Maksim Aleksandrovich Shatskix (, 1978-yil 30-avgustda tugʻilgan) – oʻzbek professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, „Andijon“ klubi bosh murabbiyi.

U barcha davrlarning eng yaxshi oʻzbek futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan va hozir 61 oʻyinda 34 ta gol bilan Oʻzbekiston terma jamoasining eng yaxshi toʻpurari hisoblanadi.

Shatskix va Sergey Rebrov 341 oʻyinda 123 ta gol urib, Ukraina Premyer-ligasining barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurarlari hisoblanishadi. 1999-yildan 2009-yilgacha Kiyevning „Dinamo“ jamoasida oʻn yil oʻynadi.

1999-yil 28-iyulda Shatskix UEFA Chempionlar Ligasida gol urgan birinchi osiyolik futbolchi va UEFA futbol musobaqalarida gol urgan Mirjalol Qosimovdan keyin ikkinchi oʻzbekistonlik futbolchi boʻldi. Xalqaro miqyosda Oʻzbekiston terma jamoasi safida uchta Osiyo Kubogida qatnashdi.

„Dinamo“ Kiyev klubidan soʻng bir necha klublarda toʻp surgan Maksim faoliyatini yakunida „Vinniki“ klubi uchun oʻynadi. 2016-yilning 8-aprelida futbolchilik faoliyatini yakunlagani va „Dinamo“ futbol akademiyasining murabbiylar shtabiga kirgani maʼlum boʻldiShatskikh became a coach at the Dynamo sports school. UA-Football. 8 May 2016.

Futbolchilik faoliyati Dinamo Kiyev Faoliyatining dastlabki qismida Oʻzbekiston va Rossiya klublarida oʻynadi. 1999-yilda „Milan“ tomonidan sotib olingan Andriy Shevchenko oʻrniga Ukraina Premyer-ligasining „Dinamo Kiyev“ klubi bilan shartnoma imzoladi. „Dinamo“dagi birinchi mavsumida „Karpati Lvov“ ustidan 3:2 hisobidagi gʻalabada ikkita gol urib, „Dinamo“ ketma-ket 8-liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Uni ommaviy axborot vositalarida „Yangi Shevchenko“ deb atashgan.

Kiyevning „Dinamo“ jamoasidagi debyut mavsumida Ukraina Premyer-ligasida gʻolib chiqdi va 20 ta gol urib, Ukraina Premyer-ligasining eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2002-2003-yilgi mavsumda 22 ta gol urib, Sergiy Rebrovning 1997-1998-yillardagi rekordini tenglashtirganida, Shatskix 1999-2000-yillardagi UEFA Chempionlar Ligasidagi debyut mavsumida 5 ta gol urdi. 1999-yil 28-iyulda Chempionlar ligasidagi ilk golini „Zalgiris Vilnyus“ga qarshi oʻyinda kiritdi. Shatskix Kiyev bilan UEFA Chempionlar Ligasida 9 mavsum oʻynab, 11 ta gol urdi.

Arsenal Kiyev 2009-yilgi mavsumni Qozog‘iston Premyer-ligasida „Lokomotiv Astana“ bilan oʻtkazgandan soʻng, Kiyevga qaytib keldi va qishki tanaffusda Arsenal Kiyev bilan shartnoma imzoladi. Shatskix Kiyevning Arsenal jamoasida boʻlganida oʻzining chempionatdagi 100-golini kiritdi. 2010-yil 7-aprelda Kievning „Arsenal“ klubi prezidenti Shatskixga „Metalurg Zaporijjiya“ darvozasiga Ukraina Premyer-ligasidagi 100-golini urgani uchun maxsus „Oltin toʻp“ mukofotini topshirdiShatskikh received the Golden Ball award . „Arsenal“ prezidenti Vadim Rabinovich Shatskixga Ukraina Premyer-ligasidagi boʻlajak 200-goli uchun koʻproq oltinni oʻz ichiga olgan yana bir „Oltin toʻp“ni buyurtma qilganini aytdiMaksim Shatskix podpisal kontrakt s „Arsenalom“ – UA-Futbol.

2013/14-yilgi mavsum boshida Shatskix Ukrainaning „Chornomorets Odessa“ jamoasida yarim mavsum toʻp surganidan soʻng Kiyevning „Arsenal“ klubiga oʻtdiMaksim Shatskix podpisal kontrakt s „Chernomorsem“ – UA-FootballOfitsialno: Burdujan, Shatskix i Stargorodskiy pokidayut „Chernomores“ – UA-Futbol.

Hoverla 2013-yil 30-dekabrda Shatskix Goverla Ujgorod bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. 2014-yilning 27-iyulida Ukraina Premyer-ligasi doirasidagi „Goverla Ujgorod“ – „Karpaty Lvov“ uchrashuvida 2:2 hisobida durang natija qayd etildi, Shatskix „Hoverla“ jamoasi uchun oʻyinda birinchi golni kiritdi va Ukraina Premer-ligasidagi 122-golini kiritdi.

2014-yil 23-avgust kuni Ukraina kubogi doirasidagi Cherkaskiy Dneprga qarshi oʻyinda Hoverla 2:1 hisobida gʻalaba qozondi va 67-daqiqada Shatskix jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Ushbu oʻyindan soʻng uning Ukraina kubogidagi umumiy gollari soni 24 taga yetdi (2014-yil 23-avgust holatiga koʻra) va u 25 gol bilan Andriy Vorobeydan keyin turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

124 ta gol bilan Sergey Rebrovni ortda qoldirib, Ukraina Premyer-ligasi tarixidagi eng koʻp gol urgan futbolchi hisoblanadi. Shatskix oʻzining 124-golini 2014-yilning 4-oktyabr kuni Luganskning „Zorya“ klubiga qarshi oʻyinda kiritdi. Oleg Bloxin klubi aʼzosi boʻlib, 171 ta gol urgan.

2014-2015-yilgi mavsum oxirida Shatskix klubni tark etdi va 2015-yil oxirigacha Lvovdagi havaskorlar klubiga qoʻshildiShatskix pokidaet Goverlu – UA-FutbolMaksim Shatskix stal igrokom vinnikovskogo Ruxa – UA-Futbol. right|thumb|200x200px|Maksim Shatskix banneri 2009-yil 26-may

Milliy terma jamoa Yoshligidanoq taniqli boʻlgan Maksim oldida ikki tanlov bor edi – Oʻzbekiston yoki Rossiya sharafini himoya qilish. U birinchisini tanladi.

Shatskix 2005-yilda Osiyoning eng yaxshi uch futbolchisi qatoriga kirdi. 2007-yil 13-oktyabrda „Taybey“ darvozasiga 5 ta gol urdi. 2008-yilning 2-iyunida JCh-2010 saralash bosqichida Singapur ustidan 7:3 hisobida gʻalaba qozongan Oʻzbekiston terma jamoasi darvozasiga gol urdi va Mirjalol Qosimov bilan birgalikda milliy terma jamoa toʻpurari boʻldi. 2008-yil 15-oktyabrda Yaponiya darvozasiga ham gol urdi va shu tariqa oʻz jamoasi uchun barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi. Yana bir mashhur gol 2014-yilgi JCHda Eron darvozasiga kiritildi va oʻzbekistonliklarning pley-offga chiqishini taʼminladi.

2014-yilning 29-may kuni Shatskix Ummonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida terma jamoa bilan xayrlashdi. Milliy terma jamoa safida 61 ta oʻyin oʻtkazib, 34 ta gol urgan. Hozir Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi.

Murabbiylik faoliyati Dinamo-Kiyev (akademiya) 2016-yilda Shatskix „Dinamo Kiyev“ akademiyasi murabbiyi boʻldi.

Dinamo-Kiyev 2017-yil 2-iyunda Belaruslik mutaxassis Aleksandr Xatskevich Kievning „Dinamo“ klubi bosh murabbiyi boʻldi. U Shatskixni oʻz yordamchilari qatoriga kiritdi.

Rotor-Volgograd 2019-yilning 20-dekabr kuni Aleksandr Xatskevich Volgogradning „Rotor“ klubi bosh murabbiyi boʻldi. Belaruslik mutaxassis Shatskixlarni oʻz yordamchilari qatoriga kiritdiNovim glavnim trenerom „Rotora“ stal Xatskevich„Rotor“ uvolil Xatskevicha: „Chtobi reshit zadachu na sezon“.

Paxtakor 2022-yil 2-iyun kuni Maksim Shatskix Toshkentning „Paxtakor“ klubi sport direktori etib tayinlandiMaksim Shatskix stal sportivnim direktorom „Paxtakora“. 16-iyul kuni klubga bosh murabbiy etib tayinlandi. Mutaxassis „Paxtakor“ bilan 3 yillik shartnoma imzoladiMaksim Shatskix stal glavnim trenerom „Paxtakora“. Uning murabbiylar shtabida Vyacheslav Belyaev va Vitaliy Shpanyuk bor edi.

Maksim Shatskix boshchiligida Toshkentning „Paxtakor“ klubi mavsum yakunida Oʻzbekiston chempioni boʻldi. Andijon 2025-yil 13-may kuni Aleksandr Xomyakov oʻrniga “Andijon” bosh murabbiyi etib tayinlandiMaksim Shatskix “Andijon” bosh murabbiyi etib tayinlandi. 15-noyabr kuni bosh murabbiylikdan boʻshatildi, uning oʻrniga Samvel Babayan tayinlandiRasman. Samvel Babayan — “Andijon” bosh murabbiyi.

Shaxsiy hayoti U futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng Ukraina fuqaroligiga qabul qilingan. Uning akasi Oleg Shatskix ham sobiq futbolchi.

Faoliyat statistikasi Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLigaMilliy KubokYevropa musoboqalarSUperkubokUmumiyOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSokol Saratov199612010--130Torpedo Voljsky199640---40Lada Tolyatti1997229---229SOYUZ-Gazprom1998279---279Baltika Kaliningrad199919513--208Dinamo Kiyev1999-2000252044155-44292000-01143-72-2152001-20021776510-24122002-2003292275125-48322003-200421103383-32162004-200529115081-42122005-20062252021102762006-2007299321051043162007-200823106371-36142008-200960103010110Umumiy215973722732330328142Lokomotiv Astana200915811--169Arsenal Kyiv2009-10134---1342010-1128930--3192011-1224331--2742012-131852020-225Umumiy83218120-9322Chornomorets Odessa2012-136010--70Arsenal Kyiv2013-1412110--131Hoverla Uzhhorod2013-1472---722014-1518331--214Umumiy25531--286Umumiy statistika4401555328752330571206

Xalqaro +Yil boʻyicha ishtirok va gollarMilliy jamoaYillarOʻyinGolOʻzbekiston199936200042200151200341200432200573200654200758200893200920201042201192201410Umumiy6134

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Shatskixning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.

+Maksim Shatskix tomonidan kiritilgan xalqaro oʻyinlardagi gollar roʻyxati№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusobaqa11999-yil 9-iyunSamarqand, Oʻzbekiston5-1Oʻrtoqlik uchrashuvi23421-noyabr 1999Abu Dabi, BAA6-02000-yilgi Osiyo kubogi saralashi5627-noyabr 1999Abu Dabi, BAA1-02000-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichi78-oktyabr 2000Toshkent, Oʻzbekiston3-0Oʻrtoqlik uchrashuvi898-sentyabr 2001Toshkent, Oʻzbekiston5-02002-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi108 November 2003Toshkent, Oʻzbekiston3-02004-yilgi OFK saralash bosqichi1113-oktyabr 2004Amman, Iordaniya2-12006-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi1217-noyabr 2004Toshkent, Oʻzbekiston6-12006-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi133-iyun 2005Toshkent, Oʻzbekiston1-12006-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi1417-avgust 2005Tashkent, Oʻzbekiston3-22006-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi158-oktyabr 2005Toshkent, Oʻzbekiston1-12006-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi1622-fevral 2006Toshkent, Oʻzbekiston5-02007-yilgi Osiyo chempionati saralashi171816-avgust 2006Toshkent, Oʻzbekiston2-22007-yilgi Osiyo chempionati saralashi1911-oktyabr 2006Dakka, Bangladesh4-02007-yilgi Osiyo chempionati saralashi2014-iyul 2007Kuala Lumpur, Malaysia5-02007-yilgi Osiyo chempionati saralashi212218 July 2007Kuala Lumpur, Malayziya3-02007-yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichi2313-oktyabr 2007Toshkent, Oʻzbekiston9-02010 FIFA World Cup qualification242526272826-mart 2008Toshkent, Oʻzbekiston3-02010 FIFA World Cup qualification292 June 2008Singapore, Singapore7-32010-yilgi Jahon kubogi saralashi3015-oktyabr 2008Saitama, Yaponiya1-12010-yilgi Jahon kubogi saralashi317 September 2010Tallinn, Estoniya3-3Oʻrtoqlik uchrashuvi3212 October 2010Riffa, Bahrayn4-2Oʻrtoqlik uchrashuvi3312-yanvar 2011Doha, Qatar2-12011-yilgi Jahon kubogi saralashi342 September 2011Tursunzoda, Tajikistan1-02014-yilgi Jahon kubogi saralashi

Yutuqlar

Futbolchi sifatida Dinamo Kiyev

Ukraina Premyer-ligasi: 1999–2000, 2000-01, 2002-03, 2003-04, 2006-07, 2008-09 Ukraina Kubogi: 2000, 2003, 2005, 2006, 2007 Ukraina Superkubogi: 2004, 2006, 2007 MDH Kubogi: 2002

Oʻzbekiston Osiyo Kubogi: 2011

Murabbiy sifatida Paxtakor

Oʻzbekiston Superligasi: 2022

Individual

Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2003, 2005, 2006, 2007 Ukraina Premyer-ligasi toʻpurari: 1999-2000, 2002-03 Ukraina Kubogi: 1999-2000, 2001-02, 2002-03 Sergey Rebrov klubi: 124 goals Oleg Bloxin klubi: 171 gollarMaksim ShATsKIX: „Pri takix klimaticheskix usloviyax igra idet do gola“

Manbalar

Havolalar

Maksim Shatskikh’s profile at uzfootball.uz

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar Turkum:Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli hujumchilari Turkum:FC Sokol Saratov futbolchilari Turkum:FC Energiya Volzhsky futbolchilari Turkum:FC Lada-Tolyatti futbolchilari Turkum:FC SOYUZ-Gazprom Izhevsk futbolchilari Turkum:Dinamo Kiyev futbolchilari Turkum:FC Dinamo-2 Kiyev futbolchilari Turkum:FC Dinamo-3 Kiyev futbolchilari Turkum:FC Arsenal Kiyev futbolchilari Turkum:FC Baltika Kaliningrad futbolchilari Turkum:FC Chornomorets Odesa futbolchilari Turkum:FC Hoverla Uzhhorod futbolchilari Turkum:FC Astana futbolchilari Turkum:Ruh Lvov klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari