgan keksa odam „Mr.Tones“ (Tones and I) tasvirlangan. Suratga olish kuni ob-havo bulutli bo‘lganligi sababli klipning har bir surati o‘z osmoni raqamiga mos ravishda almashtirildi. 2022-yil oktyabr holatiga ko‘ra, video YouTubeda 1,9 milliarddan ortiq ko‘rilgan. Videoklip Avstraliyadagi Eynesbury golf klubida suratga olingan.

Tijorat koʻrsatkichlari Qoʻshiq 2019-yil noyabr oyida, oʻn olti haftadan beri Avstraliyaning ARIA chartining birinchi pagʻonasidan tushmay kelayotgandi.Bu koʻrsatkich bilan qoʻshiq tarixida (1983-yildan hozirgi kungacha) eng koʻp haftalar davomida birinchi oʻrinni egallagan qoʻshiq rekordni yangiladi.Oldin bu koʻrsatkich Ed Sheeranning „Shape of You“ (2017) qoʻshigʻiga tegishli edi. „Dance Monkey“ 24 hafta (2019-yil avgustdan dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan ketma-ket 21 haftada) Avstraliya singl chartlarida birinchi o‘rinni egallash bo‘yicha ham rekord o‘rnatdi.

Birlashgan Qirollikda „Dance Monkey“ oʻn bir hafta davomida chartning eng yuqori pogʻonasini egalladi.UK Singles Chartida eng koʻp hafta oʻtkazgan qoʻshiq rekordini yangiladi. Oʻn haftalik avvalgi rekord 1992-1993-yillarda Whitney Houstonning „I Will Always Love You“ versiyasi va 2007-yilda Rihanna va Jey-Zning „Umbrella“ qoʻshigʻiga tegishli edi.

„Dance Monkey“ IFPI maʼlumotlariga koʻra 2019-yilda 11,4 million konvertatsiya qilingan birlik boʻlgan dunyodagi oltinchi eng yuqori oʻrindagi singl boʻldi.

2020-yil noyabr oyida „Dance Monkey“ 36,6 million qidiruv bilan barcha davrlarning eng ko‘p Shazam orqali qidirilgan qo‘shig‘i deb eʼlon qilindi.

2020-yil dekabr oyida Dance Monkey Spotifyda 2,5 milliarddan ortiq oqim bilan uchinchi eng ko‘p tinglangan qo‘shiq bo‘ldi va Tones bu ishni amalga oshirgan birinchi ayol ijrochiga aylandi.

Jonli ijrolar Tones AQSh televideniyesida 2019-yil 18-noyabrda Jimmy Fallon ishtirokidagi „The Tonight Show“ qo‘shig‘i ijrosi bilan debyut qildi. 2019-yil 10-dekabrda Tones AQShda "The Voice" dasturida yana mehmon sifatida chiqdi. Keyingi haftada „Dance Monkey“ AQSH Billboard Hot 100 reytingining birinchi oʻntaligiga birinchi marta toʻqqizinchi oʻrin bilan kirdi va keyinchalik chartda toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Haftalik chartlar +Haftalik chartlar „Dance Monkey“ qoʻshigʻi uchun Chart (2019-2021) Oʻrin Boliviya (Monitor Latino) 3 Braziliya (Top 100 Brasil) 32 Braziliya Streaming (UBC) 1 Bolgariya (PROPHON) 1 Chili (Monitor Latino) 4 Kolumbiya (National-Report) 4 Kosta Rika (Monitor Latino) 5kXorvatiya (HRT) 2 Dominikan Respublikasi (SODINPRO) 19 Ekvador (National-Report) 1 El Salvador (Monitor Latino) 2 Estoniya (Eesti Tipp-40) 1 Euro Digital Song Sales (Billboard) 1 Gretsiya (IFPI) 1 Guatemala (Monitor Latino) 3 Gonduras (Monitor Latino) 13 Islandiya (Tonlist) 1 Isroil (Media Forest) 1 Latviya (LAIPA) 1 Litva (AGATA) 1 Livan (OLT20) 2 Luxembourg Digital Song Sales (Billboard) 1 Malaysia (RIM) 1 Meksika (Billboard) 1 Nikaragua (Monitor Latino) 4 Panama (Monitor Latino) 8 Peru (Monitor Latino) 2 Rumaniya (Airplay 100) 1 Singapur (RIAS) 1 Sloveniya (SloTop50) 1 Janubiy Afrika (RISA) 27 Janubiy Koreya (Gaon) 15 Urugvay (Monitor Latino) 5 AQSH Rolling Stone Top 100 3 Venesuella (Monitor Latino) 13

Manbalar

Havolalar

Turkum:2019-yil qoʻshiqlari Turkum:2019-yil singllari Turkum:Tones and I qoʻshiqlari Turkum:Canadian Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Daniyada birinchi oʻrinni egallagan singllar