Khmer imperiyasi (khmercha: ចក្រភពខ្មែរ), yoki Angkoriya imperiyasi (khmercha: ចក្រភពអង្គរ), tarixchilar tomonidan IX-XV asrlarda janubi- sharqiy Osiyodagi hindu-buddistlar imperiyasi boʻlgan Kambodjaga nisbatan qoʻllangan atamadir. Imperiya Funan va Chenla sivilizatsiyalaridan kelib chiqqan boʻlib, ular baʼzida Hindixitoy yarim orolining koʻp qisminiInfoplease va Janubiy Xitoyning bir qismini boshqargan yoki vassalga aylantirgan, Hind-Xitoy yarim orolining shimolidan Yunnan provinsiyasigacha choʻzilgan hududlarni oʻz ichiga olgan. Chegaralari shimolda Xitoydan Vetnamgacha gʻarbga Myanmagacha yetgan. Oʻzining eng yuqori choʻqqisiga erishgan vaqtida Khmer imperiyasi oʻsha davrning qudratli saltanatlaridan boʻlgan Vizantiya imperiyasidan (Sharqiy Rim imperiyasi) kattaroq boʻlganGalloway, M. (2021, May 31)..
Mamlakatning eng koʻzga koʻringan merosi imperiya gullab-yashnaganda Khmer poytaxti boʻlgan Kambodjada joylashgan Angkor shahridir. Angkorning Angkor Vat va Bayon kabi ulugʻvor yodgorliklari Khmer imperiyasining ulkan qudrati va boyligi, yuksak sanʼati va madaniyati, meʼmorchilik texnikasi, ilmiy yutuqlari va eʼtiqod tizimlarining xilma-xilligidan dalolat beradi. Sunʼiy yoʻldosh tasvirlari shuni koʻrsatdiki, Angkor XI-XIII asrlarda oʻzining oltin davrida dunyodagi eng yirik sanoatlashgan shahar markazi boʻlgan. Tadqiqotchilar, shuningdek, Khmer imperiyasi 102 kasalxonani oʻz ichiga olgan dunyodagi birinchi sogʻliqni saqlash tizimini ixtiro qilgan degan xulosaga kelishganBunthoeurn, O. (2022, July 21)..
Khmer imperiyasi davrining boshlanishi shartli ravishda 802-yilga toʻgʻri keladi, oʻshanda qirol Jayavarman II Pnom Kulen togʻlarida oʻzini chakravartin („oliy hukmdor“, „imperator“ unvoniga teng) deb eʼlon qilgan. Imperiyaning tugashi 1431-yilda Siamning Ayutthaya qirolligi tomonidan Angkorni qamal qilish bilan yakunlanadi. Khmer imperiyasining qulashi sababi hamon nomaʼlumLOVGREN, S. (2017, April 4).. Tadqiqotchilar kuchli musson yomgʻirlari davrining oʻrniga mintaqada qurgʻoqchilik sabab boʻlgan va bu infratuzilmaga zarar yetkazganini aniqladi. Qurgʻoqchilik va suv toshqini oʻrtasidagi oʻzgaruvchanlik ogʻir muammo boʻlganPrasad, J. (2020, April 14).. Suv tizimining qulashi odamlarning Angkor shahrini tark etishiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Etimologiyasi Zamonaviy olimlar imperiyani koʻpincha Khmer imperiyasi yoki Angkoriya imperiyasi deb atashadi, ikkinchi nom sobiq poytaxt Angkor shahridan olingan.
Imperiya oʻzini Kambuja (Sanskrit: कम्बोज ; Eski khmer: កម្វុជ; khmercha: កម្ពុជ) yoki Kambujadeśa (Sanskrit:कम्बुजदेश ; Qadimgi khmer: កម្វុជទេឝ; khmercha: កម្ពុជទេស) Kambodja uchun qadimiy atamalar boʻlgan.
Tarixshunosligi Angkor tarixi Kambujadesa qirolligining markaziy aholi punkti sifatida tarixini, shuningdek, Khmer qirolligining IX-XIII asrlarga oid tarixini oʻz ichiga oladiThai websites web page.
Kambujaning oʻzidan, shuningdek, Angkor viloyatidan ilk tarixga oid tosh yozuvlardan boshqa hech qanday yozma manbalar saqlanmagan. Shunday qilib, tarixiy khmer sivilizatsiyasi haqidagi hozirgi bilimlar asosan quyidagilardan olingan:
Arxeologik qazishmalar, rekonstruksiya va tadqiqotlar Tosh yozuvlari (ulardan eng muhimi ibodatxonalarning poydevor stelalari), ularda podshohlarning siyosiy va diniy ishlari haqida berilgan xabarlar. Harbiy yurishlar, saroy hayoti, bozor manzaralari va aholining kundalik hayoti tasvirlangan bir qator maʼbad devorlaridagi relyeflar Xitoy diplomatlari, savdogarlari va sayohatchilarining hisobotlari va xronikalari.
Tarixi
Shakllanishi va oʻsishi
Jayavarman II — Angkor asoschisi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5b/Bayon_Angkor_Relief1.jpg/220px-Bayon_Angkor_Relief1.jpg|left|thumb| Fillarga oʻrnatilgan kamonchilar Sdok Kok Thom maʼlumotlariga koʻraHigham, C. (2014)., taxminan 781-yilda Indrapura Jayavarman II davlatining birinchi poytaxti boʻlgan. Indrapura shahri Banteay Prey Nokorda, bugungi Kampong Cham yaqinida joylashganHigham 1989, pp. 324 ff.. Oxir-oqibat u oʻz uyiga, sobiq Chenla qirolligiga qaytganidan soʻng, tezda oʻz taʼsirini kuchaytirib, bir qator raqobatlashuvchi qirollarni boʻysundirdi va 790-yilda khmerlar tomonidan Kambuja deb nomlangan qirollikning egasi boʻldi. Keyin u oʻz saroyini shimoli-gʻarbiy tomonda, katta Tonle Sap koʻlidan shimolda joylashgan Mahendraparvata shahriga koʻchirdi.
Jayavarman II (802-835)Higham, C. (2001). Kambodja tarixida Angkor davriga asos solgan qirol sifatida tanilgan. U 802-yilda hozir Pnom Kulen nomi bilan tanilgan muqaddas Mahendraparvata togʻida Kambuja mustaqilligini nishonlash uchun ulugʻvor marosim oʻtkazgan. Bu marosim hikoya qilingan yozuvlar „Java“ deb ataladi. Oʻsha marosimda shahzoda Jayavarman II oliy monarx (kambodjacha : Kamraten jagad ta Raja) yoki Xudo podsho (sanskrit : Deva Raja) deb eʼlon qilingan yoki „Togʻlar hukmdori“ deb ulugʻlangan, shuning uchun Deva Raja yoki Xudo podsho tushunchasi goʻyoki Java nomidan olingan.
Jayavarman II hind anʼanalariga oid marosimda oʻzini Chakravartin deb eʼlon qildi va shu bilan ilohiy tomonidan tayinlangan va shuning uchun eʼtirozsiz hukmdorga aylandi, balki bir vaqtning oʻzida oʻz podsholigini Javadan mustaqil deb eʼlon qildi. Baʼzi manbalarga koʻra, Jayavarman II Sailendras hukmronligi davrida Javada bir muncha vaqt istiqomat qilgan. Oʻsha paytda, Sailendras Java, Sumatra, Malay yarim oroli va Kambodjaning bir qismi, Mekong deltasi atrofida hukmronlik qilgan.
Jayavarman II haqidagi dastlabki maʼlumotlar 1053- yilda Isan viloyati Sdok Kok Tom ibodatxonasidagi stelada K.235 tosh yozuvidan olingan. Unda maʼbadga asos solgan oila aʼzolar Khmer saroyi uchun, asosan, shaivit hindu dinining bosh ruhoniylari taqdim etgan ikki yarim asrlik xizmati haqida hikoya qilinadiDavid Chandler, A History of Cambodia (Westview Press: Boulder, Colorado, 2008) p. 39..
