thumb|Moʻgʻul xalqlari yashaydigan joylar xaritada qizil rangda koʻrsatilgan. Toʻq sariq chiziq XIII asr oxirlarida Moʻgʻullar imperiyasining qamrovini koʻrsatadi. thumb|Soyombo — moʻgʻul xalqlarining razmlaridan birithumb|Milliy libosdagi moʻgʻul ayollari. Ulan-Bator, 2007-yil
Moʻgʻul xalqlari yoxud moʻgʻullar - moʻgʻul tillarida soʻzlashuvchi hamda umumiy koʻp asrlik tarix, madaniyat, anʼana va urf-odatlar bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan qardosh xalqlar guruhiЖуковская Н.Л. Монгольские народы // Народы мира. Энциклопедия / Гл. ред. Л.М. Минц. Москва: Олма медиа групп. 2007. С. 354—356. ISBN 978-5-373-01057-3.Монголы / Жуковская Н.Л., Есипова М.В. // Монголы — Наноматериалы. Москва: Большая российская энциклопедия, 2013. С. 5—7. (Большая российская энциклопедия : [в 35 т.] / гл. ред. Ю.С. Осипов. 2004—2017, т. 21). ISBN 978-5-85270-355-2.Нимаев Д. Монгольские народы: Этническая история и современные этнокультурные процессы. Lambert Academic Publishing. 2011. ISBN 978-3843324403..
Ular Xitoyning shimolida, Moʻgʻulistonda va Rossiya Federatsiyasining viloyatlari - Buryatiya va Qalmogʻiston respublikalarida, shuningdek, Ust Oʻrda Buryat tumanida (Irkutsk viloyati) va Agin Buryat tumanida (Zabaykal oʻlkasi) yashaydilarМонголы / Жуковская Н.Л., Есипова М.В. // Монголы — Наноматериалы. Москва: Большая российская энциклопедия, 2013. С. 5—7. (Большая российская энциклопедия : [в 35 т.] / гл. ред. Ю.С. Осипов. 2004—2017, т. 21). ISBN 978-5-85270-355-2..
10 millionga yaqin odam oʻzini moʻgʻul xalqi deb hisoblaydi. Ularning 3 millioni Moʻgʻulistonda, 4 millioni Ichki Moʻgʻuliston muxtor rayonida, 3 milliongachasi Lyaonin, Gansu, Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni va Xitoyning boshqa hududlarida tarqalganlarЖуковская, Есипова. 2013, с. 5—7..
Nomining kelib chiqishi Bir qator tadqiqotchilar (N.S. Munkuyev) „moʻgʻul“ etnonimi birinchi marta Xitoy manbalaridan biri boʻlmish 945-yilda tuzilgan „Szyu Tan shu“ („Tan sulolasining eski tarixi“)da „men-u shi-vey“ - „moʻgʻul-shiveylar“, shuningdek 1045-1060-yillarda bitilgan „Sin Tan shu“da („Tan sulolasining yangi tarixi“) „men-va bu“ - „men-va qabilasi“ shaklida uchraydi. XII asrdagi turli xil kidon va xitoy manbalarida bu qabilalar uchun meng-ku, menguli, mangutsi, mengu go nomlari ham qoʻllanganЧингисиана: свод свидетельств современников / Пер., сост. и коммент. А. Мелехин. Москва: Эксмо. 2009. С. 238..
Ehtimol, mangʻit urugʻining nomi () „moʻgʻullar“ nomining qadimgi talaffuzi boʻlishi mumkinИстория Монголии (2003). Том 2..
Buryat olimi D. Banzarov moʻgʻul etnonimni tarixiy geografik nomlar boʻlmish Moʻn daryosi va Moʻna togʻi nomiga bogʻlashga uringanБанзаров Д. Собрание сочинений. 2-е доп. изд. Улан-Удэ. 1997. С. 95.. Xasdoʻrjning soʻzlariga koʻra, Ordosdagi Moʻn togʻining yaqin joylarida yashagan odamlar moʻn nomini olgan. Unga gʻol soʻzi qoʻshilib, natijada moʻngʻol nomi paydo boʻlgan. Gʻol moʻgʻulcha soʻz boʻlib, markaziy, asosiy maʼnosini anglatadiХасдорж Ч. Монгол гэдэг нэрийн тухай. Улаанбаатар. 1959. С. 14—19.. Shuningdek, ikkinchi qarash ham ilgari surilgan boʻlib, unga koʻra moʻgʻul nomi moʻgʻulcha moʻnx (abadiy) va gal (olov) soʻzlarining birikuvidan hosil boʻlganEldengdei Ardajib. Mongγul-un niγuca tobčiyan. Seyiregülül, tayilburi. Köke qota. 1996. 526 х..
