Moʻjizakor ayol DC Comics nashriyoti tomonidan chop etilgan komikslardagi qudratli superqahramondir. Personajning xarakteri Adolat Ligasining asoschisi va Amazon xalqining elchisi oʻlaroq tasvirlanadi. Keyinchalik, 1941-yilning oktabrida ilk bor All Star Comicsning 8-sonida paydo boʻla boshladi. Moʻjizakor ayol personaji DC Comics komikslarida 1986-yildagi qisqa tanaffusdan tashqari deyarli doimiy ravishda chop etilgan. Onayerida, yaʼni Themyscira orolida uning ismi Themysciraning qizi Diana yoki Hippolyta qizi boʻlgan, onayeridan olisda boʻlganda, yaʼni biror-bir jamiyatga qoʻshilganda, u oʻzini Diana Prince oʻlaroq qabul qiladi.http://www.latimes.com/entertainment/herocomplex/la-et-hc-wonder-woman-timeline-20170531-htmlstory.html
Moʻjizakor ayol — Amazon malikasi (yunon mifologiyasi asosida), oʻzining vatanida Diana nomi bilan tanilgan. Diana — tajribali jangchi, gʻayritabiiy kuchi, tezligi, sabr-bardoshi, hayvonlar bilan aloqa qilish imkoniyatiga ega va ayni paytda haqiqatni aytishga majbur qiladigan va himoyani bajaradigan bilaguzuklardan foydalanad.
Boshqa ommaviy axborot vositalari Kino thumb|right|220px|Gal Gadot oʻynagan Moʻjizakor ayol qahramoni DC Kengaytirilgan Koinoti tomonida Moʻjizakor ayol haqida yaxshi syujetli hamda kassabop filmlar ham ishlangan. Moʻjizakor ayol roliga Isroillik aktrisa va model Gal Gadot tanlangan. Bularga, Batman v Superman: Dawn of Justice (2016), Adolat Ligasi (2017), Moʻjizakor ayol hamda Moʻjizakor ayol 1984 kabi filmlarni kiritishimiz mumkin. Animatsion filmlar va teleseriallar 2009-yilda ishlangan Moʻjizakor ayol toʻliq hajmli animatsion filmi, shuningdek, animatsion teleseriallardan esa, Adolat Ligasi multserialini koʻrishimiz mumkin.
Manbalar
Havolalar
Wonder Woman Rasmiy sayti at DC Comics.com Origin story of Wonder Woman at DC Comics.com AmazonArchives.com Wonder of Wonders
Jett, Brett. „Who Is Wonder Woman?“, " (Manuscript) (2009): 1-71. Jett, Brett. „Who Is Wonder Woman?--Bonus PDF“, " (PDF) (2009): 1-17.
Marston, William Moulton. Emotions of Abnormal People. London: Kegan Paul, Trench, Trübner & Co, Ltd. 1928. Rosenberg, Robin S. „Wonder Woman As Émigré — Why would Wonder Woman leave her idyllic existence on Paradise Island?“, (Article) (2010). Rosenberg, Robin S. „Wonder Woman: Compassionate Warrior for Peace“, (Article) (2013): 1-35. Valcour, Francinne. „Manipulating The Messenger: Wonder Woman As An American Female Icon“, (Dissertation) (2006): 1-372.
Turkum:Moʻjizakor ayol Turkum:DC Comics qahramonlari