Tarixchilar „Java“ Indoneziyaning Yava oroli, Champa yoki boshqa joyni anglatadimi, deb bahslashadilar. Qadimgi talqinga koʻra, Jayavarman II Yavadagi Sailendra saroyida yashagan va oʻz uyiga Kambodjaga Yava Sailendran saroyining sanʼati va madaniyatini olib kelgan shahzoda edi. Ushbu klassik nazariyani Klod Jak va Maykl Vikeri kabi zamonaviy olimlar qayta koʻrib chiqdilar, ular khmerlar Champani, ularning yaqin qoʻshnilarini tasvirlash uchun chvea atamasidan foydalanganligini taʼkidladilarVickery, 1998. Bundan tashqari, Jayavarmanning siyosiy faoliyati Kambodjaning sharqiy qismidagi Vyadxapurada (ehtimol Banteay Prey Nokor) boshlangan, bu Champa bilan uzoq muddatli aloqalar senariysini (yozuvda aytilishicha, hatto toʻqnashuvlar orqali ham) Javaʼda uzoq vaqt qolish senariysidan koʻra toʻgʻriligini isbotlaydiHigham, 2001, pp. 53-59. Phnom Kulendagi koʻplab ibodatxonalar ikkala Chamni ham koʻrsatadi (masalan Prasat Damrei Krap) va yava taʼsiri (masalan, Aram Rong Cen va Prasat Thmar Dapning ibtidoiy „maʼbad-togʻi“), ularning assimetrik taqsimoti esa odatda khmerlarga xosdir.
Keyingi yillarda Jayavarman II oʻz hududini kengaytirdi va hukmronligi davrida Mahendraparvatadan koʻchib oʻtdi va oʻzining yangi poytaxti Xarixaralayani Kambodjaning zamonaviy Rolous shahri yaqinida qurdi. Shu bilan u 15 km shimoli-gʻarbda Angkorning poydevorini qoʻydi. Jayavarman II 835-yilda vafot etganHigham, C. (2001).. Uning oʻrniga oʻgʻli Jayavarman III oʻtirdiDavid Chandler, A History of Cambodia, p. 42.. Jayavarman III 877-yilda vafot etgan va oʻrniga Indravarman I kelgan.
Jayavarman II ning vorislari Kambuja hududini doimiy ravishda kengaytirib bordilar. Indravarman I (hukmronlik davri 877-889-yillar) podsholik hududini urushlarsiz kengaytirishga muvaffaq boʻldi. Savdo va qishloq xoʻjaligi orqali orttirilgan boylik tufayli keng koʻlamli qurilish loyihalarini boshladi. Bu loyihalardan eng muhimi Preah Ko ibodatxonasi va sugʻorish ishlari edi. Indravarman I taxminan 881-yilda Bakongni qurish orqali Hariharalayani yanada rivojlantirdiHigham, C. (2014).. Bakong, xususan, Yavadagi Borobudur ibodatxonasiga oʻxshashligi bilan ajralib turadi, bu esa u Bakong uchun prototip boʻlib xizmat qilganligini koʻrsatadi. Khmer qirolligi va Javadagi Sailendralar oʻrtasida sayohatchilar almashinuvi boʻlgan boʻlsa kerak, ular Kambodjaga nafaqat gʻoyalarni, balki texnik va meʼmoriy yangiliklarni ham olib kelganlar.
Yasodxarapura — Angkorning birinchi shahri link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/0b/Map-of-southeast-asia_900_CE.svg/220px-Map-of-southeast-asia_900_CE.svg.png|left|thumb| Miloddan avvalgi 900-yillarda Khmer imperiyasi
Indravarman I dan keyin uning oʻgʻli Yasovarman I (889 — 915) Angkorning birinchi shahri, poytaxt Yasodxarapurani bunyod etgan. Shaharning markaziy ibodatxonasi Angkor joylashgan tekislikdan 60 m balandlikda joylashgan Phnom Bakheng tepaligida qurilgan. Yasovarman I davrida Sharqiy Baroyda 7,1 kmga 1,7 kmli ulkan suv ombori qurildiHigham, C. (2014)..
X asr boshlarida qirollik parchalanib ketgan. Jayavarman IV Koh Kerda Angkordan 100 km shimoli-sharqda yangi poytaxtni qurdi, u Lingapura deb ataladiHigham, C. (2014).. Faqat Rajendravarman II davrida (944-968) qirol saroyi Yasodxarapuraga qaytarildi. U yana avvalgi hukmdorlarning keng qamrovli qurilish uslublarini oʻzlashtirgan va Angkor hududida bir qator ibodatxonalar qurgan. Ularga Sharqiy Mebon, Sharqiy Baray markazidagi sunʼiy orolda joylashgan maʼbad va bir nechta buddist ibodatxonalari., Pre Rup va monastirlar kabilar kiradi. 950-yilda Kambuja va sharqdagi Champa qirolligi (markaziy Vetnamda) oʻrtasida birinchi urush boʻlib oʻtgan.
Rajendravarman II ning oʻgʻli Jayavarman V 968-yildan 1001-yilgacha hukmronlik qildi. U oʻzini boshqa knyazlar ustidan yangi hukmdor sifatida koʻrsatgandan soʻng, uning hukmronligi farovonlik va madaniy gullash bilan ajralib turadigan tinch davrga toʻgʻri keldi. U otasidan biroz gʻarbda yangi poytaxt qurdirdi va uni Jayendranagari deb nomladi. Poytaxtning davlat ibodatxonasi Ta Keo janubda joylashgan edi. Jayavarman V saroyida faylasuflar, olimlar va rassomlar yashagan. Yangi ibodatxonalar ham barpo etildi: ularning eng muhimlari Angkorning eng goʻzal va badiiy uslubda yaratilgan Banteay Srei va Angkorning toʻliq qumtoshdan qurilgan birinchi ibodatxonasi Ta KeodirHigham, C. (2014).. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/ed/04-Koh_Ker-nX-18.jpg/220px-04-Koh_Ker-nX-18.jpg|left|thumb| Koh Ker piramidasi. Koh Ker qisqa vaqt Khmer imperiyasining poytaxti boʻlgan Jayavarman V vafotidan keyin oʻn yillik toʻqnashuvlar sodir boʻldi. Suryavarman I (1006-yilgacha hukmronlik qilgan)gacha uchta qirol bir vaqtda hukmronlik qildi. Suryavarman I Hindiston janubidagi Chola sulolasi bilan diplomatik aloqalar oʻrnatganA History of Early Southeast Asia: Maritime Trade and Societal Development by Kenneth R. Hall p. 182. Suryavarman Chola imperatori Rajaraja Chola I ga sovgʻa sifatida arava yuborgani manbalarda qayd etilganIndian History by Reddy: p. 64. Uning hukmronligi muxoliflarining uni agʻdarishga bir necha bor urinishlari va harbiy bosqinlar bilan ajralib turadi. Suryavarman Khmer poytaxti Angkor-Vatni nazorat qilishda muvaffaqiyatga erishganKenneth R. Hall (October 1975)..
Shu bilan birga, Angkor Vat Malay yarim orolining Tambralinga qirolligi bilan toʻqnash keldiR. C. Majumdar (1961), „The Overseas Expeditions of King Rājendra Cola“, Artibus Asiae 24 (3/4), pp. 338-342, Artibus Asiae Publishers. Boshqacha aytganda, materik Janubi-Sharqiy Osiyoda uch tomonlama toʻqnashuv yuzaga kelgan. Dushmanlarining bir necha bosqinlaridan omon qolgan Suryavarman, Chola sulolasidan imperator Rajendra Chola I dan Tambralinga qirolligiga qarshi kurashda yordam soʻradiEarly kingdoms of the Indonesian archipelago and the Malay Peninsula by Paul Michel Munoz p. 158Society and culture: the Asian heritage : by Juan R. Francisco, Ph.D. University of the Philippines Asian Center p. 106. Suryavarmanning Rajendra Chola bilan ittifoqi haqida bilib boʻlgach, Tambralinga qirolligi Srivijaya qiroli Sangrama Vijayatungavarmandan yordam soʻradi.