Moʻgʻul olimi J. Bayasax moʻgʻul nomi moʻgʻulcha moʻngoʻ (kumush) soʻzining oʻzgarishi natijasida paydo boʻlgan, deb taxmin qiladiОчир А. Монгольские этнонимы: вопросы происхождения и этнического состава монгольских народов / д.и.н. Э.П. Бакаева, д.и.н. К.В. Орлова. Элиста: КИГИ РАН. 2016. 286 с. ISBN 978-5-903833-93-1.. Moʻgʻul va moʻngoʻ (kumush) tushunchalari oʻrtasidagi bog'liqlik 1237-yildagi xitoy bitigi „Xey da shi lyue“ („Qora tatarlar haqida qisqacha maʼlumot“)da qayd etilgan. Bu matnlarda Buyuk Moʻgʻuliston aholisi oʻz davlatini “Buyuk Kumush sulolasi” deb atagani aytiladiПэн Да-я, пер. Линь Кюн-и и Н.Ц. Мункуева. ДОКУМЕНТЫ->МОНГОЛИЯ->ПЭН ДА-Я И СЮЙ ТИН->КРАТКИЕ СВЕДЕНИЯ О ЧЕРНЫХ ТАТАРАХ (1235, 1235-36). www.vostlit.info..
B.R. Zoriktuyevning taʼkidlashicha, moʻgʻul atamasining koʻplab talqinlar ichidan tungus-manjur tillaridagi mangmu / manggu / mangga „kuchli, chidamli, qattiq“ maʼnosini ajratib koʻrsatadiЗориктуев Б.Р. Происхождение древнемонгольских терминов киян и кият // Вестник БГУ. 2010. С. 96—101.Сравнительный словарь тунгусо-маньчжурских языков: материалы к этимологическому словарю. Ленинград. 1975. Т.1. С. 525—526, 529—530.. L. Bilegtu esa, moʻgʻul nomi moʻgʻulcha „qiyan“ soʻzining tungus-manjur tillaridagi kalkasi deb hisoblaydiБилэгт Л. О происхождении этнонима «монгол» // Угсаатны судлал. Studia Ethnologica. Tom. XI, fasc. 1—17. Улаанбаатар. 1997. С. 28—34.. Rashiduddinning „Jome at-tavorix“ („Tarixlar toʻplami“) asaridan maʼlumki, moʻgʻul tilida qiyan „togʻlardan pasttekislikka oqib oʻtadigan, boʻronli, tez va kuchli katta oqim, tezoqar oqim“ maʼnosini berishi aytilganРашид ад-Дин. Сборник летописей. Москва-Ленинград: Изд-во АН СССР. 1952.. B.R. Zoriktuyev, oʻz navbatida, qiyan Argun daryosining oʻng irmogʻi — Mangu (Szilyuxe)ning tunguscha soʻzning moʻgʻulcha kalkasi, deb hisoblaydi. Uning yozishicha, Mangu daryosining Argunga quyilishidagi moʻgʻul aholisini tunguslar mangʻol deb atashgan, ya’ni „tezkor, boʻronli Mangu daryosida yashovchi odamlar“. Aynan oʻsha yerda tabgʻachlarning Tan sulolasi davrida B.R. Zoriktuyevning fikricha, qadimgi moʻgʻul qabilalari qiyan va nukuz yashagan moʻgʻullarning afsonaviy ilk vatani Ergunakun joylashganЗориктуев Б.Р. Происхождение древнемонгольских терминов киян и кият // Вестник БГУ. 2010. С. 96—101..
Ayuudan Ochir ushbu nazariyani rivojlantirar ekan, moʻgʻul etnik nomi manggu soʻzidan kelib chiqqanligini, bu soʻz oʻz navbatida tungus-manjur tillaridagi man (mam ü mang) — qattiq, qiyin va katta maʼnoni bildirishini hamda ushbu oʻzakka mu (mü) — suv soʻzi qoʻshilishidan kelib chiqqan degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, dastlab manggʻu soʻzi boʻlib, keyinchalik manggʻul yoki mongʻu/ol shakliga aylangan. Xitoy manbalarida qayd etilgan mengguzi (蒙古子,萌骨子), mengguosi (蒙国斯), menggusi (蒙古斯, 萌古斯) ismlari tungus-manjur tilidagi koʻplik affiksi -se qoʻshimchasini qoʻshish natijasida mangguse yoki mongguse shakli paydo boʻlganОчир А. Монгольские этнонимы: вопросы происхождения и этнического состава монгольских народов / д.и.н. Э.П. Бакаева, д.и.н. К.В. Орлова. Элиста: КИГИ РАН. 2016. 286 с. — ISBN 978-5-903833-93-1..
Tarixi thumb|Toshtaxta qabrlilar madaniyatining tarqalgan hududi Miloddan avvalgi II—I ming yilliklarda Markaziy Osiyoda yashagan protomoʻgʻul qabilalari Toshtaxta qabrlilar madaniyatini yaratganН. Наваан. Бронзовый век Восточной Монголии.История Монголии. Том I. 2003.. Miloddan avvalgi 209-yilda podshoh Moʻde Moʻgʻul platosida Hun xoqonligiga (miloddan avvalgi 209-milodiy II asr) asos solgan. L.N. Gumilyov hunlarning ajdodlarining miloddan avvalgi X asrda Gobi sahrosining janubiy chekkasidan shimolga koʻchishi haqida yozganГумилёв Л.Н. Хунны в Азии и Европе. gumilevica.kulichki.net.. Syunyuy, chunvey (shunvey), guyfan, syanyun, jun, shan-jun, syuan-jun (syuani, xunyi), beydi (jumladan, baydi, chidi) kabi qabilalar hunlarning ajdodlari hisoblanadi.
N.Ya. Bichurin, oʻz navbatida, moʻgʻul xalqlarining tarixi miloddan avvalgi XXV asrdan kam emas deb hisoblagan. Olimning yozishicha, sunyuy, syanyun va xiongnu bir xil xalqning uch xil nomi boʻlib, hozir moʻgʻul nomi bilan maʼlumdir.Бичурин Н.Я. Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. — Москва-Ленинград: Академия наук СССР, 1950.. Keyinchalik, Sima Syan miloddan avvalgi XVIII asrda qulagan Sya podsholigining Shun-Vey ismli shahzodasi va uning qoʻl ostidagilar shimoliy dashtlarga borib, u yerda sunyuy (hun) qabilalari bilan tanishib, oxir-oqibat ular bilan aralashib, koʻchmanchi turmush tarzini oʻzlashtirganlar deya yozib qoldirganБембеев Е.В., Команджаев А.Н. Происхождение хунну в свете данных археологии, антропологии и анализа письменных источников. cyberleninka.ru..
Moʻgʻul xalqlari thumb|left|Moʻgʻul tillarining tarqalish hududi Hozirgi moʻgʻul xalqlarining asosini XIII asrda Moʻgʻullar imperiyasiga kirgan qabilalar tashkil etgan. Moʻgʻul imperiyasi tarkibiga kirgan mahalliy moʻgʻullar nirun va darlekin tarmoqlariga boʻlingan. Nirun moʻgʻullari tarkibiga quyidagi qabilalar kirgan: adarqin, artaqan, arlot, baarin, barlos, boʻrjigin, bugʻunut, budaat, belgʻunut, besut, geniges, jadaran, juureid, jurkin, dugʻlat, durben, qilingʻut (qilingʻut-tarxon), qingʻiyot, qiyot, kunjin, mangʻut , nir-xoyin, noʻyoxon, oronar, saljiut, sijiut, sukan, sukanut, sunit, tayjiut, ujiet, urut, xabturxas, xatagin, xonxoʻtan, chanshiut, yasar va boshqalar. Darlekin moʻgʻullari guruhiga: arulatUlar boʻrjiginlarning bir tarmogʻi hisoblangan, biroq „Jome at-tavorix“da ular darlekin moʻgʻullari orasida ham tilga olinadi., bayot, bugʻunut„Jome at-tavorix“ asariga koʻra, ularning baʼzilari nirun moʻgʻullari qabilasiga mansub, chunki ularning onasi Alan Quvo, baʼzilari esa darlekin moʻgʻullariga mansub boʻlishgan., belgʻunut, gorlos, jaloyir, ikiras, ildurkin, qilingʻut, qingʻit (geniges), kunjin, kunkliut, noʻxoʻs, olxonut, suldus, uryanxay, uryaut (oronar), ushin, xaranut, xoʻngʻirat, xonxoʻtan, eljigin va boshqalar kiradi. Chingizxon imperiyasi tarkibiga nafaqat mahalliy moʻgʻullar, balki mintaqadagi boshqa barcha moʻgʻul tilida soʻzlashuvchi bargʻut, bahrin, bulagʻachin, jungurkin, qoraxitoy, kerayit, qurlaut, merkit, nayman, oyrat, oʻngut, tangutmoʻgʻullashgan tibet-birma xalqi., tatar, telengut, tulas, uymaqut, urasut kabi qabilalar ham kirganОчир А. Монгольские этнонимы: вопросы происхождения и этнического состава монгольских народов / д.и.н. Э.П. Бакаева, д.и.н. К.В. Орлова. Элиста: КИГИ РАН. 2016. 286 с. ISBN 978-5-903833-93-1..
