Oʻzbekistondagi ukrainlar () — Oʻzbekistondagi milliy hamjamiyatlardan biri boʻlib, bir necha tarixiy davrlar ichida shakllangan. 2010-yil holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi ukrainaliklar soni taxminan 86 ming kishini tashkil qiladi.
Miqdoriy va ijtimoiy tarkibi Etnik ukrainlarning ixcham yashash joylari: Toshkent shahri (38 313 kishi), Toshkent (13 005 kishi), Samarqand (8 949 kishi), Fargʻona (5 671 kishi) va Buxoro (2795 kishi) viloyatlari.
Oʻzbekistondagi ukrain hamjamiyatining tarkibi ancha xilma-xil boʻlib, siyosiy, jamoat arboblari, tadbirkorlar, olimlar, sanʼat arboblarini oʻz ichiga oladi. Ularning aksariyati pensiya yoshidagilardir.
Xorijiy ukrainlarning jamoat tashkilotlari va ularning maqomi Oʻzbekiston Respublikasida 6 ta Ukraina madaniyat markazlari rasmiy roʻyxatga olingan:
2001-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan „Slavutich“ respublika ukrain madaniyat markazi. U Oʻzbekiston Respublikasining barcha ukrain madaniyat markazlarini birlashtiradi va faoliyatini muvofiqlashtiradi.
„Slavutich“ Respublika ukrain madaniyat markazi Toshkent viloyati boʻlimi. 2002-yilda tashkil etilgan.
3. Yangiyoʻl shahar „Nadezhda“ Ukraina madaniyat markazi. 1999-yilda tashkil etilgan.
4. „Slavutich“ Respublika ukrain madaniyat markazi Olmaliq shahar filiali. 2003-yilda tashkil etilgan.
5. „Slavutich“ Respublika ukrain madaniyat markazi Nukus shahar filiali. 2005-yilda tashkil etilgan.
6. „Slavutich“ Respublika ukrain madaniyat markazi „Mechta“ Navoiy viloyati filiali. 2005-yilda tashkil etilgan.
Taniqli shaxslar Oksana Nechitaylo (1984) — asli ukrainalik oʻzbek qoʻshiqchisi, „Soʻgʻdiyona“ nomi bilan mashhur; Boris Beder (1908-1989) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan geolog, Toshkent mineral suvining kashfiyotchisi; Konstantin Bondarev (1972) — ukrainalik siyosatchi. Ukraina xalq deputati. „Batkivshchina“ partiyasining aʼzosi; Aleksey Golubenko (1923-2001) — Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni; Viktor Karpenko (1977) — oʻzbekistonlik futbolchi; Valentin Kovalenko (1975) — oʻzbekistonlik futbol hakami; Vladimir Kozak (1993) — oʻzbekistonlik futbolchi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi aʼzosi. Yegor Krimets (1992) — oʻzbekistonlik futbolchi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi aʼzosi.
Havolalar
Turkum:Oʻzbekistondagi etnik guruhlar