Ivan Boškovich (1982-yil 1-yanvarda tugʻilgan) — chernogoriyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchiIvan Bošković prvo pojačanje‚ fksutjeska.me, 10 January 2017 2026-yil 3-sentyabrda „Bunyodkor“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan.
Futbolchilik faoliyati Chernogoriya SFR Yugoslaviya tarkibiga kiruvchi Podgoritsa shahrida tugʻilgan. 1999-yilda Ivan FK Sutjeska Nikshichga oʻtgan. 2004-yilning yozida Chernogoriyaning eng asosy jamoasi FK Budućnost Podgoritsa klubiga oʻtgan va oʻsha paytda Serbiya va Chernogoriya Birinchi ligasida oʻynagan. 2005-yil yanvar oyida qishki tanaffus paytida u Fransiyaga koʻchib oʻtgan va Liga 2 jamoasi SHHT Anje jamoasiga qoʻshildi va u yerda mavsumning qolgan qismini oʻtkazgan va keyingi yozda Buduchnost klubiga qaytgan.
2006-yil yozida Serbiya va Chernogoriya ligalari ajralib chiqganidan soʻng Ivan Boshkovich Buduchnost jamoasini tark etgan va Superligada oʻynash uchun Serbiyaga koʻchib oʻtgan. 2006/2007-yilgi mavsumida FK Voyvodina bilan, keyin esa 2007/2008-yilgi mavsumda FK Borac Chachak jamoasi tarkibida toʻp surgan.
2008-yilning yozida u Chernogoriyaga qaytib keladi va Birinchi liga jamoasi OFK GrbaljStats from Montenegro at FSCG.co.me bilan shartnoma imzolagan. OFK Grbalj jamoasida keyingi uch mavsum davomida oʻynagan va 2010-yilda 28 gol bilan liganing eng yaxshi toʻpurari boʻlganStats from Montenegro at FSCG.co.me. 2011-yilda Oʻzbekistonga koʻchib oʻtgan. Qarshining „Nasaf“ jamoasiga kelib, 2011-yilda OFK kubogini qoʻlga kiritgan va 10 ta gol bilan OFK kubogi toʻpurari boʻldi. 2013-yil boshida u Tailandning „Chonburi“ klubi bilan shartnoma imzolagan. „Chonburi“ tarkibida oʻn bitta oʻyin oʻtkazib, beshta gol urgan. Mavsum oʻrtalarida Boskovich Tailandning yana bir Sriracha klubiga ijaraga berilgan. 2014-yil boshida Tailandning Nakhon Ratchasima klubi bilan shartnoma imzolagan.
2015-yilda Bošković Tailandning boshqa „Bek Tero Sasana“ klubi tarkibida ijara asosida oʻynagan. 2016-yildan Tailandning boshqa bir jamoasi, Sisaket klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yil yanvar oyida u Chernogoriyaga qaytib kelgan va Sutjeska (Niksic) jamoasi tarkibiga qoʻshilgan. 2018-yil 1-oktyabrda futbolchi sifatida butsalarini „mixga ilgan“ va faoliyatini yakunlagan. Uning muxlislar orasidagi oʻziga hos taxalluslari — „Boʻshkogoal“ va „Boshdagol“.
Murabbiylik faoliyati
Murabbiyli faoliyatini Tailannda yoshlar murabbiyi sifatida boshladi. 2020-yil Oʻzbekistondan taklif tushdi va Toshkenting „Bunyodkor“ jamoasi taklifini qabul qilib, U19 jamoasi bosh m urabbiyiga aylangan. 2 yil davomida Bunyodkor tizimida yoshlar bilan ishlagan Ivan 2022-yil 9-sentyabrdan Bunyodkor klubi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzolagan. 2023-yilgi mavsum boshida Bunyodkor jamoasi bilan oʻzaro kelishevga koʻra shartnomasi bekor qilingan. 2023-yil 6-aprelda „Soʻgʻdiyona“ klubi bosh murabbiyiga aylangan. 2023-yil 17-avgustda Jizzax jamoasi bilan shartnomasi 2026-yil dekabr oyiga qadar uzaytirgan.
2026-yil 3-sentyabrda Toshkentning "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan.
Yutuqlar
Jamoa Voyvodina
Serbiya Kubogi Gʻolibi: 2006/2007 Jami: 1 kubok
Nasaf
Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2011 Oʻzbekiston Kubogi Finalchisi (2): 2011, 2012 AFC Kubogi 2011 gʻolibi: 2011 Jami: 4 kubok
Sutyeska
Chernogoriya Kubogi: 2016/17
Shaxsiy
OFK Kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2011 Chernogoriya chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2009/2010
Manbalar
Havolalar Ivan Bošković Dekisa.Tripod. saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Serbiya va Chernogoriylik erkak futbolchilar Turkum:Chernogoriyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tailanddagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:FK Sutjeska Nikšić futbolchilari Turkum:FK Budućnost Podgorica futbolchilari Turkum:Angers SCO futbolchilari Turkum:FK Vojvodina futbolchilari Turkum:FK Borac Čačak futbolchilari Turkum:OFK Grbalj futbolchilari Turkum:Chonburi F.C. futbolchilari Turkum:Thawiwatthana F.C. futbolchilari Turkum:Nakhon Ratchasima F.C. futbolchilari Turkum:Police Tero F.C. futbolchilari Turkum:Sisaket F.C. futbolchilari Turkum:Krabi F.C. futbolchilari Turkum:Rayong F.C. futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Chernogoriya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Tailand 1 ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Chernogoriyalik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Bunyodkor futbol klubi murabbiylari Turkum:Soʻgʻdiyona futbol klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari