Patricia D’Arbanville (; 1951-yil 25-mayda tugʻilgan) — Andy Warhol boshqargan loyihalardagi rollari bilan tanilgan amerikalik aktrisa.

Yoshligi D’Arbanville 1951-yil 25-may sanasida Manhattanda, rassom Jean () va bufetchi George D’Arbanvillelar oilasida tugʻilgan. Eleventh Streetda 41-sonli mahalliy maktabga borgan. U oʻrta maktabni Quintanoʻs School for Professional Children taʼlim dargohida tamomlagan. 

Faoliyati D’Arbanville oʻzining birinchi filmida 1960-yilda sakkiz yoshida, qiz va uning mushuki haqidagi New York universiteti talabalarining filmi Tuesday and Blue Silk deb nomlangan kartinada rol ijro etgan. Andy Warhol uni 13 yoshida klubda DJ sifatida kontsert paytida kashf etgan va uch yildan soʻng 16 yoshida uni „Flesh“ (1968) filmida suratga tushishga taklif qilgan.

Flesh filmidan keyin, D’Arbanville Warholning „L'Amour“ (1973) filmida va David Hamiltonning Bilitis (1977) filmida bosh qahramon sifatida rol ijro etadi. D’Arbanville yoshligidagi betakror oʻyinlardan soʻng AQSh va Fransiyada kino va teleseriallarda doimiy ravishda faoliyat olib boradi.

1987-yilda aktrisa, Italian American Reconciliation (1987) filmidagi koʻrinishi uchun eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida Drama-Logue mukofotiga sazovor boʻladi. U FOX telekanalida efirga uzatilgan New York Undercoverda leytenant Virginia Cooper roli bilan mashhur boʻlganRussell, Lisa (December 12, 1994). „The Long Way Home“. People. Retrieved July 7, 2019..

Shaxsiy hayoti 1960-yillarning oxirida, u Londonda model boʻlib ishlaganida, D’Arbanville qoʻshiqchi va musiqalar yozuvchi Cat Stevens bilan ishqiy munosabatlarda boʻladi. U D’Arbanvillening kamida ikkita xit qoʻshigʻining ilhomi boʻlib xizmat qilgan: Lady D’Arbanville va Wild World.

D’Arbanville oʻzining modellik faoliyatini Parij va New Yorkda davom ettirish uchun Stevensni bir muncha vaqt tark etadi va Warholning Factory sahnasida rol ijro etadi. Keyinchalik, D’Arbanville 1981-yildan 1986-yilgacha aktyor Don Jonhson bilan munosabatda boʻlgan. Er-xotinning Jesse Wayne Johnson ismli oʻgʻli bor (1982-yil 7-dekabrda tugʻilgan). D’Arbanvil uch marta turmush qurgan va ajrashgan. U Fransiyada oʻn yil yashab, fransuz tilini yaxshi oʻrgandan va 1975-yil 1-vgustdan 1980-yilgacha fransuz aktyori, oʻsha paytda Roger Mirmont nomi bilan tanilgan Rojer Miremont bilan turmush qurgan.

1980-yil 26-apreldan 1981-yilgacha uning eri Steve Curry edi. Keyinchalik, u 1993-yil 15-iyundan 2002-yil 12-martgacha New Yorkdagi sobiq oʻt oʻchiruvchi Terry Quinn bilan turmush qurgan. Ularning uchta farzandi bor: qizlari Emmelyn va Alexandra; va oʻgʻli LiamRussell, Lisa (December 12, 1994). „The Long Way Home“. People. Retrieved July 7, 2019..

Filmografiyasi thumb| D’Arbanville, 2007-yil

Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar1968FleshPatti1970Lorraine1971Hillary1973L’AmourPatti1975Rancho DeluxeBetty Fargo1977BilitisBilitisLa fille d’AmériqueRonni Williams1978Big WednesdaySally JacobsonCathy1979DonnaTime After TimeShirley1980Hog WildAngie Barnes1981Modern ProblemsDarcy Carson1985Real GeniusSherry NugilAngie1988Call MeCoriFresh HorsesJean1989WiredCathy Smith1994Frame-Up II: The Cover-UpBarbara Griffin1996Ellen Renard1997Fathers' DayShirley Trainor1998Archibald the Rainbow PainterElaine TigerCelebrityIris2002Personal Velocity: Three PortraitsCelia2003Margie Bianco2006World Trade CenterDonnaʼs Friend2007Perfect StrangerEsmeraldaYou Belong to MeGladys2008Sonya Weitzman2010Katherine Hart2010Mrs. Fuller, Becky’s mother

Televizion rollari YearTitleRoleIzohlar1976Once an EagleMicheleTV miniserial1977Code RMaggie"The Great Boat Race"1980Barnaby JonesJessica Collins"Run to Death"Charlie's AngelsBianca"Angels of the Deep"1982DarkroomBabette"Guillotine"1984Murder, She WroteLeslie Andler"Hit, Run and Homicide"1985Miami ViceMrs. Stone"Back in the World"1986Crime StoryEve Vollesky"Final Transmission"1988Crossing the MobLucy ConteTV FilmMidnight CallerJordan"Payback"1989WiseguyAmber Twine / Theresa Demante1990Snow KillLauren CraneTV Film1992Law & OrderBetty Drake"Wedded Bliss"1992-1993Another WorldChristy CarsonTV serial1993Blind SpotLucindaTV FilmSouth BeachRoxanneRecurring role1994Linda"Death and Dishonor"L.A. LawCaroline Hardy"Dead Issue"My So-Called LifeAmber Vallon"Guns & Gossip", „Other Peopleʼs Mothers“, „On the Wagon“1994-1997New York UndercoverLt. Virginia CooperBosh rol1997Bad to the BoneMarilyn WellsTV Film1998Homicide: Life on the StreetDarlene Everett"The Twenty Percent Solution"1998-2000Guiding LightSelena DavisTV serial2000-2005Third WatchRose Boscorelli2003Maggie"The Cost of Freedom"Nip/TuckWallace Forsythe"Sofia Lopez"2004Lorraine Calluzzo"Rat Pack", „Whereʼs Johnny?“, „All Happy Families…“2005Wild CardKathy"See Ya Later, Investigator!"2006-2010Rescue MeEllieRecurring role2007Law & Order: Criminal IntentCecilia"World’s Fair"EyesDee Dee McCann"Investigator"2017The SinnerLorna Tanetti"Mason Tanetti’s Mother"2018BillionsMama Axelrod"Kompenso", „Redemption“

Manbalar

Havolalar

Patti D’Arbanville intervyusi, Bob Colacello bilan — 1973-yil, aprel.

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1951-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar