Erkin Vohidov (1936-yil 28-dekabr, Oltiariq tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2016-yil 30-may, Toshkent, Oʻzbekiston) — taniqli oʻzbek shoiri, dramaturgi, adabiy tarjimoni va davlat arbobi. „Oʻzbekiston Qahramoni“, "Oʻzbekiston xalq shoiri" faxriy unvonlari sohibi. E.Vohidov oʻz sheʼrlarini yozish bilan bir qatorda taniqli xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Tvardovskiy, Johann Wolfgang von Goethe, Muhammad Iqbol, Rasul Hamzatov hamda Sergey Yesenin asarlarini yuksak mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ayniqsa, shoirning Yesenin asarlaridan hamda Goethening „Faust“ asarini qilgan tarjimalari eʼtiborga loyiqdir.
Vohidov 1983-yil Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1987-yil Oʻzbekiston xalq shoiri unvonini olgan. 1995-yilda "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan. 1999-yilda esa oliy darajadagi "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoniga sazovor boʻlgan .
Vohidovning sheʼrlari oʻzbeklar orasida yaxshi tanilgan va tez-tez toʻplamlarda chop etiladi. Shoirning bir necha sheʼriga kuy bastalangan, jumladan, Sherali Joʻrayev tomonidan. 2020-yilning oktabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganligining 75 yilligi munosabati bilan Vohidovning „Inson“ sheʼri asosida yozilgan „Human“ (Inson) ashulasi arab, ingliz, italyan, qozoq, rus, tojik, turk va oʻzbek tillarida taqdim etildi.
Hayoti Erkin Vohidovich Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tugʻilgan. Oʻqituvchi boʻlib ishlagan otasi Choʻyanboy Vohidov Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, qaytib kelganidan keyin vafot etgan. Vohidov oʻsha paytda toʻqqiz yoshda boʻlgan. Vohidov oʻsha davr qiyinchiliklarini shunday eslaydi:
1945-yil Vohidov onasi Roziyaxon Vohidova bilan Toshkentga koʻchib borgan. Onasi ham koʻp oʻtmay olamdan oʻtgan. Vohidov togʻasi Karimboy Sohiboyev qoʻlida katta boʻlgan. Vohidovning sheʼriyatga boʻlgan qiziqishini togʻasi uygʻotgan:
Vohidov 1960-yil Toshkent davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan. Soʻng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishlagan. Shoir 2016-yilning 30-mayida 79 yoshda vafot etdi.
Ijodi thumb|Erkin Vohidov 2006-yilda Vohidov 1960-yildan 1963-yilgacha „Yosh gvardiya“ jurnali muharriri oʻlaroq ishlagan. 1975—1982-yillarda jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlagan. 1963—1970-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti bosh muharriri, 1985—1987-yillarda esa direktori boʻlib ishlagan. 1982—1985-yillarda „Yoshlik“ oylik jurnali bosh muharriri lavozimida ishlagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston Oliy Majlisi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi (1995—2005) hamda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (2005—2009) lavozimlarida ishlagan.
Vohidov oʻquvchilik yillarida sheʼr yoza boshlagan. Ilk sheʼri 14 yoshida „Mushtum“ jurnalida chop etilgan. Shoirning ilk sheʼriy toʻplami „Tong nafasi“ kitobi boʻlib, u 1961-yil bosilib chiqqan. 1987-yil „Shoiru, sheʼru shuur“ nomli asari nashr qilingan. Vohidov uch pyesa ham yozgan. Bular „Oltin devor“, „Istanbul fojiasi“ hamda „Ikkinchi tumor“ pyesalaridir. „Oltin devor“ komediyasi Pokistonning Lohur shahri teatrida qoʻyilgan.
Nazmiy asarlari Quyida Vohidovning sheʼriy toʻplamlari keltirilgan: „Tong nafasi“ (1961) „Qoʻshiqlarim sizga“ (1962) „Yurak va aql“ (1963) „Mening yulduzim“ (1964) „Nido“ (1965) „Lirika“ (1965) „Palatkada yozilgan doston“ (1967) „Yoshlik devoni“ (1969) „Charogʻbon“ (1970) „Quyosh maskani“ (1972) „Dostonlar“ (1973) „Muhabbat“ (1976) „Tirik sayyoralar“ (1978) „Ruhlar isyoni“ (1980) „Sharqiy qirgʻoq“ (1980) „Kelajakka maktub“ (1983) „Bedorlik“ (1985) „Hozirgi yoshlar“ (1986) „Saylanma“ „Birinchi jild: Muhabbatnoma“ (1986) „Ikkinchi jild: Sadoqatnoma“ (1986) „Daraxtlar suhbati“ (1988) „Kuy avjida uzilmasin tor“ (1991) „Oʻrtada begona yoʻq“ (1991) „Yaxshidir achchiq haqiqat“ (1992) „Qumursqalar jangi“ (1993) „Mening yulduzim“ (2000) „Saylanma“ „Birinchi jild: Ishq savdosi“ (2000) „Ikkinchi jild: Sheʼr dunyosi“ (2001) „Uchinchi jild: Umrim daryosi“ (2001) „Oʻzbegim: Sheʼrlar“ (2005) „Oʻzbegim“ (2006) „Orzuli dunyo“ (2010) „Tabassum“ (2010) „Yangi sheʼrlar“ (2014) „Zamin sayyorasi“ (2014) „Devon: Senga baxtdan taxt tilarman“ (2015) „Inson“ (2015) „Saylanma“ „Birinchi jild: Bahor tarovati“ (2015) „Ikkinchi jild: Yoz harorati“ (2015) „Uchinchi jild: Kuz saxovati“ (2016) „Toʻrtinchi jild: Qish halovati“ (2016)
Nasriy asarlari „Adabiy portretlar“ (1985) (hammualif) „Shoiru, sheʼru shuur“ (1987) „Iztirob“ (1991) „Saylanma“ „Toʻrtinchi jild: Koʻngil nidosi“ (2001) „Soʻz latofati“ (2014) „Saylanma“ „Beshinchi jild: Qalb sadoqati“ (2018) „Oltinchi jild: Erk saodati“ (2018)
Rus tilida chop etilgan sheʼriy toʻplamlari Vohidovning koʻp sheʼri rus tiliga tarjima qilingan. Quyida shoirning rus tilida chop etilgan toʻplamlari keltirilgan. „Lirika“ („Lirika“) (1970) „Stixi“ („Sheʼrlar“) (1974) „Uzelok na pamyat“ („Uchi tugilgan roʻmolcha“) (1980) „Vosstanie bessmertnix“ („Ruhlar isyoni“) (1983) „Liniya jizni“ („Hayot yoʻli“) (1984) „V minutu pesni ne porvis, struna…“ („Kuy avjida uzilmasin tor“) (1986)
Adabiy tarjimalari Vohidov koʻplab xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Blok, Aleksandr Tvardovskiy, Friedrich Schiller, Johann Wolfgang von Goethe, Lesya Ukrainka, Mixail Svetlov, Muhammad Iqbol, Rasul Hamzatov, Sergey Yesenin hamda Silva Kaputikyan asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Xususan, shoir 1974-yil Goethening „Faust“ asarini oʻzbekchaga oʻgirgan. Shoir Yesenin sheʼrlarini ayniqsa yuksak mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Quyida Yeseninning vidolashish sheʼri boʻlmish „Xayr endi, xayr, doʻstginam“ (1925) sheʼrining Vohidov qilgan tarjimasi keltirilgan.
Ruschasi Do svidanya, drug moy, do svidanya. Milliy moy, ti u menya v grudi. Prednaznachennoe rasstavane Obeщaet vstrechu vperedi.
Do svidanya, drug moy, bez ruki, bez slova, Ne grusti i ne pechal brovey, — V etoy jizni umirat ne novo, No i jit, konechno, ne novey. Vohidov tarjimasi Xayr endi, xayr, doʻstginam, Bagʻrimdasan, koʻngil malhami. Muqarrar bu ayriliqning ham Visoli bor oldinda hali.
Xayr, doʻstim, soʻzga ochma lab, Qoʻy, men uchun oʻrtama bagʻir, Bu hayotda oʻlmoq-ku bor gap, Yashamoq ham yangimas, axir!
Vohidov sheʼrlari esa nemis, fransuz, ingliz, urdu, hind, arab va boshqa turkiy tillarga tarjima qilingan. Sovet shoiri Robert Rojdestvenskiy Vohidov asarlarini juda yuqori baholagan.
Quyida shoirning „Oʻzbegim“ sheʼrining inglizcha tarjimasidan parcha keltirilgan:
Originali Ortda qoldi koʻhna tarix, Ortda qoldi dard, sitam, Ketdi vahming, bitdi zahming, Topdi darmon, oʻzbegim. Inglizcha tarjimasi Left behind is old history Left behind are pain and injustice Your nightmare is gone, your wounds are healed A remedy is found, my Uzbeks. Kuy bastalangan sheʼrlari Vohidovning koʻp sheʼriga oʻzbek ijodkorlari qoʻshiq bastalagan. Bular orasida eng taniqlilari Sherali Joʻrayev ijro etgan „Inson“ hamda „Oʻzbegim“ ashulalaridir. Sheʼr yozilgan yilSheʼr nomiAshula nomiIjrochiBastakor1956Kamtarlik haqidaYursin karvonlar (faqat ashula naqorati) Yulduz Usmonova 1959 ***Sevgi NargizOʻn sakkizga kirmagan kim bor Fahriddin Umarov1961YoshlikYoshligim (faqat kupletlar; „Million roz“ ashulasining oʻzbekchasi) Muhabbat Mehmonova Raimonds Pauls1964***Bolalarni shaytonlardan qoʻrqitmangiz Rustam Gʻoipov1967Barcha shodlik senga boʻlsinBarcha shodlik senga boʻlsinShohruxxon va Nilufar UsmonovaShohruxxonDoʻst bilan obod uyingDoʻst bilan obod uyingGulbahor ErqulovaUygʻotmagil…Uygʻotmagil Ravshan Zokirov Ravshan Zokirov1968Tola sochHabibi Bunyodbek Saidov Alisher ShaydoSevgiSevgi Bobur Yusupov Bobur YusupovOʻrtada begona yoʻqOʻrtada begona yoʻqSherali JoʻrayevOʻzbegimOʻzbegimOʻzbegim „Setora“ guruhi1973Inson Human/Oda o cheloveke Ozodbek Nazarbekov, Dilafruz Rustamova, Oleg Gazmanov, Omirqul Ayniyazov, Zafar Abdualimov, Rafet El Roman, Ahmad Al-Xuraybiy, Alessandro Safina Nodir UmarovInson Sherali Joʻrayev1976Bir qadamBir qadam Zulayho Boyxonova1977Navoiy gʻazaliga muxammasKema Sherali Joʻrayev1988Yaxshidir achchiq haqiqatAchchiq haqiqat1994Biz anglamagan jahon ekan ishqIshqAbzal HusanovAbzal Husanov1998***MohitabonimZiyoda Qobilova
Merosi
Vohidov oʻzbeklarning eng sevimli shoirlaridan biri. Oʻzbekistonda koʻplab muassasa va joylarga shoir nomi berilgan. 2018-yilda Margʻilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi maktab-internat ochildi. 2019-yilda esa shaharda Erkin Vohidov memorial muzeyi ochildi.
Vohidov hayoti va ijodi haqida koʻplab kitob yozilgan, shu jumladan, „Erkin Vohidov saboqlari“ (2016), „To quyosh sochgayki nur“ (2016), „Soʻz sehri“, „Oʻzbegimning Erkin oʻzbegi“ kitoblari.
Manbalar
Havolalar
Vohidov hayoti va ijodiga bagʻishlangan sayt
Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari Turkum:Oʻzbekistonlik tarjimonlar Turkum:Oʻzbekiston dramaturglari Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq shoirlari Turkum:Oʻzbekistonlik shoirlar