Yuqoridagi qabilalarning avlodlari Moʻgʻuliston, Ichki Moʻgʻuliston, Buryatiya, Qalmogʻiston, shuningdek, moʻgʻul xalqlarining anʼanaviy yashash joylari boʻlgan boshqa hududlarda moʻgʻul xalqlari tarkibida keng tarqalgan. Moʻgʻullarning etnik shakllanishida turli tarixiy bosqichlarda hind-eron, yenisey, paleoosiyoУшницкий В. В. Загадка племени меркитов: проблема происхождения и потомства // Вестник Томского государственного университета. История. 2013. Вып. 1 (21). С. 191—195. ISSN 1998-8613., tungus-manjur, turkiy, samoyed, xitoy-tibet va boshqa etnik guruhlar ham ishtirok etganОчир А. Монгольские этнонимы: вопросы происхождения и этнического состава монгольских народов / д.и.н. Э.П. Бакаева, д.и.н. К.В. Орлова. Элиста: КИГИ РАН. 2016. 286 с. ISBN 978-5-903833-93-1..
Qadimgi moʻgʻul urugʻlari Moʻgʻul xalqlarining asosini koʻplab qadimgi urugʻlar, nirunlar va darlekinlar avlodlari: boʻrjigin, besut, choʻnos, olxonut, urianxay, xatagin, jaloyir, xaranut, tayjiut va boshqalar tashkil etadiУргийн овгийн талаарх мэдээлэл . Үндэсний Статистикийн Хороо.. Shuningdek, koʻpchilik urugʻlar Moʻgʻullar imperiyasi tashkil topgan. Bularga burut, zaysan, keregut, tavnan, xoroo, xuree, xuxenut, sooxor, yunshiebu kabi urugʻlar kiradiОчир А. Монгольские этнонимы: вопросы происхождения и этнического состава монгольских народов / д.и.н. Э.П. Бакаева, д.и.н. К.В. Орлова. Элиста: КИГИ РАН. 2016. 286 с. ISBN 978-5-903833-93-1..
Zaysanlar Buyuk xon saroyida zaysanlik lavozimini egallagan xizmatchilarning avlodlaridir. Tavnanlar esa, zodagon oilalarning avlodlari boʻlib, dastlab Chingizxon davrida tanlab olingan harbiy qoʻshin sifatida shakllangan. Tavnanlarning dastlabki oʻzagi besh qabila: urutlar, mangʻitlar, jaloyirlar, qoʻngʻirotlar va ikiraslardan iborat boʻlgan. Yongshiebu — Yuan imperiyasi davridan beri Buyuk xonlar saroyiga xizmat koʻrsatuvchi xizmatchilarning avlodlari. Yuqoridagi oilalar yuqori mavqega ega boʻlib, zodagon oilalar qatoriga kirgan.
Moʻgʻullarga mansub etnoslar Hindiston yarimorolida yashovchi mogʻollar urdu, hind, bengal va assom tillarida soʻzlashadiJoshua Project. Moghal | Joshua Project. joshuaproject.net..